Reja: Qarshilik usuli bilan bevosita qizdirish


Sanoat pechlarningprinsipial sxemalari va ularning tuzilishi quyidagilarga bog‘liq



Yüklə 63,95 Kb.
səhifə4/14
tarix07.01.2024
ölçüsü63,95 Kb.
#207941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
optik qizdirish va va eritish

Sanoat pechlarningprinsipial sxemalari va ularning tuzilishi quyidagilarga bog‘liq: 1) Texnologik jarayonning turiga;
2) Materialga qizdirib ishlov berishning sifatiga qo‘yiladigan talablarga;
3)Ishlab chiqarish ko‘lamiga; foydalaniladigan energiyaning turiga va hokazo.
Umuman olganda, yoqilg‘ining (energiyaning) kichik solishtirma sarflarida yuqori solishtirma unumdorlikni ta’minlaydigan sxema shu pechning eng yaxshi texnologik sxemasi sanaladi.
Yuqori unumdorlik, birinchidan, texnologik jarayonning uzluksizligi bilan va ikkinchidan, issiqlik hamda massa almashuvining jadalligi bilan belgilanadi;
Bularga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi:
1) yoqilg‘ini yoqish uchun beriladigan havoni oldindan qizdirish yo‘li bilan pechdagi umumiy haroratni oshirish. Bu asosan eritish pechlarida amalga oshiriladi. Masalan, po‘lat, shisha va boshqa materiallar eritiladigan regenerativ pechlarda yonish uchun beriladigan havo 1000-12000S gacha qizdiriladi, buning natijasida mazut yoki tabiiy gaz yonish alangasining harorati keskin ortadi. Agar 31 past kaloriyali domna va generator gazlaridan foydalanilsa, faqat havo emas, balki gaz ham qizdiriladi.
2) yoqilg‘ining yuqori uyurmali oqim sharoitida yoqish (mavhum qaynovchi qatlamli pechlarda).
3) markazdan qochma kuch ta’siridan foydalanib havo va gaz oqimini uyurmalash natijasida issiqlik va massa almashuvi jarayonlarini keskin jadallashtirish.
4) qizigan gazlar oqimining yuqori tezligidan foydalanish (yuqori tezlikli qizdirish pechlarida
5) o‘txona devorining haroratini maxsus yassi alangali yoqgichlar yordamida jadal qizdirish hisobiga oshirib, ular orqali issiqlikni buyumlarga uzatish.
6) domna pechlarining ishchi bo‘shlig‘idan bosimni oshirish.
Yuqorida keltirilganlardan tashqari pech qurilmasi yaxshi ishlashining asosiy shartlaridan biri qizdirish jarayonining uzluksizligidir. Bunga pechning ishchi bo‘shlig‘ida materialning uzluksiz harakatlanishini ta’minlash natijasida erishiladi: shaxtali pechlarda gravitatsion kuchlar hisobiga; tunelli pechlarda yuklangan aravachalarni maxsus itarish moslamalari yordamida harakatlantirish; turli konveyrlarni qo‘llash va hokazo.

Yüklə 63,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin