Reja: Organizmning ichki muhiti. Qon Qonning tarkibi, xossalari. Qon ivishi


Tashqi muhit omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta'siri



Yüklə 91,63 Kb.
səhifə9/10
tarix07.01.2024
ölçüsü91,63 Kb.
#206123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
qon aylanish

Tashqi muhit omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta'siri
Odam organizmi o'zi doimiy yashaydigan joyning iqlimiga, ob-havo sharoitiga moslashadi. Ob-havoning inson salomatligi¬ga, uning mehnat qobiliyatiga va ruhi-kayfiyatiga ta'siri qadim¬dan ma'lum. Odam kuchsizlanganda ba'zi surunkali kasalliklar bilan og'riganda uning organizmi ob-havoning o'zgarishiga juda sezgir bo'lib qoladi, uning organizmi go'yo barometr singari ob-havo bir oz o'zgarsa ham ta'sirlanadi: ba'zi odamlarning boshi aylanadi va og'riydi, boshqalarning bo'g'imlari og'riydi, ayrimlari yuragida sanchish va g'ijimlab og'rishni sezadi, eski bitib ket¬gan jarohatlar o'rnida ham og'riq paydo bo'ladi.
Odam salomatligining ma'lum darajada ob-havoga bog'liqligi¬ni olimlar ko'pdan beri o'rganmoqdalar. Keyingi yillarda bu masalaga e'tibor ancha kuchaydi. Bu odamdagi kasalliklarni iqlim omillari yordamida davolash va oldini olish bilan shug'ullanadi¬gan tibbiyot klimatologiyasi fanining rivojlanishiga sabab bo'ldi. Buning natijasida ob-havo sharoiti qulay bo'lgan joylarda dam olish zonalari, yoshlar oromgohlari, dam olish uylari va sanatoriylar tashkil etish masalalari keng ko'lamda kun tartibiga qo'yilmoqda. Respublika miqyosida ob-havoning har xii o'zgarishlari ba'zi kasalliklar bilan og'rigan kishilarga qanday ta'sir etishi aniqla¬nadigan meteoprofilaktika markazlari tashkil etilgan. Ob-havoning noqulay o'zgarishlari ayniqsa yurak va qon to¬mir kasalliklari bilan og'rigan odamlarga ko'proq ta' sir etadi.Dengiz sathida odam tanasiga 1,033 kg srn' bosim ta'sir qiladi. Bunda o'rta bo'yli odam tanasini taxminan I t massadagi havo bosib turadi. Ammo odamga sezilmaydi, chunki gavdaning ichki bosimi tashqi muhit havosining bosimiga qarshi ta' sir ko'rsatadi. Sog'lom odam organizmining ichki bosimi bilan tashqi muhit havosining bosimi o'rtasida normal muvozanat bo'ladi.
Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhithavosining bosimi va odam gavdasining ichki bo'shliqlaridagi bosim o'rtasida farq paydo bo'ladi. Bunday vaqtda ayniqsa, gipertoniya, revmatizm va yurakning boshqa kasalliklari bilan og'rigan odamlarda bosh og'rig'i, bo'g'imlarda, yurakda og'riq seziladi. Arterial qon bosi¬mi ko'tariladi. Ayniqsa, qon bosimi ko'tarilgan keksa odamlarda miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyi¬lishi mumkin. Buning natijasida qo'l-oyoqlar shol bo'lib qolishi, odam gapirish qobiliyatini yo'qotishi mumkin.
Balandlikka ko'tarilganda havo bosimi pasayadi. Bunday vaqt¬da odam gavdasining ichki bo'sWiqlaridagi gazlar kengayadi. Shuning uchun baland tog'larga chiqqanda chiniqmagan odamlarda (,tog' kasalligi» deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Bu kasallik quyi¬dagi belgilar bilan xarakterlanadi. Odamning boshi aylanadi va og'riydi, ko'ngli ayniydi, yuragi tez uradi, tana harorati ko'tari¬ladi. Ayrim hollarda burundan, o'pkadan, oshqozon va ichaklar¬dan qon kelishi mumkin. Radikulit va revmatizm kasalliklari bilan og'rigan odamlarda bel va quymich sohalarida, bo'g'imlarda og'riq paydo bo'ladi, quloq shang'illaydi va og'riydi.
Tashqi muhit harorati odam organizmiga doimiy ravishda ta'¬sir ko'rsatib turadi. Odam o'zi yashaydigan ob-havo sharoiti haro¬ratiga moslashadi. Buning natijasida uning organizmi xuddi rele o'rnatilgan termostatga o'xshab ishlaydi. Organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan energiyaning tashqariga ajratiladigan qismining miqdori tashqi muhit haroratiga qarab o'zgaradi. Shu bilan issiq va sovuq sharoitda tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi. Organizmning bu xususiyati bosh miyaning gi potalamus sohasidagi nerv markazlari tomonidan boshqariladi.
Issiq vaqtda tanadagi qon tomirlari kengayadi. Qon tananing yuza qismidagi tomirlarda va to'qimalarda to'planib, organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi ko'payadi. Bu issiqlikning nurlanishi ter bezlaridan ajralgan suyuqlikning bug'lanishi orqali amalga oshadi. Ammo tashqi muhit haroratining ko'tarilishi bilan bir vaqtda havoning namligi ortsa ter bezlaridan ajraladigan terning bug'lanishi qiyinlashadi va organizmdan issiqlik ajralishi kamayadi. Natijada issiq urish holati ro'y beradi. Bunday vaqtda odamning yurak urishi va pulsi tezlashadi, u holsizlanib o'zini yomon his etadi, boshi aylanadi va og'riydi, ba'zan qayt qiladi, tana harorati ko'tariladi. Ayrim hollarda odam hushidan ketadi. Keksa odamJarda miya qon tomirlari yorilishi mumkin.
Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari tora¬yadi va organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi kamayadi. Bunday vaqtda odamning terisi, ayniqsa yuzlari oqaradi, bir oz qaltiraydi va sovuq sezadi. Lekin organizm haroratining doimiy¬ligi saqlanib qoladi. Ammo yurak-qon tomir sistemasi kasalliklari bilan og'rigan odamlar uchun sovqotish ancha xavt1i. Chunki sovuq sharoitda tanada qon aylanishini ta'minlash uchun yurak normaga nisbatan ko'p ish bajarishga majbur bo'ladi va u zo'riqadi.
Havoning namligi odam organizmiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Odamning yashashi va ish faoliyati uchun havoning namligi va harorati ma'lum bir muvozanatda bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Havoning nisbiy namligi 40-60%, harorati + l8x20° bo'lishi odam organizmi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.
Havo quruq bo'lsa, arterial qon bosimi ortadi. Shuning uchun qon bosimi oshgan odamlar bunday sharoitda o'zini yomon his qiladi. Havo namligi ortganda revmatizm kasalligi xuruj qiladi, kasal odamning bo'g'imlari, boshi og'riydi, uyqu bosadi, kayfiyati pasayadi, oyoq-qo'lIarida og'riq paydo bo'ladi, yurak urishi tez¬lashadi.
Shamol ham kuchsiz va kuchli bo'lishiga ko'ra, odam orga¬nizmiga .turlicha ta'sir ko'rsatadi. Yoz faslida esadigan kuchsiz shabada odamga yoqimli ta'sir etsa, qattiq shamol salbiy ta'sir qiladi. Ayniqsa, yurak-qon tomirlari kasallangan od am qattiq shamol vaqtida o'zini yomon his etadi, darmoni quriydi, kayfiyati pasayadi, arterial qon bosimi ko'tarilishi natijasida boshi og'riydi, yurak urishi tezlashadi, nafasi qisadi.



Yüklə 91,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin