Reja: Oila tarbiyasining mohiyati. Oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanish. Oilaviy tarbiya to’g’risida sharq mutafakkirlarining fikrlari. Oila a’zolarining tarbiya jarayonida tutgan o’rni. Oilaviy tarbiyada hamkorlik


Oila tarbiyasining mazmuni va mohiyati



Yüklə 125,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix25.12.2023
ölçüsü125,05 Kb.
#195749
1   2   3   4   5   6   7   8
Oila tarbiyasining mazmuni va mohiyati. 
«Oila yangi avlodning vujudga kelishini taqozo etadi. Shu sababli nikoh ota-
onalar bilan farzandlar o’rtasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirib, turadi. Ijtimoiy 
hodisa bo’lgan oila yashagan davri xususiyatlarini hamisha o’zida aks ettiradi». 
Bugungi iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar bo’sag’asida oila vazifasi
mas’uliyati yanada oshdi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek: «Respublikada 
sobitqadam bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish – bosh vazifadir. 
Mehnatsevar va badavlat ma’naviy yetuk va madaniyatli oila – shu jamiyatning 
asosini tashkil etadi».
Oila tarbiyasiga pedagogik rahbarlik. Pedagoglarning ota-
onalar bilan hamkorligi. 
Hozirgi kunda maktablarda oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi fani 
o’tilmoqda. Bu fanda albatta oila va nikoh, yoshlar ma’naviy dunyosining go’zalligi, 
farzand, oilaviy munosabatlar to’g’risida ko’p ibratli ta’lim berilgan. Pedagoglar 
dars jarayonida, darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda ham muntazam ravishda 
o’quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashga e’tiborlarini qaratishadi, biroq bu harakat 
bir tomonlama bo’lib yetarli natija bermaydi. Chunki doim ham o’qituvchilarning 
dunyoqarashi o’quvchi ota-onasining dunyoqarashi bilan to’g’ri kelmaydi. Natijada 
bir xil mavzu bo’yicha paydo bo’lgan qarama-qarshi fikrlar talabada ishonchsizlik 
tuyg’usini paydo qiladi. Shuning uchun ham oilaviy tarbiyaga ikki tomonlama 
yondashmoq zarur. Xalq pedagogikasi tajribasiga asoslangan holda pedagoglar va 
ota-onalar hamkorlikda o’quvchilarga quyidagi yo’nalishlarda tushuncha berishlari 
lozim: 
1. Oila so’zining asl mohiyati, vazifalari, jamiyatdagi o’rni; 
2. O’zbek xalq oilalari an’analari, udumlari, urf-odatlari; 
3. Xalq pedagogikasi tajribalari; 
5. Oilada ota va ona o’rni; 
6. Oilada farzandlar o’rni; 
7. Qarindosh-urug’chilik iplari; 
8. Qo’ni-qo’shni munosabatlari; 


9. Yaxshilik, yaxshilik va yana yaxshilik, haqida; 
10. Vatanga sadoqat. 
Oila–tarbiya o’chog’i dedik. Bu o’choqda barkamol farzandlar pishib etilishi 
uchun buyuk davlatimiz, havas qilsa arzigulik Prezidentimiz, jonkuyar xalqimiz 
barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. 
Bunga javoban biz ham oz bo’lsada o’z hissamizni qo’shishimiz shart deb 
o’ylaymiz. 
Prezidentimiz I. A. Karimov so’zlari bilan aytganda: «Mendan eng katta boylik 
nima deb so’rasa, bilimli, aqlli, odobli, ertangi kunni o’ylaydigan farzand ota-
onaning eng katta boyligi deb aytgan bo’lur edim. Bunday boylikga ega bo’lganlarni 
jamoa boy-badavlat ota-ona, boy-badavlat oila deb tan oladi. Bunday oila hech 
qachon xor bo’lmaydi».

Yüklə 125,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin