Reja: Qarshilik usuli bilan bevosita qizdirish


HARORATLI JARAYONLARDA BO'LADIGAN HARAKATLAR YUQORI



Yüklə 63,95 Kb.
səhifə8/14
tarix07.01.2024
ölçüsü63,95 Kb.
#207941
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
optik qizdirish va va eritish

HARORATLI JARAYONLARDA BO'LADIGAN HARAKATLAR YUQORI
Elektron - nurli qizdirish va eritish
Tayanch iboralar: elektronlarning yo‘naltirilgan oqimi pushkalar, eritilgan metallar, elektron nurlanishli qurilma, elektron vakuum
Eritilgan metallarning xossalari ular tarkibidagi aralashmalar, ayniqsa kislorod, vodorod va azot miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. O‘ta toza metallarni faqat chuqur vakuum sharoitida eritish yo‘li bilan olish mumkin. Bu amallarni yuqori samara bilan elektron-nurli eritish yordamida amalga oshirish mumkin.
Ma’lumki, UT potensiallar farqiga ega bo‘lgan elektrodlar orasidagi bo‘shliqda joylashgan erkin elektron anod tomon harakatlanadi. Elektronning harakatlanish tezligi UT kattalikga bog‘liq bo‘lib, uni quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin.
Elektron vakuum sharoitida harakatlansa, uning energiyasi havo molekulalari bilan to‘qnashishga sarflanmaydi, shuning uchun elektronning elektr maydoni ta’sirida ega bo‘lgan kinetik energiya quyidagi tenglik bilan ifodalanishi mumkin.
Elektronning kinetik energiyasi elektrodlar o‘rtasidagi potensiallar farqiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Elektron anod materiali tomonidan yutilganda uning kinetik energiyasi (taxminan 70-80 % i) issiqlikka aylanadi. Agar katod elektrodi termoelektronli emissiya boshlanadigan haroratgacha qizdirilsa, katod va anod elektrodlari o‘rtasida katodning emissiya tokiga teng elektronlar oqimi (anod toki) yuzaga keladi.
Anodni tez elektronlar oqimi tomonidan bombardimon qilinishi hisobiga harorat tezda ko‘tarilib ketadi. Qizish tezligi va chegaraviy haroratning qiymati potensiallar farqiga va anod tokiga, ya’ni elektron oqimning quvvatiga, bog‘liq bo‘ladi.
Qizdiriladigan metall anod vazifasini bajaradigan qurilmalar texnikada keng qo‘llaniladi. Bu qurilmalarda (5.1- rasm) erkin elektronlar manbai vazifasini termokatod o‘taydi, u volfram yoki tantal simlaridan halqa ko‘rinishida tayyorlanadi. Qizdiriladigan metall termokatod halqasining o‘qi bo‘uylab joylashtiriladi va ular o‘rtasidagi potensiallar farqi 10-15 kV.ga etkaziladi. Termokatoddan tok o‘tkazilib, uni 2000-25000C gacha qizdiriladi. Elektron bombardimon qilish natijasida metall hattoki qaynash va bug‘lanish haroratigacha 31 qizdirilishi mumkin. Yo‘naltirilgan elek-tronlar oqimi (nuri) ega bo‘lgan termik qurilmalar yuqori ishonchli hisoblanadi.



Yüklə 63,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin