Reja: Og'zaki metod va o'rgatish usullari


O'yinli o'rgatish usullari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix20.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#164732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1404462608 53524

O'yinli o'rgatish usullari. 
 
 
Tasviriy faoliyatda o'yin momentlaridan foydalanish ko'rgazmali amaliy 
o'rgatish usuliga kiradi. Bola qancha kichik bo'lsa, o'yin uning tarbiyasida 
shuncha katta o'rin tutadi. O'yin usullari qo'yilgan masalaga nisbatan bolalarning 
ishga diqqatini yaxshi jalb qiladi va xayol bilan tafakkurning ishini 
yengillashtiradi. O'yin usullari kichik guruh uchun birinchi marta E.A.Flerina 
tomonidan tashkil qilingan, keyinchalik A.A. Volkova, T.G. Kazakova tomonidan 
davom ettirilib, T.G.Kazakova tomonidan kichik bog'cha bolalari uchun har bir 
mashg'ulotni o'yin obrazi bilan bolaga katta bir sistema ishlab chiqildi. 
Kichik yoshdagi bolalar uchun o'yin mashqlaridan rasm chizishda keng 
foydalaniladi. Maqsad bolalarning oddiy chiziqli shakllarni chizishga o'rgatish 
hamda qo'l harakatlarini rivojlantirishdir. Bolalar tarbiyachining ortidan qo'llari 
bilan havoda, so'ng qog'ozda turli chiziqlarni chizadilar. Tarbiyachi: «Bolakay 
yo'lda chopib ketyapti», «Buvijon» va hokazo, degan iboralar bilan tushuncha 
hosil qiladi. Obraz bilan harakatning birlashuvi bola tomonidan chiziqlarni va 
sodda shakllarni tasviriy malakasiga ega bo'lishni ancha tezlatadi. 
Kichik 
guruhda 
predmetlarni 
tasvirlashda 
ham 
o'yin 
usullaridan 
foydalaniladi. Masalan, qo'g'irchoq mehmonga keladi va bolalar unga noz-u 


ne'matlar yasaydilar, non, pirog, pechene va hokazo. Bunday ish mobaynida 
bolalar sharni yassilashga urinadilar. 
O'rta guruhda bolalar ayiqni yumshoq o'yinchog'iga qarab chizishlari kerak. 
Shunda qiziqarli o'yin o'tkazish uchun, ayiqcha eshikni taqillatadi, so'ng bolalar 
bilan salomlashib, bolalardan uning rasmini chizib berishlarini iltimos qiladi. 
Mashg'ulot yakunida u rasmlarni baholashda qatnashadi va yaxshi rasmlarni o'zi 
tanlaydi. 
6 yoshli bolalar bilan ham tasviriy faoliyat davomida o'tkaziladi. Lekin 
kichik guruhga qaraganda bu o'yinlar ancha kamayadi. Masalan, sayrda bolalar 
o'zla.rinig «fotoapparatlari» bilan atrofni rasmga oladilar: daraxtlar, qushlar, 
hayvonlar va hokazo. Bog'chaga kelib, o'zlari olgan «rasmlarni proyavka qiladilar 
va chiqaradilar», ya'ni ko'rganlarini qog'ozga tushiradilar. Tarbiyachi o'yindan 
foydalanganida butun mashg'ulotni o'yinga aylantirib yubormasligi kerak. Chunki 
bu bolalarning diqqatini topshiriqni bajarishdan tortib, ko'nikma, malakalarga ega 
bo'lish tizimigacha buzishi mumkin. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin