Reja: Oila tarbiyasining mohiyati. Oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanish. Oilaviy tarbiya to’g’risida sharq mutafakkirlarining fikrlari. Oila a’zolarining tarbiya jarayonida tutgan o’rni. Oilaviy tarbiyada hamkorlik


Mahalla oiladan, Vatan mahalladan boshlanadi



Yüklə 125,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix25.12.2023
ölçüsü125,05 Kb.
#195749
1   2   3   4   5   6   7   8
Mahalla oiladan, Vatan mahalladan boshlanadi. 


Mahallaga bo’lgan, Vatanga bo’lgan muhabbat oiladan boshlanadi. 
Fikrimizning dalili sifatida ma’lum citatalar keltirmoqchimiz: «Vatan onalar 
ko’zidagi poklikdan, ko’ylaklaridagi sut hididan boshlanadi» (Z. Mo’minova), «Biz 
bolalarimizda Vatanni beg’araz sevmoq hissini tarbiyalashimiz kerak «Vatan 
bolalarimiz beshiklari hijobi ortidan olamga tashnajon termilgan osmon toqi. Bu 
beshik Vatan ostonasidir. Kimki bir marta ana shu beshikka belansa, Vatanning bir 
parchasi uning joniga aylanadi. Bu «jonning joni» deb yuritiladi. U hatto jonning 
o’zi bilan-da chiqib ketmaydi. Demak, Vatan oiladan boshlanadi. «Bir bolaga yetti 
mahalla ota-ona» degan naql xalqimizning bola tarbiyasiga doim asosiy e’tiborni 
qaratib, mahalla mavqei hamda majburiyatini ta’kidlaydi. Mahalla o’z-o’zini 
boshqarishning milliy modeli bo’lib, ulkan tarbiyaviy vazifani bajaradi. Unda 
keksalarning pand–nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatliligi 
misolida kishilar ongiga ezgulik g’oyalari singdirib boriladi. Ayniqsa, milliy 
qadriyatlar mehr-oqibat Vatan sha’ni uchun kurash kabi fazilatlarni kamol 
toptirishda mahallaning o’rni beqiyos.
O’quvchilar tarbiyasida «Oila, mahalla, maktab» yuriqnomasining 
ahamiyati, tamoyillari, bosqichlari. 
Tarbiya o’z tabiatiga ko’ra bir maqsadga qaratilgan yagona, uzluksiz 
jarayondir. U hamma joyda maktab va oilada, hovli va mahallada, jamoat 
to’planadigan joylarda amalga oshiriladi. 
Maktab-tarbiya faoliyatini bir maqsadga qaratgan holda va pedagogik jihatdan 
malakali amalga oshira oladigan tarbiya o’chog’idir. Ota-ona bola tarbiyasida 
mahalla hamda maktab bilan muntazam ravishda hamkorlik qilish kerak. 
Ba’zi bola o’zini oilada boshqacha, maktabda va ko’chada boshqacha tutadi. 
Bunga sabab ota-onaning bola tarbiyasiga, uning qiziqishlariga e’tiborni 
qaratmasligi, bolaning kamchiligi yoki aybi aytilgan paytda uni xaspo’shlashga 
harakat qilishidir. Natijada bolada tarbiya omillariga qiziqish susayadi, bilim va 
axloq-odob qoidalariga befarqlik vujudga keladi va tarbiya vositalarining ta’sir 
kuchi kamayadi. Bolada loqaydlik, o’zbilarmonlik, qaysarlik kabi illatlar paydo 


bo’ladi. Bunday bolalarni esa maktabning o’zi tarbiyalay olmaydi. Oila, mahalla 
hamkorligiga zarurat tug’iladi. 
Mahalla-sog’lom ijtimoiy muhit maskani bo’lib, unda keng jamoatchilik 
o’rtasida tarbiyaviy ishlarni samarali yo’lga qo’yish imkoniyati mavjud. O’quvchi 
yashab turgan ijtimoiy muhitda axloqiy qarashlar, yurish-turish va aloqa malakalari, 
tajribalarini egallaydi. Maktabda olgan bilimlarini hayot tajribalari bilan solishtiradi, 
mustaqilroq bo’lishni, o’zidan kichiklarga g’amxo’rlik qilishni, o’z o’rtoqlari, 
tengdoshlari bilan munosabatni o’rganadi. Shuningdek u, oila doirasida keng uy, 
ko’cha, mahalla, shahar yoki qishloq hayotiga moslashadi. 
Shunday ekan yoshlarni tarbiyalashda oila, maktab va mahalla hamkorligi eng 
muhim o’rinni egallaydi.

Yüklə 125,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin