Reja: Oila tarbiyasining mohiyati. Oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanish. Oilaviy tarbiya to’g’risida sharq mutafakkirlarining fikrlari. Oila a’zolarining tarbiya jarayonida tutgan o’rni. Oilaviy tarbiyada hamkorlik


 Ochiq eshiklar kuni yoki ota-onalar kuni



Yüklə 125,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix25.12.2023
ölçüsü125,05 Kb.
#195749
1   2   3   4   5   6   7   8
3. Ochiq eshiklar kuni yoki ota-onalar kuni. 
Odatda maktab ta’tillari paytida 
o’tkaziladi. Uni tashkil etish shakllari xilma-xil bo’lishi mumkin. Bu tarkib topgan 
an’analarga va sinf rahbarining ijodkorligiga bog’liqdir. Bu bayram munosabatlari 
bilan, bolalar yasagan buyumlar ko’rgazmasi va savdo yarmarkasi, sport 
musobaqalari va h.k.lar bo’lishi mumkin. 


Ochiq eshiklar kuni odatda 2-3 soat davom etadi va ota-onalarga maslahat 
berish bilan tugashi mumkin, buning uchun maktabga shifokor, yozuvchi, 
huquqshunos, otaliq korxonalari mutaxassislari taklif etiladi. 
4. Ochiq dars. 
Ota-onalarning hozirgi ta’lim darajasida tashkil qilingan ochiq 
darslarni kuzatishi ularga farzandlariga o’qishda ko’maklashish imkonini beradi. 
5. Maslahatlar berish savol-javob kechalari. 
Bunday kechalarga kamida bir 
oy oldin o’qituvchi va ota-onalar birgalikda tayyorgarlik ko’rishadi. Tayyorgarlik 
jarayonida barcha uchun aktual bo’lgan muammolar ko’tariladi. Ota-onalarning 
ehtiyojini yanada to’laroq qondirish uchun bunday kechalarga psixolog, tibbiyot 
xodimi, huquqshunos va h.k. larni taklif qilish mumkin. 
6. Ota-onalar yig’ilishlari. 
An’anaviy tarkib topgan shakl bo’lib, hal 
qilinayotgan aniq vazifalarga bog’liq holda sinf yig’ilishlarini tashkiliy, chorak, 
yakuniy yig’ilishlarga bo’lish mumkin. 
7. Biror mavzuga bag’ishlangan yig’ilishlar. 
Tarbiyaning eng dolzarb 
muammolari yuzasidan o’tkaziladi, ularda ota-onalar qo’mitasi va sinf rahbarining 
o’quvchilardagi u yoki bu sohadagi tarbiyalanganlik darajasi to’g’risida to’plagan 
materiallardan foydalaniladi. 
8. Majlis - munozaralar. 
Ota-onalar e’tiborini tarbiyaning biror muammosiga 
jalb etish maqsadida o’tkaziladi. Munozara shaklidagi majlis oilaviy tarbiyaning eng 
o’tkir masalalarini tilga olish, xatolarini ko’rsatish, bu xatolarning oqibatlarini tahlil 
etish imkonini beradi. 

Yüklə 125,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin