Elektr payvanglash qurilmala ri barcha korxonalarda mavjud bo`lib , o‘zgaruvchan va o'zgarm as tokda ishlovchi qurilmalarga bolinadilar. Texnologik nuqta nazardan payvandiash qurilm alar ini kontaktli yoki yoyli guruhlarga ajratish mumkin.
0 ‘zgarm as tokda ishlaydigan payvandiash agregatlari o ‘zgaruvchi tok yuritgichli va o ’zgarm as tok generatorlaridan tuzilgan bo‘iadi. Bunday qurilm alar uch fazali o ‘zgaruvchan tokda sim m etrik yuklamani tashkii etadi. Quvvat koeffrtsient m e’yoriy vuklam ada 0,7-0,8 oralig'ida bo'iadi, salt ishlaganda 0,4 dan oshmaydi. 0 ‘zgarmas tokda ishlaydigan payvandlash agregatlarini yarim o ‘tkazgichli to ‘g ‘rilagichlar asosida ham bajarish mumkin.
O 'zgaruvchan tokdagi elektr payvandlash qurilmalari 50 Gs li kuchlanishi 380, 220 V bo'lgan tarm oqdan ishlaydilar. U larda bir fazali payvandlash transform atori qo'Haniladi va ish rejimi takroriy qisqa hisoblanadi. Bitta quriim aniitg quvvati 9-32 kVA oralig'ida bo'iadi. Q uvvat koeffitsienti yoyli payvandlash qurilm aiarida 0,3-0,35 ni, kontaktli payvandlashda esa 0,4-0,7 ni tashkii etadi. Elektr ta ’m inotining ishonchliligi bo yicha H toifali iste’m olchilar guruhiga kiradi.
Infraqizil nurlantirgichdan (yuqori temperatura)
issiqlik berish
Bunday isitish qurilmalarining sirtidagi temperatura bog’lanishi katta chegarada o’zgarishi mumkin. Elektr nurlanishida 400-20000C ni tashkil qilsa, gaz yonilg’isi bilan ishlaganda esa -850 dan – 9500C gacha bo’ladi. Ishlab chiqarish tashkilotining ko’rsatmasida, elektr qurilmalarida issiqlik ishlab chiqish ko’proq. Ularning nominal issiqlik ishlab chiqishini 70-80% nurlanish yo’li bilan amalga oshiriladi, qolgan qismi esa qatlamni isitish – ya’ni nurlanish va konvektsiya, hamda faqat konvektsiya bilan bo’ladi.
Gazli nurlanish isitish qurilmalarida 50% issiqlik gazning yonishida nurlanish issiqligi ko’rinishida bo’ladi, natjada sanoat tabiiy gazdan foydalanilganda isitgich qurlmasi sirtidagi temperatura 9000C bo’ladi.
Nurlanish bilan isitishda issiqlik sezgirligini ta’sirini ko’p olimlar o’rganishgan bo’lib, ularning ichida fizologlar, injenerlar va psixologlar bo’lgan. Nurlanish energiyasining ta’siri to’lqin uzunligiga, nurlanishning intensivligiga va davomiyligiga bog’liq bo’ladi. Bunday fotokimyoviy yoki issiqlik ta’siri natijasida tirik organizmda yutilish jarayoni boshlanadi. Fotokimyoviy ta’sirda intensivroq qismi ultrabinafsha sohaga nurlanishida sodir bo’ladi, uzun to’lqinli sohada issiqlik ta’siri ko’proq bo’ladi.
Nurlanish organizmga teri orqali o’tadi. Terining turli qatlamlari nurlarni turlicha qaytaradi va yutadi. Uzun to’lqinli infraqizil nurlarning kirib borishi sezilarli darajada qisqa to’lqinli nurlarga nisbatan kamayadi. Terining yutilish qobilyati namlik bo’lganligi sababli juda yuqori bo’lib, daslabki tushuvchi nurning 90% terida yutiladi.
Terining eng yuqori tashqi qatlamlarida nerv retseptorlari bo’ladi, u issiqlikni juda yaxshi sezadi.
Infraqizil nurlar bu retseptorlarni uyg’otadi va inson issiqlikni sezadi [5]. Infraqizil nurlar mahalliy va umumiy ta’sir ko’rsatadi. Teriga qisqa to’lqinli infraqizil nurlanish ta’sir qilgan joyida qizarishi kuzatiladi, u nurlanish joyda 2-3 72 sm atrofida reflektiv nurlanadi. Buning asosiy sababi kapilyar idish kengayadi va natijada qon o’tishi kuchayadi. Nurlanish joyda tezda shishlar paydo bo’ladi keyinchalik ular tuganaklarga aylanadi. Infraqizil nurlar ta’siridan 1-2 oy o’tgandan so’ng tuganaklar yo’qoladi, uzun to’lqinli infraqizil nurlarda esa 2 haftada yo’qoladi .
Qisqa to’lqinli infraqizil nurlar ko’rish a’zolariga tushsa 0,67-0,14 mkm o’zgarishlar bo’ladi, 1-3 yil o’tgandan so’ng katarakt tasvirlar hosil qiladi. Fotokimyoviy yoki issiqlik ta’sirida bu o’zgarishlar yaxshi oxirigacha o’rganilmagan.
Uzun to’lqinli infraqizil nurlar terining eng yuqori qatlamida yutiladi va faqat oddiy issiqlik ta’sirini hosil qiladi. Nurlanishning reflektiv reaktsiyasini organizm qisimlariga ta’siri: asosan yuzga; burunning yosh keluvchi kapilyariga kengayishiga; ho’llashga; burinning ichki qislari yo’llarini qisqartirishga, natijada havo olish qiyinlashishga olib keladi va chanqash yuzaga keladi. Bunday reflektiv reaktsiya vujudga kelishi atrof-muhit temperaturasini komfort holatdan yuqori bo’lganda sodir bo’ladi. Oldinlari havo temperaturasi va uning changlari qichishishni yuzaga keltiradi deb o’ylar edilar .
Infraqizil nurlanishning ta’sirida teri va teriostidagi 0,2-0,4 mm chuqurlikdagi qatlamda kapilyarlar kengayishi natijasida isish bo’ladi. Buning ta’sirida sirkulyatsiya qiluvchi qon isiydi. Issiqlik berish kuchayadi atrof muhit temperaturasi ta’siriga bog’liq holda, sel quyishi hosil bo’ladi. Bunda pulsning chastotasi ham oshadi. O’pkadagi havo almashinishi, qon bosimi, EKG o’zgarmaydi [7]. Moddalarning almashinishi olingan tajribalarda bir xil emas. Ba’zi mualliflar [7] infraqizil nurlanish ta’sirida kislorodni istemol qilish kamayadi desa, boshqalarning fikriga ko’ra [8] uni oshadi deb hisoblaydilar. Infraqizil nurlarning ta’sirida terining temperaturasi oshadi, bu o’zgarish odam organizmining turli qismida turlicha bo’ladi [7].
Qo’l va yuzadagi teri nurlantirilsa, dastlabki vaqtidagiga nisbatan temperatura oshadi, bo’yinning orqa tarafida temperatura nurlanishdan oldingi temperaturadan pasiyadi. Agar infraqizil nurlanish qoringa yo’naltirilsa, 73 akklimatlashmagan odamlarda yurak arteriyasidan shikoyat qilishadi, qorinda og’riq seziladi peristalku vujudga keladi, ichakda spazmalar vujudga keladi, bulardan tashqari uyqu kelishi kuchayadi 43. Infraqizil nurning intensivligi 308 W/m 2 bo’lgan, va 20 minut davomida nurlantirilganda ikki kishining talvasaga tushishi va simntolik belgilar bo’lishi kuzatilgan, eslash qobilyatini yo’qotgan.
Yuqorida takidlab o’tilgandek, hayvonlar va insonlarga infraqizil nurlar ta’sir qildirilsa teri temperaturasining ko’tarilishi kuzatiladi. Nurlanishning davomiyligini shunday tanlandiki, u 5 0C temperaturadan oshmasin. Katta hayvonlarda katta intensivlikda temperaturaning ortishi mayda hayvonlarga nisbatan tezroq bo’ladi [9]. Infraqizil nurlanish organizmning biologik immuniteti reaktsiyalarning xususiyatlarini o’zgartiradi. O’rtacha intensivlikda 210-260 W/m 2 , to’lqin uzunligi 3 mkm ta’sirida organizmda tabiiy tanaga qarshi tasir tezlashadi [9], agglyutinatsiya jarayoni ortishi tezlashadi. Uzoq vaqt nurlantirilganda, antitel shakillanish tezligi dastlabki holga qaraganda nisbatan sekinlashadi, bu degani adaptatsiyani bildiradi.
Nurlanish bilan isitiladigan xonadagi kishilarga havfli bo’lmasligi uchun qulay sharoitli mikroklimat hosil qilish kerak. Albatta kasalxona palatasi, yashash xonasi, administrativ xona, o’quv binolari, bolalar bog’chasi va h.k.ning talablar turlicha bo’lib, shunga ko’ra bu xonalarning funktsiyalari ham turlichadir.
Umumiy gigena talablarini nurlanish bilan isitiladigan xonalar uchun qarab chiqaylik. Ko’pchilik mualliflar tomonidan isitiladigan sirtni isitishda ruhsat etilgan temperaturasi orqali ifodalashga harakat qilinadi. Gontsenbax [10] bo’yicha u 30-350C ni tashkil qiladi.
M.Ritshel va Rayssa [11], 2,7 m balandlikli xonada isitish paneli shiftda joylashtirilganda isitish qurilmalari uchun 350C ni taklif qilgan. Ventsel va Myuller [12] shift sirtidagi isitish qurilmasining temperaturasi 370C katta bo’lmasligini takidlab o’tgan.
Gromosov gigenik talab darajasini differentsiallaydi [13]: to’liq isitishda ruhsat etilgan temperatura sirtida 25 0C, shiftdan isitiladigan binolarda balandligiga qarab 3,2-3,3 m bo’lsa 30 0C tanlangan. Isitish qurilmasi tashqi devorga oyna 74 oldiga o’rnatilganda 40-45 0C, ichiki devorga o’rnatilganda 35-400C, Brus [14] shiftga o’rnatilgan nurlanish isitish qurilmasi uchun ruhsat etilgan temperaturasi sirti 410C Krenko [15], shiftdagi nurlanish qurilmasining ruhsat etilgan temperaturasini aniqlashda xona sirtidagi temperatura bilan aniqlashni va uning balandligini hisobga olishni taklif qildi. U o’zining jadvalini taklif qildi, bu jadvalda maksimal ruhsat etilgan temperatura panelning faktorlariga bog’liqligi ko’rsatilgan. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar panelni issiq suv bilan isitish holati uchun berilgan. Bunda shiftning elektr isitishida temperatura chegarasi 500C deb olingan [15].
Adabiyotlarda maksimal ruxsat etilgan nurlanishning issiqlik miqdori, insonlar boshi uchun komfort sharoit mos ma’lumotlar keltirilgan. Bradtke [16] ma’lumotlariga asosan o’zini yaxshi sezish uchun inson boshining sirtidan 81-105 W/m 2 chegarada issiqlik miqdori ajralishi kerak. Nurlanish issiqligining intensivligi kishining yuziga tushganda 350 W/m 2 dan ortmasligi kerak.
Goromosov [13] komfort sharoit bo’lishi uchun boshga keluvchi issiqlik miqdorini qiymat 112-175 W/m 2 bilan ifodalanishini ko’rsatib berdi. Agar ko’proq issiqlik miqdori tushsa unda o’zini sezish yomon bo’ladi, bunda bosh og’rishi, bosh aylanishi yuzaga keladi. Kollmar xuddi shunga yaqin bo’lgan kattaliklarni keltiradi, u yuqori chegarani 550 W/m 2 deb belgilaydi. Bedford ma’lumotlariga ko’ra, bosh balandligidagi nurlanishning o’rtacha intensivligi 126 W/m 2 oshmasligini ko’rsatib berdi.
Uiggs ham nurlanish bilan isitishda boshga ko’p issiqlik keltirilmasligini takidlab o’tgan. Kamford sharoit talablaridan biri temperatura taqsimotini xonada teng taqsimlanishidir. Nemetslarning maqollaridan birida berilishicha ―Oyoq issiqda, bosh –sovuqda, vrach va aptekachi ochlikda yashaydi‖- demak odamlar o’zlarini yoqimli sezishlari uchun oyog’i boshga nisbatan issiq bo’lishi, bu kasallanishning oldini oladigan kafolatdir. Ko’pchilik mualliflar ruxsat etigan temperatura farqini havo uchun olishda pol va boshning balandligi orqali olishni maqul kuradiladilar.
Bunday pechlar og‘ir po‘lat quymalarni chig‘irlashdan oldin qizdirishga mo‘ljallangan. Quymalar qisqich kranlar yordamida kameraning tubida joylashtiriladi va har tomonlama qizdiriladi. Quduqsimon pechning ishchi kamerasi 1 utga chidamli qopqoq 2 ga ega, u maxsus kran 3 yordamida ko‘tarilib, chetga olinishi mumkin.
Pech ishlagan paytda qopqoq qumli tusqich bilan zichlanadi. Pechning yon tomonlarida joylashgan 6-sopol rekuperatorlari 1-8 rasmda ko‘rsatilgan tuzilishga ega. Yoqgich 4 ga gaz isitilmasdan beriladi, havo esa 600-8000C gacha qizdirib beriladi.
Yoqgichdan chiqadigan gaz-havo oqimi ishchi bo‘shliqning butun hajmi bo‘yicha gazlarning sirkulyasiyasini keltirib chiqaradi , bu esa quymalarning bir tekisda qizdirilishiga yordam beradi.Qarsilikli kamerali elektr pechlar ham mavjid bo'lib, uning umumiy ko'rinishi
Materiallarning issiqlik holatlarini o'zgartirishga asoslangan texnologik jarayonlar sanoat ishlab chiqarishlarida muhim ahamiyatga ega. Bular qatoriga turli qattiq, suyuq, gazsimon materiallarni isitish, eritish, qaynatish va sovitish uchun qo'llaniladigan ko'p texnologik jarayonlar kiradi.Bunday jarayonlarga quyidagilar misol bo'la oladi: bug' va issiq suvni hosil qilish, quritish va bug'latish jarayonlari, po'lat buyumlarni mexanik ishlov berishdan oldin qizdirish, cho'yan, po'lat, sement, shisha va sopol buyumlarni ishlab chiqarish.
Texnologik jarayonlarni haroratlar darajasi va foydalanilgan energiya manbai bo'yicha ikki guruhga bo'lish mumkin: - yuqori haroratli jarayonlar; - past haroratli jarayonlar. Yuqori haroratli jarayonlar organik yoqilg'i ishlaydigan turli qozon agregatlarida, sanoat pechlari va konverterlarida amalga oshiriladi. Yuqori haroratli Mahsulot turi Shartli yoqilg'ining solishtirma sarfi kg/t Ammiak ishlab chiqarish Cho'yan 1420 623 texnologik qurilma va tizimlarning boshqalardan farq qiluvchi belgisi shundan iboratki, ularda energiya manbai sifatida organik yoqilg'i, elektr energiyasi va past haroratli plazmadan foydalaniladi.
Past haroratli jarayonlar quritish, rektifikasion, distsillyasion, sublimasion qurilmalarda, bug'latish va chuchuk suv olish stansiyalarida amalga oshiriladi. Bu qurilmalarning xususiyatlaridan biri shuki, ularda issiqlik manbai sifatida suv bug'i, qizitilgan gaz, issiq suv va shunga o'xshash oraliq issiqlik tashuvchilaridan foydalaniladi. Yoqilg'i - energetik manbalarning asosiy iste'molchilaridan biri sanoat hisoblanadi. Masalan, MDH mamlakatlarining sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 60 %i va organik yoqilg'ining 30 %i iste'mol qilinadi.
Sanoatdagi yoqilg'i - energetik manbalarning eng yirik iste'molchilari qora va rangli metallurgiya, kimyo va neftni qayta ishlash va boshqa sohalar hisoblanadi. 3.1-jadvalda ba'zi texnologik ishlab chiqarishlardagi energiyaning solishtirma iste'moli keltirilgan. Yuqori haroratli texnologik qurilmalar tomonidan organik yoqilg'ining iste'mol qilinishini issiqlik elektr stansiyalari (IES) ning iste'moli bilan tenglashtirish mumkin. Ammo 3.2-jadvaldan ko'rinadiki, yuqori haroratli tizimlarning asosiy texnologik bo'g'ini bo'lgan sanoat pechlarining yoqilg'i bo'yicha FIK i IES qozon qurilmalarining FIK idan 2,5-6,0 barobar kamdir.
Texnologik qurilmalarning FIK ini oshirish yoqilg'i - energetik manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish muammosini hal qilishning asosiy yo'llaridan biri hisoblanadi.
Yuqori haroratli jarayonlar va qurilmalar – energetika sohalari va a'nanaviy energiya manbalari asosiy masaladir. Bu masalani hal etishda konstruksiya elementi ishlash sharoiti va qanday maqsadda foydalanishini hisobga olib mos kelgan material tanlab olinishi zarur.
Fanining rivoji va takomillashuvida asosiy namoyonda (olim) larning xizmatlari beqiyosdir.O'quv jarayonida o'qitiladigan amaliy fanlardan birinchisi bo'lib, talabani ilk bor muxandislik olamiga olib kiradi va yuqori malakali muxandislar tayyorlashda muhim o'rin egallaydi.
Kelajakda engil elementlar sintezidan hosil bo'ladigan termoyadro energiyasidan foydalanish muammosi ustidan ishlar olib borilmoqda. Bu muammo hal etilsa, energiya zahiralarning tugab borayotganligiga qaramasdan insoniyat energiyaga bo'lgan kelajakdagi ehtiyoji to'la qondirilishi mumkin.
Energetik tizimlarni loyihalashtirayotganda, ularni rivojlantirish va foydalanish davomida atrof muhitga ta'siri barcha jihatlari tomonidan ko'rib chiqilishi kerak. Shuning uchun muhandis-energetikka tabiat va unda bo'layotgan hodisalar to'g'risida bilimlar juda zarur.
Zamonaviy muhandis nafaqat maxsus texnik doirada yaxshi fikrlashi kerak, balki qabul qilinayotga qarorlarni atrof muhitga ta'sirini ko'ra bilishi lozim. Masalan, suv elektr stansiyasi qurilishda, katta joydagi erlarni suvga ko'milishi oqibatida aholini yashash joylaridan ko'chirishga to'g'ri keladi, bu o'z navbatida odamlarning kundalik hayotini o'zgartirishga va qishloq xo'jaligiga zarar etkazishga olib keladi. Bundan tashqari bu stansiyaning qurilishi tabiat mikroklimatiga ham ta'sir etadi.Agar qo'llanilayotgan birlamchi energiya manbalarini 100% deb hisoblasak, undan faqat 30-40% energiya olinadi; energiyani qolgan katta qismi issiqlik ko'rinishida yo'qotiladi. Energiya yo'qotishlar asosan hozirgi davrdagi energetik mashinalarning texnik tavsiflari bilan ifodalanadi. Bizni koinotimizda 6 mlrd. odam yashashligini hisobga olsak, yil davomida har bir odamga 25 mlrd.t/6 mlrd.odam=4,1 tonna energetik zahira to'g'ri keladi. Issiqlik kondensasion elektr stansiyalar organik yoqilg'i energiyasini avval mexanik, so'ngra elektr energiyasiga aylantirib beradi.
Bug' qozonlarini samaradorligini oshirish uchun suv barabaniga berilishdan oldin eknomayzerda 5, o'txonaga berilayotgan havo esa havo qizdirgichda 6 isitiladi. Barabandan chiqayotgan bug' qozonlarda suv va suv-bug' qorishmasi ularning zichliklar hisobiga tabiiy aylanadi. Bug'ni harorati va bosimi ortishi bilan suv-bug' zichliklari farqi kamayadi va aylanishi yomonlashadi. Bug' qozonidan 60000C haroratda va 30 MPa bosimda olingan bug' bug'quvuri orqali soploga uzatiladi. Soplo bug' ichki energiyasi molekulasini tartibli harakati kinetik energiyasiga qayta hosil qilib berish uchun mo'ljallangan. Hozirgi davrda turbinalar kœp pog'onali qilib yasaladi, bir turbinaning o'zida ham reaktiv, ham aktiv turbina jam qilinishi mumkin. IEM da markazlashgan issiqlik bilan ta'minlangan holda, 20-30% elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin. Kondensatsion stansiya ishi faqat katta miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan izohlanadi. Shuning uchun, IEM ning afzalliklari bo'lishiga qaramasdan, kelajakda asosan kondensasion elektr stansiyalari quriladi. IEM larda keng miqiyosda gaz turbina qurilmalari dan foydalanilmoqda.
Ularda ishchi jism sifatida yoqilg'i yonish mahsulotlari, katta bosim va haroratda qizdirilgan havodan foydalanilmoqda. GTQ da gazlarni issiqligini turbina rotorini aylantirish kinetik energiyasiga qayta hosil qilinadi. Konstruktiv va energiyani qayta hosil qilish jihatidan gaz turbinalar bug' turbinalardan farq qilmaydi. Lekin gaz turbinalar bug' turbinalarga qaraganda ixchamroq. GTQ da ishlatilgan gazlar yuqori haroratga ega bo'ladi, bu esa termodinamik siklning FIK ga salbiy ta'sir etadi.
Gaz va bug' turbina qurilmalarini birlashtirish, yoqilg'ini yonishdan hosil bo'lgan issiqlikdan umumiy foydalanish hisobiga ishchi qurilmaning samaradorligini 8-10% ga oshiradi va tannarxini 25% ga kamaytiradi. Oxirgi vaqtlarda gorizontal agregatlar (kapsulalar) qo'llana boshladi, ularda generator suv o'tmaydigan germitik kapsulaga joylashtirilgan. Bu agregatlar gidravlik xususiyatlarining yaxshiligi hisobiga ularning FIK yuqori (95-96%). Pechning energiya, uran yadrosining parchalanishi natijasida hosil bo'lgan energiyadan issiq bug' yoki gaz olinib undan elektr energiyasi hosil qilinadi.
Uran yadrosining parchalanishi uni neytronlar bilan bombordimonlash hisobiga sodir bo'ladi, buning natijasida yadro parchalari-neytronlar va boshqa parchalanish mahsulotlari hosil bo'ladi. Ular katta tezliklarga, ya'ni kinetik energiyaga ega. Yadro bo'linishi natijasida hosil bo'lgan energiya to'liq issiqlikka aylantiriladi. Boshqariladigan zanjirli yadro bo'linish reaksiyasi ketadigan qurilmaga yadro reaktori deyiladi. Energetik reaktorning quvvati, aktiv zonadan issiqlikni tez olish imkoniyatlari bilan belgilanadi. AES xavfsizligini ta'minlashda birinchi navbatda uni aholi joylaridan 180-200 km uzoqlikda joylashtirish zarur.
Bu joy seysmik jihatdan xatarsiz bo'lishi lozim. Qo'lga kiritilgan yutuqlarga qaramasdan MGD-generatorlar uchun ishlatiladigan material olish hozirgacha hal etilgani yo'q.Elektr energiyasini bo'linishi cheksiz imkoniyatlar beradi. Katta va kichik quvvatlarga ega bo'lga qurilmalarni yaratishga imkon beradi. Sanoat korxonalarini ishlab chiqarish sur'atlarini oshirish, yordamchi robot qurilmalarini elektrlashtirilganiga ham bog'liq. Yordamchi va transport ishlarini elektrlashtirish, asosiy ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishdan ko'ra 3-4 marotaba samarali.
Kelajakda shahar ichki transportida, elektr energiyasini akkumlyatordan oluvchi, elektromobil va elektrobuslardan foydalanish kutilmoqda. Tizimdagi iste'mol sur'atlari pasayganda, akkumlyatorlarni zaryadlalab olish mumkin. Insoniyat faoliyati natijasida har yili atmosferaga (350-400) (106 tonna chang chiqarib yuboriladi, tabiiy ofatlar natijasida esa bu ko'rsatkichdan 10 barobar ko'p chang chiqarilib yuboriladi.
Atmosferaga chiqarilib yuborilayotgan chang va boshqa chiqindilar koinotimiz bo'ylab notekis tarqalgan. Shahar joylarining changlanganligi qishloq joylariga qaraganda 9-10 marotaba yuqori. Energetikani rivojlanishi natijasida erning yuza qismi ham ifloslanmoqda.
Toshko'mirda ishlovchi IES va qozon qurilmalari katta kultepalar hosil qilinib, 1 GVt quvvatga ega IES yiliga yuzasi 0,5 km2 va balandligi 2 metr bo'lgan kultepa hosil qiladi. Kultepalarni kulini qurilish materiallari sifatida foydalanish hozirgi davrda eng muhim masalalaridan biri. Mutaxassislar fikriga ko'ra, biosfera muammosini echish va uni zahiralarini muhofaza qilish uchun, atrof muhitga inson tomonidan etkazilayotgan o'zgarishlar to'g'risidagi bilimlarni oshirish zarur va bu zararli ta'sirlarni kamaytirish yo'llarini izlash kerak.
Dostları ilə paylaş: |