10-MAVZU: QORAQALPOG’ISTON MUSTAQILLIK YILLARIDA. REJA: Qoraqalpog`iston Respublikasi - ko‘hna zamin, yuksak salohiyatli diyor.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.
Tayanch tushunchalar: Qoraqalpog‘iston Respublikasining joylashuvi, hududi, aholisi, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasi, Jo’qorg’i Kenges, sanoat korxonalari,ta’lim muassalari faoliyati, “Qoraqalpog‘iston davlat suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”, “Shomanay meridian” MCHJ, Qo‘ng‘irot soda zavodi,
1. Qoraqalpog`iston Respublikasi - ko‘hna zamin, yuksak salohiyatli diyor deb nomlangan birinchi rejada Qoraqalpog‘iston Respublikasi joylashgan hududi, O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan bo‘lib, katta salohiyatga ega hudud sanaladi. Respublika janubiy-g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g‘arbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi.Darhaqiqat, bu sehrli o‘lka o‘zining betakror tabiati, foydali qazilmalarga boy cheksiz kengliklari bilan ham ajralib turadi. Umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo‘lgan mazkur hudud o‘zining kattaligi jihatdan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Aholisi 1 million 861 ming kishidan ziyoddir.
Mustaqillik yillari butun mamlakatimizga, har bir hudud va mintaqaga bunyodkorlik va yangilanishlar boshlab kelganining tasdig`ini O`zbekistonimizning shimoliy qismida joylashgan Qoraqalpog`iston Respublikasi misolida ham yaqqol ko`rish mumkin. Ma`lumki, saxovatli va betakror qoraqalpoq diyori mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojida alohida o`rin tutadi. Bu haqda so`z yuritganda, Muhtaram
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`anievich Karimovning “Qoraqalpoq xalqi doimo yurtimizning tayanch tog`laridan hisoblangan” degan so`zlarini esga olish o`rinlidir. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog`istonning rivojlanishiga ham ulkan e`tibor berilmoqda. Aynan ana shunday e`tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullargacha har tomonlama o`zgarib, rivojlanib bormoqda. Bunda, ayniqsa, davlatimiz rahbari Shavkat Miromoniovich Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilayotgan Qoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki, bu dasturlar respublikani asrlar davomidagi oddiy agrar o`lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, transport-kommunikatsiya tarmoqlari, yuksak malakali kadrlarga ega bo`lgan qudratli mintaqaga aylantirishni nazarda tutadi. Dasturlarning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilishi natijasida qoraqalpoq zamini bugungi kunda tanib bo`lmas darajada o`zgarib, yildan-yilga chiroy ochib, barqaror sur`atlarda rivojlanib borayotgan diyorga aylandi. Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog`iga etib bo`lmaydi. O`rta Osiyoda yagona bo`lgan, sahro bag`ridagi mo``jiza deb nom olgan Qo`ng`irot soda zavodi, Ustyurt gazximiya kompleksi, Nukus polimer, Samsung-Nukus, Nukus elektroapparat, «Lanextrakt» qoshma korxonasi, «Nukus Med Tex» MChJ, «To’rtko’l shisha idishlari» MChJ, Xo`jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo`shma korxonasi, Qo`ng`irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel` zavodlari, O`rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish ob`ektlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus temir yo`li, Nukus bilan Xo`jaylini bog`laydigan ulkan ko`prik, Qo`ng`irot avtomobil` yo`li, o`nlab umumta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim muassasalari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san`at maktablari singari ko`plab inshootlar – bularning barchasi istiqlol mevasidir. Milliy avtomagistral qurilishida ro`y bergan ulkan voqealardan biri – bu shu yo`lning Nukus shahriga kiraverishida yangi ko`prik va chorraha yo`lning qurilishidir. Shuni ham alohida ta`kidlab o`tishimiz kerak, Muhtaram Birinshchi Prezidentimizning tashabbusi bilan tamal toshi qo`yilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun dunyo xalqlari e`tiborini jalb etmoqda. Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu maqsadiga etdi – ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, o`z tarixi, madaniy merosi, milliy an`ana va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, o`zligini anglash imkoniga ega bo`ldi. Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekistonning shimoliy-g`arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g`arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g`arbida Ustyurt tekisligi, shimoliysharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog`istonning umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo`lib, u hududining kattaligi jihatdan O`zbekiston Respublikasi viloyatlari o`rtasida birinchi o`rinda turadi. Respublika aholisi 2018 yil 1 aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir. Respublikaning ma`muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat.
Bular Amudaryo, Beruniy, Qorao`zak, Kegeyli, Qo`ng`irot, Qonliko`l, Mo`ynoq, Nukus, Taxtako`pir, To`rtko`l, Xo`jayli, Taxiyotosh, Chimboy, Sho`manoy, Ellikqal`a tumanlari va Nukus shahridir. Qoraqalpog`iston O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega bo`lgan suveren respublikadir. Qoraqalpog`iston o`z Konstitutsiyasi, bayrog`i, gerbi va gimniga ega. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Respublikada umumiy rahbarlik Jo`qorg`i Kenges Raisi – Qoraqalpog`iston Respublikasi parlamenti Raisi tomonidan amalga oshiriladi. Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengashining Raisi, Raisning o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalari raislari, yirik kontsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi o`z vazifasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog`iston Respublikasining doimiy vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi.
2. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi deb nomlanan ikkinchi rejada 1990-yil iyun oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”, 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Qoraqalpog‘iston davlat suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”lar Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy maqomini belgilab beruvchi hujjatlar ekanligi dir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiDA HAM Qoraqalpog‘iston respublikasining maqomi berilganligi aytiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi, suverenitetini belgilab beruvchi qoidalar O‘zbekiston ‘iston Konstitutsiyasining quyidagi normalarida belgilab berilgan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega. Chunki Konstitutsiya har qanday davlatni suverenligini ko‘rsatuvchi asosiy shart hisoblanadi (Konstitutsiyaning 71-moddasi); SHU TARIQA Qoraqalpog‘iyaton respublikasining huquqiy maqomi talabalarga tushuntirib beriladi.
1993-yil 9-aprelda qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasining 1-moddasida, Respublika O‘zbekiston tarkibidagi suveren demokratik Respublika ekanligi ko‘rsatilib, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning o‘zaro munosbatlarining asoslari, Qoraqalpog‘istonni O‘zbekiston tarkibidan ajralib chiqish huquqini saqlab qolganligi mustahkamlab qo‘yilgan.
Qoraqalpoq tili o‘zbek tili bilan birga davlat tili sifatida belgilanganligi, Qoraqapog‘istonning hokimiyat organlarining tuzilishi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. SHuningdek Oliy Majlis Senati Raisining bitta o‘rinbosari albatta Qoraqalpog‘iston vakili bo‘lishi kerakligi, o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisini lavozimi bo‘yicha kirishi Qoraqalpog‘iston huquqiy maqomi ko‘rsatuvchi xolatidir. Yuqoridagilarga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy maqomi quyidagi belgilardan kelib chiqadi:
3. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida amalga oshirilgan islohotlar Respublika iqtisodiyotining taraqqiyotida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmatlar katta ahamiyatga ega. Oxirgi ikki yil ichida sanoatning o‘sish sur'atlari 4,9 foizga (2018-yilda 9 oyda 8,3 foizga), jumladan iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 2,9 foizga (3,7 foizga) ko‘payishi kuzatildi. Umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida xalq iste'mol mollari 17, 4 foizga yetkazildi. Xizmat ko‘rsatish sohasi esa 6 foizga (12,2 foiz) ortdi. Yangi ish o‘rinlari barpo etilishi va aholi daromadlarining oshishi sababli chakana savdo hajmi 2,7 foizga, joriy yilning 9 oyi mobaynida esa ushbu ko‘rsatkich 5,5 foizga oshdi.
Hudud sanoat mahsulotlari hajmini oshirish va turlarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilgan sa'y-harakatlar natijasida mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning salmog‘i yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2016-yilda hududiy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 16,5 foizga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilning 9 oyida mazkur ko‘rsatkich 20 foizni tashkil etdi.
2017-yil va 2018-yil 9 oy mobaynida respublika iqtisodiyotiga moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 5896 mlrd.so‘m kapital qo‘yilmalar yo‘naltirildi. Asosiy kapitalga qaratilgan investitsiyalar hajmining keskin o‘sishi natijasida qurilish ishlari 3,5 foizga (4,4 foiz) ortdi. Natijada 2017 yil va 2018-yil yanvar-sentyabr oylarida:
Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish sohasida 2017-yilda 50 ta loyiha va joriy yilning 9 oyida 89 ta yirik loyiha amalga oshirildi. Sanoat yo‘nalishida 2017-yilda 33 ta loyiha va joriy yilning 9 oyida 32 ta loyiha amalga oshirildi, jumladan Nukus shahridagi “Technic globe” MCHJ XKda yiliga 150 ming dona “SAMSUNG” brendli televizor ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi, Ellikqal'a tumanidagi “Bo‘ston mega tekstil” MCHJda 4 ming tonna ip kalava va 10 mln.kv. metr jinsi mato ishlab chiqarish tashkil etildi.
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 2017-yilda 10 ta va joriy yilning 9 oyida 13 ta loyiha amalga oshirilib, xususan, Shumanay tumanida “Shomanay meridian”
MCHJda umumiy maydoni 1,0 ga bӯlgan issiqxona tashkil etildi, Qonliko‘l tumanida “Kayipnazarova Sayera” fermer xo‘jaligida 325 boshga mo‘ljallangan chorvachilik fermasi ishga tushirildi.
Xizmat va servis yo‘nalishida 2017-yilda 7 ta va joriy yilning 9 oyida 44 ta loyiha amalga oshirildi. Xususan, Qo‘ng‘irot tumanida "Ustyurt Bon Voyage" MCHJda 100 o‘rinli aholiga xizmat ko‘rsatuvchi Motel va restoran tashkil etildi, Chimboy tumanida "Chimbay Golden Park" MCHJda istirohat bog‘i tashkil etildi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, 2017-yilda 39,6 ming va joriy yilning 9 oyida 11,8 ming yangi ish o‘rinlari ham yaratildi.
Infratuzilma sohasida xalqaro, davlat, mahaliy va ichki ahamiyatiga ega bo‘lgan 2017-yilda 183,5 km. va joriy yilda 153,6 km. avtomobil yo‘llarini qayta qurish va ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
Xalq farovonligini oshirish maqsadida ijtimoiy sohada 25 ta ob'yekt ishga tushirilishi ta'minlandi va hozirgi kunda 113 ta ob'yektda rekonstruksiya va mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Nukus shahrida 216 o‘rinli Ibrohim Yusupov nomidagi maktab-internati ishga tushirildi, Amudaryo tumanidagi 42-sonli umumta'lim maktabida mukammal ta'mirlash ishlari olib borildi.
Bugungi kunda respublikada yiliga 200 ming tonna kalsiylangan Qo‘ng‘irot soda zavodi hamda yiliga 3,4 mlrd. m3 va 200 ming tonna gaz kondensati, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqaradigan Ustyurt gaz-kimyo zavodi kabi yirik ishlab chiqarish quvvatlari faoliyat yuritmoqda.
Qoraqalpog‘istonda hozirda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 179,4 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan Amudaryo, Beruniy, Chimboy, Taxiatosh, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlarida 7 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi va ular hududidagi 54,3 ming kv.metr maydonga ega bo‘lgan ob'yektlarni tanlov asosida berilishi belgilandi. Zonalarda 120 ta loyiha yuzasidan amaliy ishlar boshlandi, shundan 38 ta loyiha ishga tushirildi hamda mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Davlatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning faol qo‘llabquvvatlanishi tufayli joriy yilning 9 oyida yalpi hududiy mahsulotda ularning ulushi 48,3 foizni tashkil etdi. Bugun kichik korxonalar soni 2016-yilga nisbatan 11052 tadan 12064 gacha ortdi. Shu davr mobaynida aholining tadbirkorlik bilan mashg‘ul bo‘lganlar soni esa 71,3 foizdan 75 foizga ortdi.
Hududda yashovchi aholining turmush tarzini yanada yuksaltirish borasida qabul qilingan “Obod qishloq” dasturi ijrosi yuzasidan joriy yilda jami 30 ta qishloqda qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda Qoraqalpog‘iston Respublikasining salohiyati va imkoniyatlari:
Hududda yagona hisoblangan Artimiya sistasini qayta ishlashni tashkil etish (Ma'lumot uchun: birlamchi baholash natijalariga ko‘ra, hududda 3 ming tonna artimiya sistasi xomashyosi mavjud bo‘lib, bundan yiliga 1,0 ming tonnasini qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi);
Hududda yagona hisoblangan Merobolit natriy sulfat xomashyosidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish. (Ma'lumot uchun: Respublikada uning 414 mln. zaxirasi mavjud bo‘lib, 4 ta yangi loyiha asosida 154 ming tonna qayta ishlash quvvatlari ishga tushiriladi);
Hududda yagona hisoblangan Polipropilen qayta ishlash imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish (Ma'lumot uchun: Ustyurt gaz-kimyo zavodi yiliga 3,4 mlrd. m3 va 200 ming tonna gaz kondensati, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqaradi);
Qizilmiya ildizini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish (Ma'lumot uchun: kelgusida respublikada yiliga 150 ming tonna qizil miya ildizi yetishtirish ko‘zda tutilgan. Bunda 62 ta korxonada 9,0 ming tonna mahsulot xomashyo ko‘rinishida va 5 ta yangi loyiha hisobiga 2,5 ming tonnasi qayta ishlanib eksport qilinadi);
Ekoturizmni izchil rivojlantirish (Bu - ekosayyohlarning ekzotik tabiiy hududlar, ularning hayvonot va o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirish maqsadidagi ekologik sayohatni nazarda tutadi. Masalan, Ayoz-Qa'la qo‘rg‘oni hududida joylashgan yurtalarga, ov va baliq ovlash xo‘jaliklariga sayohatni kengaytirish imkoniyati mavjud);
Arxeologik turizmni taraqqiy ettirish (Bu - hududning tarixiy yodgorliklari, arxeologik topilmalari, geologiyasi, paleontologik qoldiqlari kabi tabiat bilan bog‘liq majmualarga sayohatni qamrab oladi. Ma'lumot o‘rnida: I.V.Savitskiy nomidagi arxeologik muzey mintaqada yagona hisoblanadi. Bundan tashqari, Respublikada 156 ta madaniy meros, 129 ta tarixiy, diniy va yodgorlik ob'yektlari mavjud. Ushbu obidalar xorijlik mehmonlarda katta qiziqish, hayrat uyg‘otibgina qolmay, balki hududning eksport salohiyatini ham kengaytirishga ijobiy ta'sir qiladi);
Hududning geografik joylashuvining qulayligi va kerakli infratuzilmalarning mavjudligidan unumli foydalanish. O‘zida xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarini ichiga olgan avtomobil yo‘llari va magistrallarining umumiy uzunligi 11075 ming kilometrni tashkil etadi.
Istiqbolda, shuningdek ko‘plab rivojlangan davlatlar bilan birgalikda ip-kalava va tayyor trikotaj buyumlari, kaolin, sement, vermikulit, shprits va infuzion sistemalar ishlab chiqarish, go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash singari qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga oziq-ovqat, baliqchilik, to‘qimachilik va charm sanoatlari, farmatsevtika, neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish va qayta ishlash, polimer va plastmassalar ishlab chiqish kabi tarmoqlarni taraqqiy ettirish ko‘zda tutilmoqda.
Eng muhimi, Qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan - ozod va erkin, tinch va osuda hayotni qurish, o‘z tarixi, madaniy merosi, milliy an'ana va qadriyatlarini tiklash, o‘zligini anglashdek - ezgu maqsadlariga yetib umrguzaronlik qilmoqda.