Qonning ivishi. Qonning ivishi - organizmning muhim himoya reaksiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi turli jarohatlanishlarda organizmni ortiqcha qon yo'qotishdan saqlaydi. Qonning ivish xossasi o'zgarsa, ozgina jarohatlanish ham odam sog'lig'iga katta xavf tug'diradi, chunki organizm ko'p qon yo'qotishi mumkin.
Qonning ivishi murakkab biologik jarayon bo'lib, bunda quyi¬dagi omilIar ishtirok etadi: qon plazmasidagi fibrinogen (oqsil modda) mayda zarrachalardan ingichka tolachalarga (fibringa) aylanadi. Fibrin tolachalari qon tomiri devorining jarohatlangan (kesilgan) joyida to'r hosil qiladi va unga qonning shaklli. c1ementlari, ayniqsa trombotsitlar ilinib, to'siq hosil bo'ladi. Na¬tijada qon oqishi to'xtaydi. Bu jarayonda qon tarkibidagi trombin fermenti, Ca ionlari, K vitamin va qonning antigemofil omili muhim rol o'ynaydi.
Sog'lom odamda qon 3-4 minut ichida iviydi. Ba'zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan biologik modda - antigemofil omil yetarli bo'lmaydi.
Bu kasalIik gemofiliya deb atalib, u nasldan-naslga, ya'ni ota¬onadan bolaga o'tadi. Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko'p qon yo'qotish mumkin. Bundan tashqari, trombotsitlarning soni kamayganda, ovqat tarkibida Ca ionlari, K vitaminning miq¬dori yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.
Qon guruhlari 1901-yili avstriyalik olim K. Landshteyner, 1907-yili chex olimi Ya. Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga ko'ra bir-biridan farq qilishini aniqlaganlar. Qonning eritrotsitlari tarkibida agglyutinogen, plazmasi tarkibida agglyutinin moddalari bo'lib, ularning har biri kimyoviy xossalariga ko'ra ikki turga bo'linadi, ya'ni agglyutinogen A va B, agglyutinin a va {3. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xii belgiJi modda bo'lmasJigi kerak, ya'ni agglyutinogen A va agglyutinin a yoki agglyutinogen B va agglyutinin {3. Normada agglyutinogen A va agglyutinin {3 yoki agglyutinogen V va agglyutinin a bo'Jishi mumkin. Agglyutinogen A va V bo'lgan qonda agglyutininlar umuman bo'lmaydi. Aksincha, agglyutinin ava {3bo'lgan qonda agglyutinogenlar umuman bo'lmaydi. Ana shunga ko'ra, barcha odamlar qoni to'rt guruhga bo'linadi.
I guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen umuman bo'lmaydi
plazmada agglyutinin ava {3 bo'ladi.
Il guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen A, plazmada agglyutinin {3 bo'ladi.
m guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin a bo'ladi.
IV guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen A va B bo'lib, plazmada agglyutinin umuman bo'lmaydi.
Ounyodagi ko'p mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon guruhlarini aniqlash natijasi shuni ko'rsatadiki, qoni I guruh bo'lgan odamlar ahoJining o'rtacha 40% ini, Il guruh - 39% ini, III guruh - 15% ini va IV guruh - 6% ini tashkil etadi.
1940-yiJi K. Landshteyner va Viner qoii'ning eritrotsitlarida agglyutinogen A va V dan tashqari, yana bir modda borligini aniqlab, uni rezus ami! (Rh-omil) deb atadilar. Bu omil 85% odamlar qonida bo'ladi va ular rezus musbat qonJi odam deb ataladi, 15% odamlarning qonida bu omil bo'lmaydi. Ular rezus manfiy qonli odam-deb ataladi. Rezus musbat qon rezus manfiy qonJi odamga quyHsa, birinchi martasida hech qanday noxush reaksiya ro'y bermaydi. Lekin rezus manfiy qonli odam qonida quyilgan rezus musbat qonga qarshi antitelalar (organizmda yot moddaga qarshi hosH bo'lgan, maxsus himoya xossasiga ega bo'lgan oqsil zarrachalari) hosH bo'ladi. Shu odamga ikkinchi marta rezus musbat qon quyilsa, uning qonida agglyutinatsiya hodisasi ro'y beradi.
Qon guruhlari va rezus omil nasldan-naslga o'tadi. Agar er¬kakning qoni rezus musbat bo'Jib, ayolning qoni rezus manfiy bo'lsa, bino bo'lgan homilaga (bolaga) qon onadan o'tsa, uning qoni rezus manfiy bo'ladi. Bunday bola sog'lom tug'iladi. Aksin¬cha, rezus musbat qon bolaga otadan o'tsa, uning qoni ham otasinikiga o'xshab rezus musbat bo'ladi. Natijada ona va bolaning qoni bir-biriga to'g'ri kelmaganJigi uchun bunday bola gemoJitik kasallik bilan tug'iladi. Uning terisi va ko'zlari sariq, jigar va talog'i kat¬talashgan, qorni shishgan, tug'ilgan vaqtdan boshlab umumiy ahvoJi og'ir bo'ladi. Oavolash uchun bolaga qon quyib, qoni almashtiriladi.
Qun quyish. Og'ir shikastlanganda va ko'p qon yo'qotilganda uzoq davom etadigan og'ir kasallikJarda bemorni davolash uchun qon quyish kerak bo'ladi. Bunda birinchi guruh qonni .hamma guruhga quyish mumkin. Birinchi guruh qonli odamlar qonini barcha guruhdagi qonli odamlarga berishi mum kin. Shuning uchun ular universal donor deb ataladi (boshqalarga qon beruvchi odam donor, boshqalardan qon oluvchi odam retsipient deb ataladi).
lkkinchi guruh qonli odamlar ikkinchi va to'rtinchi guruh qonli
odamlarga, uchinchi guruh qonli odamlar uchinchi va to'rtinchi guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin. To 'rtinchi guruh qonli odamlar faqat shu guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin, lekin o'zi hamma guruhdan qon oladi. Shuning uchun ular universal retsipient deb ataladi.
Bemorga qon quyish o'ta mas'uliyatJi ish hisoblanadi. Agar qon guruhi noto'g'ri aniqlansa, bemor qon guryhiga to'g'ri kelmay¬digan qon quyilsa, donor qonining eritrotsitlari bilan bemor qonining eritrotsitlari bir-biriga yopishib qoladi, ya'ni agglyutinatsiya hodisasi ro'y beradi. Bunday hodisa ro'y berganida bemorning ahvoli birdaniga og'irlashadi, rangi oqarib, lablari ko'karadi,
tanasi sovub qaltiraydi. Badanida qizil toshmalar paydo bo'ladi,
nafas olishi qiyinlashadi. Agar bunda zudlik biJan yordam ko'rsatilmasa, bemor halok bo'lishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida keyingi yillarda faqat bir xii guruhdagi qon quyishga o'tish tavsiya etilmoqda.
Donorlik. Donorlik har bir odamning faxriy burchidir. 18 yoshga yetgan har bir sog'lom yigit va qiz, ayol va erkak donor bo'la oladi.
Mamlakatimizda yuz minglab kishilar donorlardir. Ayniqsa, fashizmga qarshi kurash yillarida minglab. odamlar. ixtiyoriy ravishda qon topshirib, ko'plab yaradorlarning hayoti saqlab qoli¬nishiga va ular qaytadan safga qaytishiga hissa qo'shganlar. Hozirgi vaqtda ham minglab donorlar ko'plab bemorlarni davolashga, ularning hayotini saqlab qolishdek olijanob ishga hissalarini qo'shmoqdalar.
Qadimgi Yunoniston, Misr, Rimda bemorlarni davolashda qonning ahamiyatini bilishgan. O'sha davrning tabiblari bemor¬larga boshqa odam qonini quyganlar, lekin ularda qon guruhi haqida tushuncha bo'lmaganligi sababl[ qonquyish taxminiy bajarilgan. Shl.ning uchun ayrim hollardagina quyilgan qon bemor qoniga to'g'ri kelib, yaxshi natija bergan bo'lsa, ko'pincha qon guruWari to'g'ri kelmasligi yomon oqibatlarga sabab bo'lgan. Chunonchi, Rim papa si Innokentiy VIII yosharish maqsadida uchta yigitning qonini quyishni buyurgan. Lekin u qon quyish natijasida halok bo'lgan. Qon guruWari aniqlanguncha qon quyish sohasidagi barcha urinishlar yaxshi natija bermagan.