Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə40/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

Ikkinchi tamoyil haqida I.A.Karimov shunday deb yozadi: “Mustaqil davlatimizning siyosatini belgilab olar ekanmiz, islom dinimizni albatta nazarda tutishimiz kerak, negaki din turmush tarzimizga, ma’naviy qadriyatlarimizga, kishilar ongiga o’zining o’chmas muhrini bosgan.”12

Uchinchi milliy tamoyil sifatida Prezidentimiz “O’zbekistondagi demografik vaziyatni albatta hisobga olish zarur”13 deb uqtiradi. Ma’lumki, yurtimizda aholining tabiiy o’sish surhati juda katta bo’lib, mehnat resurslarining ortib borish darajasi ham shunga mos keladi. Qolaversa, aholining 60 foizidan ko’prog’i qishloqlarda istiqomat qilishadi.

To’rtinchi tamoyil, bu – O’zbekistonning ko’p millatli davlat ekanligi. Unda 130 dan ortiq millat, elatlar yashaydi va ular 18 diniy konfessiyalarga mansub.

Beshinchi tamoyil, bu O’zbekistonning geosiyosiy jihatdan qulay makonda joylashganligi, qadim karvon yo’llarining bizning Vatanimiz hududidan o’tganligi, turli tsivilizatsiyalarning Markaziy Osiyoda tutashganligi hamda bugungi kunda ham mintaqamizning SHarq bilan Farb dunyosi o’rtasida muhim bo’g’in ekanligidadir.

Oltinchi tamoyil “O’zbekistonda islohotlar o’tkazishga mavjud tabiiy iqlim, shart-sharoitlari”ning katta tahsir ko’rsatishidan iborat.14

Ettinchi tamoyil – “O’zbekiston o’zining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash uchun yetarli salohiyatga ega15. Yana bir muhim tamoyil sifatida I.A.Karimov “keyingi o’n yillar mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega bo’lgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanishini ham ehtiborga olmaslik mumkin emas”, deb uqtiradi. Gap shundaki, mustaqillikdan oldingi 130 yildan ko’proq davr mobaynida xalqimiz o’zining milliy, madaniy, moddiy boyliklaridan begonalashdi. Jahon hamjamiyatidan butunlay ajralib qoldi. SHu sababli, O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida bu vaziyatni hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi tamoyillar yoki omillarni chuqur o’rganib, Prezidentimiz I.A.Karimov istiqlolning dastlabki yillarida islohotlarning ilmiy asoslangan strategiyasini ishlab chiqdi. Bu O’zbekistonning o’ziga xos aql-idrokka asoslangan taraqqiyot yo’li jahon afkor ommasi tomonidan haqli ravishda “taraqqiyotning o’zbek modeli” degan nom oldi.16 Aynan ana shu tamoyillarda bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan umuminsoniylik yo’nalishlari uyg’unlashdi yoki ularning dialektik mutanosibligi o’z aksini topdi. “Birinchi tamoyilimizda, - deb yozgan edi I.A.Karimov, - avval-iqtisod, keyin siyosat degan shiorni olg’a surdik”17. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan ortda qolmasligi zarur.



Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin