Reja: Qarshilik usuli bilan bevosita qizdirish


Induksion yuqori chastotali qizdirish



Yüklə 63,95 Kb.
səhifə7/14
tarix07.01.2024
ölçüsü63,95 Kb.
#207941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
optik qizdirish va va eritish

Induksion yuqori chastotali qizdirish
Induksion qizdirishning o‘ziga xos tomoni elektr energiyasini o‘zgaruvchan magnit oqimi yordamida issiqlikka aylantirishdan iborat. Agar silindrik burama g‘altak (induktor) dan o‘zgaruvchan elektr toki o‘tkazilsa, u holda g‘altak atrofida o‘zgaruvchan magnit maydoni Fm hosil bo‘ladi. Magnit oqimi g‘altak ichida eng yuqori zichlikka ega bo‘ladi.
Induktor ichiga tok o‘tkazuvchi metall buyum joylashtirilsa, unda elektr yurituvchi kuch hosil bo‘ladi, uning oniy qiymati quyidagiga teng.
Elektr yurituvchi kuch ta’sirida tez o‘zgaruvchi magnit maydoniga joylashtirilgan metallda elektr toki hosil buladi. Bu tokning qiymati materialni kesib o‘tuvchi magnit oqimiga va magnit oqimini keltirib chiqaruvchi tokning chastotasiga bog‘liq bo‘ladi.
Induksion qizdirish usuli qo‘llanilganda bevosita qizdirilayotgan material hajmida issiqlik ajralib chiqadi; bu issiqlikning ko‘p qismi materialning sirtqi qatlamlarida hosil bo‘ladi. Eng ko‘p issiqlik ajralib chiqadigan qatlam qalinligi.
Keltirilgan formuladan ko‘rinadiki, berilgan metall uchun chastota ortishi bilan faol qatlamning qalinligi kamayar ekan. Chastota asosan texnologik talablar asosida tanlanadi. Masalan, metallarni eritish uchun 50-2500 Gs, qizdirish uchun - 10000 Gs. gacha va metall sirtini toblash uchun esa 30000 Gs. talab qilinadi.
Cho‘yan eritish paytida sanoat chastotasi (50 gs.) qo‘llaniladi, bu qurilmaning umumiy FIKini oshirish imkonini beradi, chunki chastotani o‘zgartirish bilan bog‘liq bulgan energiya yuqotilishlari sodir bulmaydi.
Induksion qizdirish tezkor usul hisoblanadi, chunki issiqlik bevosita qizdirilayotgan metallning ichida ajralib chiqadi, buning natijasida induksion elektr pechlarida nur qaytaruvchi alangali pechlardagiga nisbatan metallni 2-3 marta tez eritish imkoniyati yaratiladi. Induksion qizdirish yordamida 30000S va undan yuqori haroratlarga erishish mumkin.
Yoyli qizdirish va eritish
Yoyli qizdirish paytida elektr energiyasining issiqlikka aylanishi elektr yoyining mash’alida amalga oshiriladi . Elektr yoyi elektrodlar o‘rtasida yuzaga keladigan alohida (mustaqil) gazli razryadning bir ko‘rinishidan iborat. Yoy razryadini hosil qilish uchun potensiallar farqi ostida bo‘lgan elektrodlar avval bir-biriga tegiziladi. Yuqori qiymatli tok hisobiga elektrodlarning o‘zaro tutashgan joylari shu darajada qiziydiki, natijada elektronlarning termoemissiyasi yuzaga keladi.
Razryadlanish oralig‘idagi yuqori haroratgacha qizdirilgan gaz fazasi o‘z 31 energiyasini qizdirilayotgan metallga asosan nurlanish yuli bilan beradi. Yoyli razryadning ustuni gazli plazmadan, ya’ni ionlashtirilgan holatdagi gazdan iborat. Plazma yuqori energiyali neytral gaz zarrachalaridan, musbat ionlar va elektronlardan tashkil topgan. Musbat ionlar bilan elektronlarning zaryadlari o‘zaro teng bulib, elektrik nuqtai nazardan plazma ustuni neytraldir.
Yoyning harorati yoy yonayotgan gazning ionlanish potensialiga proporsional bo‘ladi va quyidagi munosabatdan aniqlanadi.
Turli elementlarning ionlanish potensiali 3,87 dan to 24,5 V gacha o‘zgargani uchun, bu formuladan ma’lum bo‘ladiki, atmosfera bosimi sharoitida yoyning harorati 32000 K dan to 200000K gacha orliqda bo‘lishi kerak. SHuning uchun qizdirishning bu usuli sifatli po‘lat eritish va shuningdek, qiyin eriydigan va o‘tga chidamli materiallarni eritish uchun qo‘llaniladi.


Yüklə 63,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin