Qonning shaklli elementlari Qonning shaklli elementlariga'eritrotsitlar, leykotsitlar va trom botsitlar kiradi (2-rasm). Vlar qonning qUyuq qismini tashkil etadi.
2 -rasm. Qonning shaklli elementlari.
1- eritrotsitlar; 2-8- leykotsitlarning har xii turlari; 2¬neytrofil leykotsitlar; 3- eozinofil leykotsitlar; 4- bazofil leykotsitlar; 5,6,7- limfotsitlar; 8- monotsitlar; 9- trombotsitlar. Eritrotsitlar (qizH qon tanachalari). Eritrotsitlar suyaklarning ko'mik qismida hosil bo'ladi. Yetilmagan yosh eritrotsitlarda boshqa hujayralardagi singari yadro bo'ladi. Yetilgan eritrotsitlarda yadro yo'qoladi, ya'ni odamning qoni tarkibidagi eritrotsitlar yadrosiz bo'ladi. Vlar o'rtasi ozroq botiq, yumaloq shaklga ega. I mm qonda 4-6 million, o'rtacha 5 million dona eritrotsit bo'ladi. Eritrotsitlarning hosil bo'lishi va soni normal miqdorda bo'lishi odamning sog'lig'iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog'liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, V guruhga kiruvchi vitaminJar yetarli miqdorda bo'lishi zarur. Suyak ko'migida hosil bo'lib, qonga o'tgan eritrotsitlar 120 kun atrofida yashaydi. So'ngra ular jigarda va taloqda parchalanadi. Parchalangan eritrotsitlardan ajralgan temir moddasi suyak ko'migida yosh eritrotsitlar hosH bo'lishi uchun sarflanadi. Parchalangan eritrostitlaming gemoglobini tarkibidagi gem moddasi jigarda bilirubin moddasiga aylanib, o't suyuqligi hosil bo'lishi uchun sarflanadi.
Eritrositslarning asosiy vazifasi organizmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta'minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gemoglobin o'pkalardan kislorodni o'ziga biriktirip hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan karbonat angidridni yana o'ziga biriktirib o'pkalarga olib boradi.
Eritrotsitlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdo¬rining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deb ataladi. Bu kasalIikning oldini olish uchun yuqorida aytilganidek, ovqat tarkibida oqsil, temir moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo'lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanish, nafas oladigan havoning toza bo'lishi kabilar katta ahamiyatga ega.
Leykotsitlar (oq qon tanachalari). Leykotsitlar yadroli qon hujayralari bo'lib, yadrosining shakliga va bo'yalishiga qarab uch turga: monotsitlar - bir yadroli yirik leykotsitlar limfocitlar - bir yadroli, lekin monotsitlardan bir oz maydaroq; donador leykotsitlar, ya'ni granulotsitlarga bo'linadi. Bularning yadrosi ko'p shaklli. I mm' qonda 6-8 ming dona leykotsit bo'ladi. Leykotsitlar sonining ko'payishi leykotsitoz, kamayishi leykopeniya deb ataladi. Leykotsitlar suyaklaming ko'mik qismida va taloqda (limfotsitlar) hosil bo'ladi. Leykotsitlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisafagotsitoz deb ataladi. Leykotsitlarning bu xossasini atoqli rus olimi I. I. Mechnikov aniqlagan. Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda leykotsitlarning soni ko'payib, I mm qonda 10-20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin. Odam uzoq vaqt davomida kam va sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun, hafta davomida og'ir mehnatdan charchasa, su¬runkali uzoq davom etuvchi kasalliklarda leykotsitlar soni ka¬mayadi. Bu esa organizm nihoyatda kuchsizlanganligidan dalolat beradi.
Trombotsitlar (qon plastinkalari). Trombotsitlar suyaklarning ko'mik qismida va taloqda hosil bo'ladi. Yadrosi bo'lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombotsitlarining yadrosi bo'ladi. I mm' qonda 300-400 ming dona trombotsit bo'ladi. Ular leykotsitlarga o'xshab 2-5 kun yashaydi. Trombotsitlarning aso¬siy vazifasi qonning ivishini ta'minlashdan iborat. Ular sonikamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday odamning ja¬rohatlanishi juda xavt1i, chunki qon oqishini to'xtatish qiyin bo'ladi. Salgina urilish, turtinish natijasida badanda ko'karish (qon quyilishi) yuzaga keladi, o'z-o'zidan burundan qon kelishi mum¬kin. Shuning uchun trombotsiti kamaygan odam har xii shikas¬tIanishlardan saqlanishi kerak. Trombotsit tarkibida serotonin moddasi bo'lib, u qon tomirlarini toraytirish va qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega.