Reja: Qarshilik usuli bilan bevosita qizdirish



Yüklə 63,95 Kb.
səhifə2/14
tarix07.01.2024
ölçüsü63,95 Kb.
#207941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
optik qizdirish va va eritish

1822 yili Fransuz olimi Fure qattiq jismlar ichida issiqlikning tarqalish nazariyasini bayon qildi va “Issiqlikning analitik nazariyasi” nomli asarida jismlar qizdirilishining xususiy hollarini echishni ko‘rsatib berdi.
1905-1909 yillarda V.E. Grum-Grjimaylo “Pechlarning gidravlik nazariyasi” ni e’lon qildi, unda gazlarning tabiiy harakatlanishiga asoslagan pechlarni qurishning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. I. G. Esman (1910y.) gidravlik nazariyaning matematik asosini yaratdi. Pechlarning keng ko‘lamli issiqlik hisobi birinchi marta N.E. Skaredov tomonidan bajarildi. (1912-1915 y.).Akademik M.V.Kirpichev va uning safdoshlari (A. A. Guxman, M. A. Mixeev, G. P. Ivansov va boshqalar) tomonidan fizik jarayonlarning o‘xshashlik nazariyasi bo‘yicha bajarilgan ishlari issiqlik texnikasi fanining rivojlanishiga bebaho hissa bo‘lib qo‘shildi. Shundan keyin pechlardagi issiqlik almashinuviga oid murakkab masalalarni laboratoriya sharoitida urganish imkoniyati tug‘ildi.
Hozirgi paytda issiqlik almashinuvi, issiqlik muvozanati, gaz mexanikasi va yoqilg‘i yonishining qonun-qoidalariga asoslangan pechlar nazariyasi xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun yuqori unumli va yuqori samarali pechlarni qurish imkonini beradi.


Sanoat pechlarining tasnifi
Pechlarning turlari juda ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularni birlashtiruvchi umumiy tomonlari mavjud. Bu umumiylik tasniflash uchun asos qilib olinadi. Masalan, pechlarni quyidagi xususiyatlar asosida sinflarga bo‘lish mumkin:
1. Ishlab chiqarish turi va texnologik vazifasi bo‘yicha pechlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) Metallurgiya pechlari - domna pechlari (cho‘yan eritish), marten pechlari (po‘lat eritish), qizdirish pechlari, termik pechlar;
b) Mashinasozlik korxonasining pechlari - quyish vagrankalari;
v) Sement tayyorlash pechlari;
g) Silikat buyumlarni toblash (pishirish) pechlari.
2. Issiqlik sxemasi, konstruktiv va ish holatlarining belgilari bo‘yicha pechlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) Ishchi bo‘shliqning shakli bo‘yicha-kamerali, tunelli, shaxtali,aylanuvchi 31 barabanli va hokazo.
b) Ishlash holatlari bo‘yicha - uzluksiz ishlaydigan pechlar, davriy ishlaydigan pechlar;
v)Mexanizatsiya darajasi bo‘yicha - mexanizatsiyalanmagan va mexanizatsiyalangan pechlar.

Yüklə 63,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin