Reja: Qarshilik usuli bilan bevosita qizdirish


Issiqlikni ishlatish qurilmasi



Yüklə 63,95 Kb.
səhifə5/14
tarix07.01.2024
ölçüsü63,95 Kb.
#207941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
optik qizdirish va va eritish

Issiqlikni ishlatish qurilmasi
Issiqlikni ishlatish qurilmasi pechdan chiqayotgan gaz issiqligini ishlatish uchun xizmat qiladi. Ko‘p hollarda pechning ishchi bo‘shlig‘idan chiqayotgan gazning harorati, gazsimon yonilg‘ini va havoni keraklicha isitish haroratdan katta bo‘ladi. Bu hollarda issiq suv va bug‘ olish uchun qozon-utilizator o‘rnatiladi, bu korxonaning texnologik maqsadi, isitish qurilmalari va ventilyasiya uchun ishlatiladi. Qozon-utilizatorning ishlashi pechning umumiy issiqlik tejamligini bir muncha oshiradi.
So‘rish qurilmasi pechdan materialga ishlov berish natijasida hosil bo‘ladigan gazsimon mahsulotlarni va tutun gazini havo chiqarish uchun xizmat qiladi. Ko‘p hollarda pechning ishchi bo‘shlig‘idagi tutun gazi bir muncha nisbiy bosim ostida bo‘ladi va uning shu bo‘shliqdagi harakati so‘rish qurilmasining ta’sirsiz amalga oshadi. So‘rish sun’iy yoki so‘rish qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.Haydash qurilmasi haydash ventilyatoridan tashkil topgan bo‘lib, yonilg‘iniyonish uchun kerak bo‘ladigan havonietkazib beradi.Mexanik jihozlar, pechning ishchi bo‘shlig‘idagi qizdirilayotgan jismlarni xarakatlantirishni jihatni tushirishni mexanizatsiyalash uchun xizmat qiladi Pechni mexanizatsiyalanishi pechning unumdorligini oshishiga, ishchilarning ish kuchining minumumigacha kamayishiga va ishchilarni ish sharoitini yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Pechda bo‘ladigan jarayonlar juda murakkab bo‘lganligi sababli, uning to‘g‘ri ishlashini amalga oshirish uchun issiqlik harorati asbobi bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari pechda bo‘ladigan jarayonlarni boshqarish uchun pech avtomatik rostlash asbobi bilan jihozlanadi.
Elektr energiyasi yordamida qizdirish usullari
Tayanch iboralar:elektr pechlarida, elektr energiyasi yordamida qizdirish, qarshilik pechlarida bilvosita qizdirish, bevosita qizdirish, induksion yuqori 31 chastotali qizdirish, elektron - nurli qizdirish, plazmali qizdirish. ;
Zamonaviy texnikaga yuqori darajadagi sof metall va qotishmalar zarur. Ular yuqori yuklama va haroratlarda ishlaydigan detallar (gaz turbinalarining kurakchalari, raketa dvigatelining qismlari)ni tayyorlashda qo‘llaniladi. Bu maqsadlar uchun niobiy, molibden, tantal, volfram va ularning qatnashchilari ishlatiladi. Ular tarkibida juda kam miqdorda gaz aralashmalari (azot, kislorod, vodorod) va shuningdek, qattiq aralashmalar (uglerodli va boshqalar) bo‘lsa, metallarning mexanik xossalari keskin pasayib ketadi, murtligi oshadi, payvandlanishi yomonlashadi va hokazo.

Yuqori sifatli sof metall va qotishmalar elektr pechlarida olinadi. Elektr pechlarida chuqur vakuum (10-5-10-7 mm.sm.ust.gacha)ni hosil qilish va shuningdek, himoyalovchi atmosferadan foydalanish mumkin. Vakuum texnikasining tez rivojlanishi natijasida chuqur siyraklik sharoitida 30 t. va undan og‘ir sof quymalarni olish imkoniyatiga ega bo‘linadi. Bunday sharoitda olingan metallning fizik va mexanik xossalari keskin yaxshilanadi. Masalan, vakuumda eritib olingan po‘latdan yasalgan podshipnik (turumtak)ning ishlash muddati 4-5 1-60S aniqlik marta ortadi.Elektrik qizdirish paytida ishchi kameradagi haroratni bilan rostlash mumkin. Bu oldindan belgilangan xossali metallar olish uchun muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 63,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin