Qonning fizik-kimyoviy xossalari
Qonning solishtirma massasi suvnikiga nisbatan bir oz kattaroq - 1,050-1,060 ga teng. Qon plazmasining solishtirma massasi 1,025- 1,034, shaklli elementIarining solishtirma massasi 1,090 ga teng.
Ma'lumki, suvning yopishqoqligi 1,0 deb qabul qilingan. Qonning yopishqoqligi 5,0 ga teng. Qonning yopishqoqligi suv¬nikiga nisbatan yuqori bo'lishi tarkibidagi oqsil moddaIar va shaklli elementlar, ayniqsa, eritrotsitlar miqdoriga bog'liq. Terlash, qusish va ich ketish natijasida odam organizmi ko'p suv yo'qotsa qon quyuqlashadi, ya'ni plazmasining miqdori kamayib, shaklli elementlarining miqdori ko'payadi. Bu esa qonning yopishqoqIigi ortishiga sabab bo'ladi.
Qonning osmotik bosimi 7,6-S,1 atm ga teng. Uning 60% ini qonda erigan natriy xlorid tashkil etadi. Osmotik bosim osmometr yoki krioskop asboblari yordamida o'1chanadi. Qonning osmotik bosimi qon biIan h,ujayralar ichidagi va hujayralar tashqarisidagi suyuqliklarda suv va tuzlar almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Osh tuzining 0,9% Ii eritmasi odam va barcha issiqqonli hayvonIar uchun ftziologik eritma bo'Iib hisoblanadi. Bundan yuqori konsentratsiyali eritmasi qon uchun gi pertonik, past konsentratsiyali eritmasi qonga nisbatan gipotonik eritmadir. Agar ozroq qon osh tuzining gi pertonik eritmasi bilan aralashtirilsa, eritrotsitIar ichidagi suv eritmaga o'tadi, chunki eritmaning osmotik bosimi yuqori. Buning natijasida eritrotsitlar suvsizlanib, ularning hajmi kichrayadi va burishib qoladi.Aksincha, qon osh tuzining gipotonikeritmasi bilan aralashtirilsa, eritmadagi suv eritrotsitlar ichiga kiradi va ular shi¬shib yoriladi. Bu hodisa gemoliz deb ataladi.
Qon osmotik bosimining nisbiy doimiyligi ayirish organlari¬ning (buyraklar va teri) faoliyati orqali boshqariladi. Odam ko'proq sho'r ovqat, tuzli ichimlik iste'mol qilganda, ko'p terlaganda qonning osmotik bosimi oshadi. Lekin buyraklar siydik ajratishi kamayishi tufayIi ma'lum vaqtdan keyin qonning osmotik bosimi yana normaga keladi.
Qonning tarkibi
Probirkaga bir tomchi geparin moddasini tomizib, ustiga 2-3 ml qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi - shaklli elementlarga ajraladi (1-rasm). Shunday qilib, qon ikki qismdan iborat: birinchi qismi qonning suyuq qismi, ya'ni qon plazmasi, ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, ya'ni shaklIi elementlaridir. Qon umumiy hajmining 55-60% ini qon plazmasi va 40-45% ini shaklli elementIar tashkil qiladi. Qonning o'rtacha miqdori katta odamda 5 I bo'Iib, u tana massasining o'rtacha 7% ini tashkil etadi. I kg tana massasiga o'rtacha 70 ml qon to'g'ri keladi. Bolalarda har I kg tana massasiga to'g'ri keladigan qon miqdori kattalarnikiga nisbatan ko'proq bo'ladi (5O-100 ml).
Qon plazmasi. Qon plazmasi qonning suyuq qismi bo'Iib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsiIJar, yog'lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar (kislorod, kmTIonat angidrid kabilar) bo'ladi. Plazma tarkibida o'rtacha 90-92% suv, 7¬8% oqsillar, 0,9% tuzlar, 0,1% glyukoza, 0,8% yog'lar bo'ladi. Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, ya'ni pHi=7,4.
Qon plazmasi tarkibida or¬ganizmning hayoti - o'sishi va rivojlanishi uchun zamr barcha oziq moddalar bo'lib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga so'riladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujay ralarga o'tadi va o'zlashtiriladi.
1 -rasm. Qonni tindirish bosqichi. 1- vena tomiridan endigina olinib probirkaga quyilgan qon; 2- probirkada bir oz turgan qon; 3-sentrifugalangandan so`ng ikki qismga ajralgan qon (yuqoridagi rangsiz qismi - qon plalmasi, pastki quyuq qismi - qonning shaklli elementlari
bor qismi).
Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo'lgan qoldiq moddalar qonga o'tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o'tishida va antitelalar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, qon hamda qon plazmasi odam tanasi hujayralarining oziqlanishida, ulardagi barcha hayotiy jarayonlar normal o'tishida va organizmni yuqumli kasalliklardan saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash maqsadida qo'llaniladi. Bu qon va plazma sog'lom odamlardan (donorlardan) olinadi.
Dostları ilə paylaş: |