Yurak va qon tomir kasalliklarining oldini olish xalqimiz sog'lig'ini mustahkamlashda, ish qobiliyatini yaxshilashda, o'rtacha umr ko'rishni uzaytirishda katta ahamiyatga ega. Chunki odamning ish qobiliyati pasayib, nogironlikka o'tib qolishining, umriqisqarishining sabablari ichida yurak va qon tomir kasa.lliklari birinchi o'rinda turadi.
Yurak va qon tomir kasalliklarining ko'p uchraydigan tur¬lariga ateroskleroz (qon tomirlari devorining ichki yuzasida yog' va tuz moddalari to'planishi oqibatida tomirlar qattiqJ;ashib, mo'rtlashib va torayib qolishi), gipertoniya (arterial qon bosimi¬ning ko'tarilishi), yurakning ishemik kasalligi (yurak muskullari¬da qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo'ladi), miokard infarkti (qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining ma'¬lum qismi yemirilishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi) knbilar kiradi. Bulardan tashqari, yoshlarda, ayniqsa maktab yoshidagi bolalarda ko'p uchraydigan angina, surunkali tonzilit (bodomcha bezlarining yallig'lanishi) va bular oqibatida kelib chiqadigan yurakning yallig'lanish kasalliklari tufayli od am yoshlik chog'idanoq ish qobiliyatini yo'qotib, o'zi xohlagan kasbni egallay olmasligi mumkin.
Yuqorida aytib o'tilgan yurak-qon tomir kasalliklarini yuzaga keltiruvchi sabablar turli-tuman bo'lib, ularning eng asosijllari quyidagilardir:
- kun tartibiga organizmning chiniqishiga qaratilgan jismoniy mashqlarga e'tibor bermaslik, ularni bajarmaslik, kam harakat qilish (gipodinamiya). Buning natijasidayurak faoliyati asta¬sekin kuchsizlanadi, uning har xii kasalliklarga beriluvchanigi ortadi;
- ovqatlanish qoidalariga amal qilmaslik, ayniqsa, mol yog'i va tuzni ko'p iste'mol qilish (bir kecha-kunduzda iste'mol qiJ::l¬digan tuzning miqdori 5 g dan, mol yog'i 30 g dan oshmaslilsi kerak). Yog'li ovqatlar, uglevodlarga boy taomlar (shirinliklair, oq non, xamirli ovqatlar)ni ko'p iste'mol qilishdan semirish ,Ja buning oqibatida yurak muskullari orasida yog' to'planishi tufayli yurak faoliyati zaiflashadi; - burun, tomoq, nafas yo'llarining shamollashi, angina, su.. runkali tonzillit, tish kasalliklarini o'z vaqtida davolatmaslil: kabilar yurak-qon tomir xastaliklari yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda yuqorida ko'rsatilgan sabablarni bartaraf etish, organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muntazam shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. Yurak-qon tomir sistemasini chiniqtirishda eng oddiy harakat mashg'ulotlari bo'lgan yurish va yugurish, nafas olishni yax¬shilaydigan gimnastika mashg'ulotJarini bajarish muhim ahamiyatga ega. Har bir maktab o'quvchisi har kuni o'rtacha 20-25 ming qadam (12-15 km) yurishi yoki yugurishi, katta odamlar esa kamida 10-12 ming qadam (8-10 km) yurishi yoki yugurishi kun tartibiga kiritilmog'i lozim. Jismonan chiniqqan odamning yurag.i anatomik va fiziologik jihatdan bir qator ijobiy xususiyatlarga ega bo'ladi. Xususan, yurak muskullarida qon aylanishining kuchayishi, ularning oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlanishining yaxshilanishi natijasida muskul tolalari yo'g'onlashadi, yural, devori qalinlashadi, uning klapanlari mustahkamlanadi va hajm i kattalashadi. Bu o'zgarisWar natijasida yurakning qisqarish kucbi ortadi, uning ish qobiliyati yaxshilanadi. Bunday odamlar jisffioniy mashq bajarganda yuragining sistolik hajmi (yurak bir marta qisqarganda aortaga chiqaradigan qonning miqdori) 120¬140 ml gacha ko'payadi (tin ch holatda 65-70 ml bo'ladi). Yurak¬ning minutlik hajmi 25-30 1 gacha ko'payadi (tinch holatda 5 I). Yurakning qisqarish tezligi (puis soni) 150-200 martagacha ortadi (tinch holatda 70 marta). Yurak ishining kuchayishi, undan arteriya tomirlariga chiqariladigan qon miqdorining ortishi, organizmda qon aylanishining tezlashuvi barcha to'qimalar hamda Yurak muskullarini oziq moddalar, gormonlar, vitaminlar, kislorod biJan ta'minlanishini yaxshilaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, yurak-qon tomir sistemasini jismo¬niy mashqlar bilan shug'ullanib chiniqtirish asta-sekin olib borilishi kerak. Chiniqishning boshlanishida jismoniy mashqlar h~'ljmi kam bo'lib, asta-sekin ko'paytirilishi kerak. Har bir odam bajaradigan mashqning hajmi, ya'ni har kuni yuradigan va chopadigan masofasi, harakat tezligi uning yoshini, jismoniy ri,vojlanish darajasini, sog'lig'ini e'tiborga olgan holda belgilani¬shi kerak.
Aks holda, yurak zo'riqishi natijasida har xii kasallik¬lar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun jismoniy mashqlar bilan chiniqishga ahd qilgan odam shifokor va jismoniy tarbiya o'qituvchisining maslahati bilan ish ko'rishi lozim. Chekish va spirtli ichimlik ichishning yurak-qon tomir siste¬IInasiga zararli ta'siri. Chekish (sigaret, nos, nasha va hokazo) va :spirtli ichimliklar iste'mol qilish zararli odatdir. Bu moddalar odam organizmining barcha hujayra, to'qima va organlariga, jumladan, yurak va qon tomir sistemasiga zararli ta'sir ko'rsatib, ateroskleroz, gi pertoniya, yurakning ishemik kasalligi, yurak infarkti, miyaga qon quyilishi kabi og'ir xastaliklar yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Chekish eng zararli odal. Tamaki tutuni tarkibida 3 ming¬dan ko'proq zaharli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan. Shulardan nikotin, karbonat angidrid gazi, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt, qo'rg'oshin, margimush kabilar yurak va qon tomirlar sistemasiga zaharli ta'sir ko'rsatib, odamning sog'lig'ini yomonlashtiradi, ish qobiliyatining pasayishiga sabab bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. E. Qodirov "Odam anatomiyasi" T. 2007-y. "Universitet".
2. Rajamurodov I. T. "Odam va hayvonlar fiziologiyasi" T. 2010-y.
3. Almatov K. T. " Odam va hayvonlar fiziologiyasifiziologiyasi" T. 2004-y.
4. http/odam8.narod.ru
5. www.wikipedia.uz