Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar


Demokratik jamiyatning milliy tamoyillari quyidagilardan iborat



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə39/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

1.Demokratik jamiyatning milliy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) Xalqimiz hayotida jamoa bo’lib yashash ruhining ustuvorligi.
2) Oila, maxalla, el-yurt muqaddasligi.
3) Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat-ehtibor.
4) Millatning ulmas ruhi ona tiliga hurmat
5) Kattaga hurmat, kichikka izzat.
6) Ayol zotiga ehtirom.
7) Sabr-qanoat, mehnatsevarlik.
8) Halollik va mehr-oqibat.
9) Demokratik jarayonlarning uzviyligi, asta-sekinligi.
10) Odamlar tafakkuri va ijtimoiy saviyasi.
11) Xalqimiz milliy madaniyatining o’ziga xosligi va h.k.


2. Demokratik jamiyatning umumbashariy tamoyillari:
1) qonun ustuvorligi.
2) Inson xaq-xuquqlari va xurfikrlilik.
3) Barcha millat vakilariga xurmat va ular bilan baxamjixat yashash.
4) Diniy bag’rikenglik.
5) Dunyoviy bilimlarga intilish, mahrifatparvarlik.

6) O’zga xalqlarning ilg’or tajribalari va madaniyatini o’rganish va h.k.


1-slayd



Qadriyatlar – jamiyatda kishilar o’rtasida obro’ga, ehtiborga hurmatga nufuzga, ahamiyatga ega kishilar munosabatlar, holatlar moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar yig’indisidir. Qadriyatlar kishilarning moddiy turmush darajasi, sharoiti, imkoniyatlari asosida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyatini anglash kishilarning istiqbol vazifalarini tug’ri tasavvur qila bilish imkoniyati bilan ham bog’liq. qadriyatlarning turlari: 1) Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar. 2) Anhanalar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo’ladigan axloqiy qadriyatlar. 3) Insonning aql-idrok va amaliy faolityati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va istehdodlarida namoyon bo’ladigan qadriyatlar. 4) Odamlar o’rtasidaga jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik xamjixatlikka asoslangan qadriyatlar. 5) Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va Irqiy xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar.
Demak, demokratik, xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda umuminsoniy, mintaqaviy milliy, diniy qadriyatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Agar umuminsoniy mintaqaviy qadriyatlar barcha inson va millatlar uchun xos bo’lgan umumiy tushuncha bo’lsa, mintaqaviy qadriyatlar ma’lum bir hudud uchun taalluqli bo’lganligi bilan xarakterlanadi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birgalikda mavjud bo’ladi va rivojlanadi.
Demokratik, fuqarolik jamiyatini qurayotgan O’zbekiston uchun ana shu milliy qadriyatlarini, o’zini anglagan, Vatani uchun fidoiy yoshlarni tarbiyalash vazifasi turadi. Bunday sharoitda fuqarolik jamiyati qurishda mazkur qadriyatlarni o’rni beqiyosdir.
O’zbekiston aholisining bozor iqtisodiga asoslangan demokratik jamiyat qurishida istiqlolimizning dastlabki yillaridayoq Prezident I.A.Karimov quyidagi milliy tamoyillarga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Bu milliy tamoyillar I.A. Karimovning 1992 yilda yozilgan “Istiqlol yo’li: muammolar va rejalar” hamda “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarlarida ilmiy jihatdan har tomonlama asoslab berildi. Keyinchalik Yurtboshimiz bu tamoyillarni turli hayotiy misollar va dalillar asosida yoritdi. “Bozor iqtisodiyotiga o’tar ekanmiz, milliy, tarixiy turmush tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, anhanalarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olamiz. O’zbek xalqi azaldan jamoa tuyg’usiga moyil”,11 - deb yozgan edi I.A.Karimov. Bu birinchi tamoyil bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’zbek xalqining o’ziga xosligi, uning boy tarixiy anhanalari, o’ziga xos fikrlash tarzining qadimgi davrlardan boshlab jamoa sifatida ahil bo’lib yashash mentalitetini ko’rsatib turibdi.



Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin