Elektron nurlanishli qurilmaning sxemasi. Elektronlarning yo‘naltirilgan oqimi pushkalar yordamida hosil qilinadi; ularning ishlash prinsipi elektronlar magnit yoki elektr maydonidan o‘tayotganida o‘z yo‘nalishini o‘zgartira olish xususiyatiga asoslanadi. Elektron optika qonunlaridan foydalanib va magnit maydonining shakli elektron va jadalligini tanlash yo‘li bilan erkin uchuvchi elektronlarni elektron tutamga yig‘ish mumkin.Chuqur vakuumda elektron nur bilan faqat o‘tga chidamli metallarni eritish uchun foydalanibgina qolmay, balki bu usul maxsus po‘latlarning sifatini oshirish uchun ham qo‘llaniladi. Bunday usulda olingan po‘lat oddiy po‘latga nisbatan turt barobar ko‘up vaqt davomida ishlaydi va ulardan tayyorlangan qismlar ishonchliroq bo‘ladi.
Plazmali qizdirish va eritish Tayanch iboralar:suv bilan sovitiladigan metall katod elektrod, zichlagich, suv bilan sovitiladigan kamera, elektr yoyi, soploli anod elektrod, plazma oqimi.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, elektr energiyasining yoyli razryad sharoitida 31 issiliqlikka aylanishi gazli plazma hosil bo‘lishi bilan amalga oshadi. Oddiy yoyli razryad paytida plazma atrof-muhitdagi gaz molekulalaridan hosil bo‘ladi. Agar yoyli razryad gaz oqimida sodir bo‘lsa, u holda qizigan ionlashgan gaz mash’ali hosil bo‘ladi. Atmosfera bosimidagi plazma oqimida harorat 800-30000S gacha etishi va bu oqimdan yuqori haroratli qizdirish maqsadida foydalanish mumkin.
Plazma oqimini shakllantirish maxsus plazma generatori yoki plazmatronlar yordamida amalga oshiriladi. Plazma generatori ikkita elektrod joylashtirilgan kameradan iborat; anod elektrodi soploli maxsus plastina ko‘rinishida va katod elektrodi esa - oddiy tayoqcha ko‘rinishida bajariladi. Plazma generatorining tuzilishi 5.2-rasmda keltirilgan. Agar elektrodlar o‘rtasida yoy hosil qilinib, kameraga gaz berilsa, anod elektrodining soplosidan yuqori haroratli plazma oqimi otilib chiqadi. Soplodan chiqayotgan plazma oqimi o‘z energiyasini qizdirilayotgan jismga issiqlik nurlanishi va isciqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan va shuningdek, plazmaning yo‘naltirilgan harakatining kinetik energiyasi hisobiga beradi. Plazmatronlardan tashqari plazma generatorlarining shunday konstruksiyalari mavjudki, ularda plazma yuqori chastotali induksion razryadlar yordamida hosil qilinadi.
Plazma generatorining sxemasi.
1- suv bilan sovitiladigan metall katod elektrodi; 2-zichlagich;3-suv bilan sovitiladigan kamera devorlari; 4-elektr yoyi;5-soploli anod elektrodi; 6- plazma 31 oqimi; 7-gazni berish.