Milliy qadriyatlarning tiklanishi - demokratik jamiyat qurishning muhim sharti. Demokratik jamiyat kontseptsiyasida milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, diniy qadriyatlarning o’rniga alohida ehtibor qaratilmoqda. Negaki, ular o’rtasida qathiy chegara yo’q. Bunday fikr bildirishimizga muayyan tarixiy sharoitlarda ob’ektiv zaruratlar tufayli jamiyat rivojlanishi uchun milliy qadriyatlar diniy qarashlar bag’rida shakllanganligidir. SHunga ko’ra bizning milliy qadriyatlarimiz faqat islom zaminida vujudga kelmagan, balki zardushtiylik, buddaviylik kabi dinlardan ham ko’p narsalarni olgan. Binobarin, har qanday qadriyatlarning bosh manbai ijtimoiy hayotdir. Buning isboti sifatida hozirgi davrda mamlakatimizda ko’pgina tarixan din bilan bog’liq qadriyatlar o’zlarining diniy mazmunini o’zgartirib, dunyoviy milliy qadriyatlarga aylanganligidir. Ayni paytda, demokratik jamiyatni barpo etishda din har doim ham uning tarafdori bo’lavermaydi. Ayniqsa, hozirgi murakkab o’tish davrida islom g’oyalari va qarashlaridan bir-biriga tubdan qarama-qarshi maqsadlar yo’lida foydalanishga urinishlar jonlangan bir paytda, ana shu omilning o’rnini alohida tahlil etish zarur.
Uning zaruratini Prezident I.A.Karimov alohida va bir necha marta ta’kidlab kelmoqda. «Mustaqillik yillarida eng katta qo’lga kiritgan yutuqlarimizdan biri tarixiy, milliy va axloqiy qadriyat hamda anhanalarning, muqaddas dinimizning jamiyatni ma’naviy yuksalishidagi o’rni va ahamiyatini qayta tiklanganligidir. Ayni zamonda, tajovuzkor aqidaparast kuchlar islom dini xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanligidan foydalanib, O’zbekistonni demokratik, mahrifiy taraqqiyot yo’lidan og’dirishga intilmoqdalar». Keyingi yillarda dunyo miqyosida islomdan qarama-qarshi maqsad yo’lida foydalanishlar yaqqol namoyon bo’lmoqda.
O’zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etishda milliy tamoyillarning asosini tashkil etuvchi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qadriyatlar alohida o’ringa egadir. Mustaqillik tufayli unga bo’lgan yangicha yondashuvlar Prezident I.A.Karimovning milliy va umumbashariy qadriyatlar to’g’risidagi metodologik ilmiy mulohazalari hamda amaliy faoliyatlaridagi ko’rsatmalari, tashabbuslari buning yorqin misolidir. O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda, milliy qadriyatlarimizga asoslanadi.
SHu nuqtai nazardan, qadriyat tushunchasining ijtimoiy-falsafiy adabiyotlarda ko’pgina ilmiy tahriflari mavjud. Berilgan tahriflarni tahlil etish bir tomondan turli xil yondashuvlarning mavjudligini, ikkinchi tomondan esa, ularning butunlay bir-birini inkor etishi hollarining mavjud ekanligini ko’rsatadi. Masalan, ”Falsafiy entsiklopediya”ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflangan: ”Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, bir ob’ektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi-baholovchi jihati (sub’ektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi”24. Rus tilidagi “tsennostg’” ya’ni qadriyat tushunchasiga, kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga, ma’naviy dunyoqarashiga ijobiy yoki salbiy tahsir ko’rsatadigan barcha narsa va hodisalar kiritilgan.
Ana shunga yaqin nuqtai nazar boshqa ilmiy manbalarda ham bayon etilgan: “Qadriyat (falsafa, sotsiologiyada) - voqelikdagi muayyan hodisalarning iqtisodiy, ijtimoiy va mahrifiy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Qadriyatlarning mazmuni va xarakteriga ko’ra, progressiv va reaktsion tiplarga ajratish mumkin” deyilgan. Fikrimizcha, bunday tahriflar mazkur kategoriyani o’ta sig’imdor qilish bilan birga, uning asli mohiyatini aniqlashda bir qator ilmiy chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda. SHunga ko’ra uning mazmuni, tuzilishi, asosiy shakllari namoyon bo’lish xususiyatlari va umuminsoniy qadriyatlar tizimi, bu tizimdagi asosiy qadriyat shakllarining o’rni va ahamiyatini ilmiy tahlil qilish bilan bog’liq bir qator masalalarga ehtibor kam ekanligini ko’rsatib o’tish lozim.
“Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat nehmatlari hodisalari majmuini tushunmog’imiz lozim25. Rus, ingliz, nemis, frantsuz va chex tillarida Rossiya Fanlar Akademiyasining akdemigi G.V.Osipov muharrirligida chop etilgan “Sotsiologicheskiy entsiklopedicheskiy slovarg’”da qadriyatlarni baholash, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy qadriyatlar, qadriyatlar yo’nalishi va umuman qadriyatlarga tahriflar berilgan26. Qadriyatlar tushunchasiga “Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’ati”da ham alohida o’rin ajratilgan.