Reja: Organizmning ichki muhiti. Qon Qonning tarkibi, xossalari. Qon ivishi


Katta va kichik qon aylanish doirasi



Yüklə 91,63 Kb.
səhifə7/10
tarix07.01.2024
ölçüsü91,63 Kb.
#206123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
qon aylanish

Katta va kichik qon aylanish doirasi
Odam tanasida qon juda ko'p yirik va mayda qon tomirlar bo'ylab harakatIanadi. Bu qon tomirlar ikkita yopiq, ya'ni katta va kichik qon aylanish doirasini hosil qiladi. Bu qon aylanish doiralarining ikkalasi ham yurakdan boshlanadi va yurakda tugaydi ).
Katta qon aylaoish doirasi. Bu qon aylanish doirasi yurak¬ning chap qorinchasidan chiquvchi eng katta arteriya qon tomiri - aortadan boshlanadi. Aorta oldin yuqoriga yo'naIib, ravoq hosil qiladi, so'ngra umurtqa pog'onasi bo'ylab pastga - ko'krak va qorin bo'shlig'i tomon yo'naIadi. Uning ravoq qismining o'ng tomonidan nomsiz arteriya chiqib, ikkiga: o'ng umumiy uyqu arteriyasi va o'ng o'mrov osti arteriyasiga bo'Iinadi. Aorta ravog'ining o'rta qis¬midan chap umumiy uyqu arteriya chiqadi. Aorta ravog'ining chap tomonidan chap o'mrov osti arteriyasi chiqadi.
O'ng va chap uyqu arteriyalarining har biri tananing bo'yin qismida ikkiga, ya'ni tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo'linadi. Tashqi uyqu arteriyalari bosh va yuzning terisini quloq muskul¬larini, tilni, halqum, hiqildoq, so'lak bezlari va tanani bosh qismidagi barcha to'qima va organlami, ichki uyqu arteriyalari esa bosh miyani, ko'z soqqasini arterial qon bilan ta'minlaydi. O'ng va chap o'mrov osli arteriyalarining har biri yelka va qo'ltiq osti arteriyalariga bo'linib, bo'yin, yelka, bilak va qo'l panjasi¬ning terisini, muskullarini, suyaklarini, shu sohadagi bo'g'imlami arterial qon bilan ta'minlaydi.
Aortaning ko'krak qismidan qizilo'ngach, qovurg'alararo va bel arteriyalari chiqib, ular qizilo'ngachni, ko'krak qafasi va qorin devori to'qimalarini arterial qon bilan ta'minlaydi. Uning qorin qismidan chiqadigan arteriya tomirlari oshqozon, ichaklami, jigar, taloqni, buyraklar va buyrak usti bezlarini arterial qon bilan ta'minlaydi. Aortaning qorin qismidan chiqadigan arteriyalar to'g'ri ichak, to'g'ri ichak, siydik xaltasi, ayollarda bachadon hamda son, boldir, oyoq, tovon va panja terisi, muskullari, suyaklari va shu sohadagi bo'g'imlami arterial qon bilan ta'minlaydi.
Aortadan chiqadigan yirik arteriya qon tomirlari o'z navbatida o'rtacha, mayda tomirlarga, ular esa eng mayda kapillyarlarga bo'Iinadi. Bular organlar, to'qimalar orasiga kiradi. Kapillyarlar odam sochidan 50 marta ingichka bo'ladi, ulami oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi, ya'ni faqat mikroskopda ko'rish mumkin. Odam tanasida 100-160 milliardga yagin kapillyar bor. Agar tanadagi hamma kapillyarlar bir-biriga ulansa, ularning uzunligi 60-80 ming kilometr bo'lib, u bilan yer sharini ikki marta aylantirib o'rash mumkin.
To'qimalardagi va hujayralardagi moddalar almashinuvi jara¬yoni ana shu kapillyarlar orqali uzluksiz davom etib turadi, ya'ni kapillyarlardagi arteriya qonining tarkibidagi oziq moddalar, gormonlar, kislorod hujayralarga o'tadi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid vena kapillyar qon tomirlariga o'tadi. Bular o'z navbatida bir-biriga qo'shilib, avval kichik, so'ngra o'rta va yirik vena qon tomirlarini hosil qiladi. Bosh, bo'yin, ko'krak, qo'l kabi organ¬laming vena tomirlari qo'shilib, yuqorigi kovak venani hosil qiladi; oyoq, chanoq, qorin sohasidagi a'zo va to'qimalaming vena qon tomirlari bir-biriga qo'shilib, pastki kovak venani hosil qiladi. Yuqorigi va pastki kovak venalar yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi. Shu bilan katta qon aylanish doirasi tugaydi.
Qonning yurakning chap qorinchasidan chiqib, tananing bar¬cha a 'zolaridagi arteriyalar, kapillyarlar va venalar bo 'ylab oqib, yurakning 0 'ng bo'lmasiga kelib quyiladigan yo 'Ii katta qon aylanish doirasi deb ataladi.
Shunday qilib, katta qon aylanish doirasi tananing barcha organlari, to'qimalari va hujayralarini oziq moddalar, gormon¬lar, kislorod bilan ta'minlab, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan keraksiz va zaharli moddalami o'ziga qabul qilib, ularni organizmdan chiqarib yuborish vazifasini bajaradi.
Kichik qoo aylaoish doirasi. Bu doira yurakning o'ng qorin¬chasidan chiqadigan o'pka arteriyasi qon tomiridan boshlanadi. O'pka arteriyasi ko'krak qafasida ikkiga bo'linib, o'ng va chap o'pkalarga boradi. Ular o'pkalarda kapillyar qon tomirlariga aylanib, o'pka alveolalari atrofini o'rab oladi. Tashqi muhit havosi bilan o'pka hamda qon o'rtasidagi gaz almashinuvi jarayoni shu
joyda o'tadi. Natijada vena kapillyarlaridagi qon kislorodga to'yi¬nib, arterial qonga aylanadi, lekin u 0 'pka venasi deb ataluvchi to'rtta (har bir o'pkadan ikkitadan) tomir orqali yurakning chap bo'lmasiga quyiladi.
Qonning yurakning 0 'ng qorinchasidan chiqib, arteriyalar ka¬pillyarlar va venalar bo 'ylab oqib (0 'pkalar orqali), yurakning chap bo'lmasiga kelib quyiladigan yo 'Ii kichik qon aylanish doirasi deb ataladi. Shunday qilib, kichik qon aylanish doirasining vazifasi vena qonini arterial qonga aylantirishdan iborat.
Qonning tomirlar bo'ylab harakatlanishi
Qonning qon tomirlar sistemasi bo'ylab harakatlanishi ge¬modinamika qonuniyatiga asoslangan. Shunga ko'ra, tomirlardagi qonning oqish tezligi ikkita kuchga bog'liq. Ularning birinchisi qon tomirlar sistemasining boshlanish qismidagi va oxiridagi bosimning har xii bo'lishi; bu kuch qonning harakatlanish tez¬ligini ta'minlaydi. Ikkinchisi tomirlardagi qarshilik kuchi, ya'ni qonning quyuqligi, yopishqoqligi va uning tomirlar devoriga ish¬qalanishidir. Bu kuch qonning harakatlanish tezligiga qarshilik ko'rsatadi. Gemodinamika qonuniga muvofiq, arteriya qon tomirlari sistemasining yuqori qismida, ya'ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi yuqori bo'ladi. Quyi qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past bo'ladi. Bunga sabab, birinchidan, yurakning chap qorinchasi qisqargan vaqtda qon katta bosim bilan aortaga chiqariladi; ikkinchidan, tomirlar sistemasining quyi qismida aorta va arteriya tomirlari mayda tarmoqlarga (kichik arteriolalar va kapillyarlarga) bo'linishi natijasida qon tomirlar devorining umumiy kengligi ortadi. Bu esa ularda bosimning pasayi&higa, ~on tomirlari devorining qarshilik kuchi ortishiga sabab fbo'ladi, qonning oqish tezligini sekinlashtiradi, ya'ni arteriya qon tomirlari sistemasining eng tor qismi aorta hisoblanadi. Aorta odam tanasidagi tomirlarning eng yirigi bo'lsa ham, undan tarmoqlangan arteriya tomirlari kengligining umumiy yig'indisi aorta kengligidan bir necha marta ko'pdir. Tanadagi barcha 150 mlrd. kapillyar aortaning quyi qismi tarmoqlanishidan hosil bo'ladi va ularning umumiy kengligi aortaning kengligidan 600-800 marta ko'pdir. Shuning uchun aortada bosim baland va qon oqish tezligi kapillyarlardagiga nisbatan yuqori bo'ladi. Qon oqishining o'rtacha chiziqli tezligi aortada 40 smjsek, arteriyalarda 40-10 smjsek; arteriolalarda - 10-0,1 smjsek, kapillyarlarda - 0, I smjsek, venalarda - 0,3-0,5 smjsek ga teng. Tinch holatda katta odam tanasi bo'ylab qon bir mart a aylanib chiqishi uchun 25-30 sek. vaqt ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda yurakning qisqarish soni ko'payadi, qon oqishi tezlashadi va uning odam tanasini aylanib chiqishiga sarf lanadigan vaqt qisqaradi. Tananing pastki qismlaridagi vena qon tomirlarida bosim 5¬9 mm simob ustuni atrofida bo'lib, ularda qonning oqish tezligi sekundiga 6-14 srn ga yetadi. Vena tomirlarining yurakka yaqinlashgan qismida esa bosim tobora pasayib, yuqorigi va pastki kovak venalar yurakning o'ng bo'lmasiga quyilishi qismida nolga yaqin bo'ladi. Vena tomirlarining quyi qismida yuqori qismiga nisbatan bosimning baland bo'lishi qonning to'qimalardan yurakka tomon oqishiga imkon beradi. Muskullar qisqarganda, nafas olganda ko'krak qafasi kengayib, uning nasos sifatida so'rish kuchining ortishi vena tomirlaridagi qonning ko'krak qafasi, ya'ni yurakka tomon oqishini ta'minlaydi.
Tomir urishi (puls). Qon tomirlari devorining ritmik ravishda to'lqinlanib turishi tomir urishi, ya'ni puls deb ataladi. Arteriya qon tomirlari devorining to'lqinlanishi arterial puls, vena qon tomirlari devorining to'lqinlanishi vena pulsi deb ataladi. Arterial puls - bu yurakning chap qorinchasi qisqarganda undagi qonning aortaga va undan esa arteriya tomirlariga yuqori bosim ostida chiqarilishi natijasida ular devorining tebranishidan hasil bo'ladi. Yurak minutiga necha marta qisqarsa, arterial pulsining soni ham shuncha bo'ladi. Tinch holatda katta odam pulsining soni bir minutda 70-72 marta bo'lad' Bolalarda yurakning qisqarishiva pulsning soni kattalarnikiga nis atan ko'proq bo'ladi. Bir yoshlik bolada puls soni minutiga 110 ta, 5 yoshda 90 ta, 10 yoshda 80 ta, 16 yoshda kattalarnikiga tenglashadi. puls tana yuzasida joylashgan arteriya tomirlarida sanaladi. Odatda, puls bilakning pastki qismidagi arteriya tomirida, ya'ni kaft usti sohasidagi tomirda sanaladi. Bundan tashqari, tananing boshqa sohalaridagi arteriya tomirlarida ham pulsni sanash mumkin (7-rasm).
Pulsni sanash yurak va qon tomirlar sistemasining ish faoliyatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Yuqorida aytilganidek, tinch holatda pulsning soni minutiga 70-72 marta bo 'ladi. Odam hayajonlanganda, tik turganda, yurganda, jismoniy ish va sport bilan shug'ullanganda puls soni ko'payadi. Masalan, juda tez yugurganda puls soni minutiga 180-200 marlagacha ko'payishi mum¬
kin Bundan tashqari, tan a haroratining normaga nisbatan har bir dar ja ko'tarilishida puls soni 8-10 taga ko'payadi. A~miqsa, yurak kasalliklarida puls juda tezlashadi, yuragi ojiz ki shilar ozroq harakat qilsa ham, ya'ni tezroq yursa yoki chopsa, pulsi juda tezlashib, yuragi o'ynab, nafas olishi qiyinlashadi. Shuning uchun bunday kishilar jismoniy mashg'ulotlardan ozod qilinadi.
Qon bosimi.Qon bosimi qonning tomirlar devnriga ko'rsat¬gan bosim kuchidan yuzaga keladi. Qon bosimi ham pulsga o'xshab ikki xii bo'ladi: arterial va vena bosimi. Odatda, yumk-qon tomir sistemasining ish faoliyati asosan arterial bosimni o'1chash yo'li bilan aniqlanadi. Arterial bosim ikki xii: maksimal va minimal bu'ladi. Maksimal bosim yurakning chap qorinchasi qisqarganda qonning aortaga va boshqa arteriya tomirlariga yuqori bosim bilan chiqarilishi natijasida hosil bo'ladi. Maksimal bosim yurak qorinchasi qisqargan (sistola) vaqtda hosil bo'lganligi uchutl sistolik bosimdeb ham ataladi. Minimal bosim yurakning chap qorinchasi kengaygan vaqtda aorta va boshqa arteriya tomirlarida bosimning kamayishi natijasida yuzaga keladi. Minimal bosim yurak qorinchasi kengaygan (diastola) vaqtda yuzaga kelganligi uchun diastolik bosim deb ham ataladi.
Katta yoshli sog'lom odamda tinch holatda maksimal arterial bosim 110-120 mm, minimal arterial bosim 70-80 mm si mob ustuniga reng. Arterial bqsim Riva-Rochchi sfigmomonometri yoki tonometr asboblari yordamida, N. S. Korotkov usulida yelka ar¬teriyasida,o'lchanadi. Buning uchun asbobning rezinali manjetiIbilakning ,tirsak bo'g'imidan yuqori qismiga o'raladi. So'ngra asbobning rezina ballonchasini qisish yo'li bilan manjet ichiga havo yuboriladi'. Manjet havo bilan shishgan sari, u bilak arteriyasini qisadi va q::mning pastga tomon oqishi to'xtaydi. Shtativdagi simob ustuni esa ko'tarilib, 200 mm ga yetkaziladi. Shunda bilak arteriya¬sida puIs s!~zilmay qoladi. Shu payt fonendoskop asbobining bir uchini q11loqqa o'rnatib, ikkinchi uchini tirsak bo'g'imining chuqurchasiga, ya'ni bilak arteriyasi ustiga qo'yilganda hech narsa eshitilmaydi. Shundan \so'ng asbob ballonchasidagi vintni ozroq bO'sha\tib manjetdan havo sekin-asta chiqariladi va fonendoskop orqali bilak arteriyasi eshitib turiladi. Bu arteriyada yurakning qisqarish tovushi eshitilishi bilanoq shtativning simob ustunga qaratadi. Uling kO'rsatgan raqami maksimal arterial bosim bo'ladi. Arteriyani eshitish davom ettiriladi va unda yurak qisqarishi tovushining; yo'qolishi bilanoq simob ustuniga qaraladi, uning ko'rsatgan raqami minimal arterial bosim bo'ladi. Odamda arterial qon bosimining' normaga nisbatan ortishi gipertoniya, pasayishi gipotoniy'a deb ataladi, ya'ni maksimal bosim 125-130 mm dan ko'tarilsa va minimal bosim 85 mm dan oshsagipertoi,iya deb ataladi. Maksimal bosim 110 mm dan va minimal bosim 70 mm dan pasaysa gipotoniya deb ataladi. Agar odam hayajonlansa, achchiqlansa, qo'rqsa arterial bosimi vaqtincha ort2ldi, jismoniy ish, sport mashg'ulotlari vaqtida, ayniqsa tez yugurganGla maksimal arterial bosim 150-200 mm gacha ko'ta¬riladi, minim!al arterial bosim esa 40-20 mm gacha, ba'zan 0 gacha pasayadi. Bu sog'lom odamda normal holat bo'lib, 3-5 minut dam olgandari keyin yana normaga qaytadi. Lekin yuragining ish faoliyati kuchi;izlangan odam yuqoridagi kabi jismoniy harakat¬larni bajargan:da, arterial bosimning o'zgarisl 5-10 minutda normaga qaytmaydi va yuragi tez urishi, nafas qisishi, rangining oqarishi kabi noxush belgilar yuzaga keladi.

Yüklə 91,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin