3.Energetik va aerodinamik belgilari bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) Issiqlik almashuvi usuli bo‘yicha - yuqori haroratli radiatsion pechlar, past haroratli konvektiv pechlar, harakatsiz qatlamli, mavhum qaynovchi qatlamli, muallaq qatlamli pechlar;
b) Siklonli pechlar;
v) Issiqlikni regeneratsiyalash usuli bo‘yicha - regenerativ va rekuperativ pechlar;
g) Energiya manbai bo‘yicha - alangali (yoqilg‘ili) va elektr pechlari;
d) Yoqilg‘i turi va uni yoqish usuli bo‘yicha - mazut pechlari, gaz pechlari va hokazo;
e) Qizdirish usuli bo‘yicha - bevosita qizdirish pechlari (tutun gazlari buyumlar bilan to‘qnashadi) va bilvosita qizdirish pechlari (tutun gazlari buyumlardan devor bilan ajralgan).
Pechlarda bir vaqtning o‘zida turli yonish, issiqlik almashuvi, diffuziya va gaz dinamikasi jarayonlari yuz beradi, ammo bularning ichida eng ahamiyatlisi issiqlik almashuvi bo‘yicha to‘g‘ri tasniflash juda muhimdir.
Sanoat pechlarining prinsipial sxemalari
Yоqish qurilmasida yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi fizik issiq gazga aylanadi, uning bir qismi metalga ishlov berish uchun beriladi. O‘txonada har xil yoqilg‘i yoqilishi mumkin: gazsimon (tabiiy gaz, koksli, generatorli va boshqalar), suyuq (mazut) va qattiq (tosh ko‘mir, koks, antratsit, yog‘och va torf).
Pechning ishchi bo‘shlig‘ida kerakli texnologik jarayon amalga oshiriladi: (eritish, har xil jismlarni qizdirish va boshqalar). Ishchi bo‘shlig‘ining ko‘rinishi har-xil bo‘ladi: kamerali, shaxtali, tunelli va boshqalar: Ishchi bo‘shlig‘ida tutun gazi to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Gazning harakati issiqlik almashuv jarayonida katta rol o‘ynaydi. Ishchi bo‘shlig‘ining razmeri pechning unumdorligiga va uning ishlarida issiqlik rejimiga bog‘liq. Ishchi bo‘shlig‘ida yuqori haroratli tutun gazini saqlash uchun pechning devorlari o‘tga chidamli va issiqlik izolyasiyasi materiallardan koplanadi.
Regenerativ qurilmada pechdan ishchi bo‘shlig‘idan chiqayotgan tutun gazining fizik issiqligi issiqlik tashuvchiga aylanadi va yana pechning ishchi bo‘shlig‘iga jo‘natiladi.
Pechdan chiqayotgan tutun gazini issiqligi havoni va gazsimon yoqilg‘ini yoki havoni isitish yordamida regeneratsiya hosil bo‘ladi.
Havo va gazsimon yoqilg‘ini qizdirib berilishi yonilg‘ini yonish haroratini oshiradi, bu esa pechning ishchi bo‘shlig‘idan haroratining oshishiga olib keladi. Masalan: marten pechida po‘latni o‘ritish uchun, shu pechning ishchi bo‘shlig‘ida alanga 1800-2000 0С haroratda bo‘lish kerak, uning uchun havoni va gazni 1000-12000С qizdirish kerak.
Havo va gazni qizdirib berish, pechning ishlash tejamligini oshiradi, ya’ni yonilg‘ini nisbiy sarfini kamaytiradi va foydali ish koeffitsentini oshiradi.
Sanoat pechlarining umumiy sxemasida havoni va gazsimon yonilg‘ini qizdirib beradigan qurilmaga regenerator va rekuperator deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |