5. Sirtlarning yoyilmasi
Agar sirtlarni hamma nuqtalarini bir tekislikka joylashtirish mumkin bo‘lsa,
bunday sirtlarni yoyiladigan sirtlar deyiladi. Sirtni tekislikka
yoyilish natijasida
hosil bo‘ladigan shaklga yoyilma deyiladi.
Silindrik sirtlarning yoyilmalarini yasash
Silindrik sirtlarning yoyilmalarini yasashda normal kesim va dumalatish
usullaridan foydalaniladi. Har ikkala usul bilan ham yoyilmani yasashda silindrik
sirtni approksimatsiya qilib prizmatik sirtga keltiriladi va masala prizmaning
yoyilmasini yasash kabi bajariladi. Umuman biror silindrning
yoyilmasini yasash
uchun: silindr yoyilmasini yasash uchun kerakli yasovchilarning haqiqiy
uzunliklari aniqlanadi; bu yasovchilar orasidagi asos yoylarining haqiqiy
uzunliklari
topiladi; 10.5,a-rasmda yasovchilari frontal vaziyatda va asosi H
tekislikda yotgan og’ma, elliptik silindir tasvirlangan. Bunday silindrning
yoyilmasi (10.5,b-rasm) normal kesim usulida bajarilgan. Silindrik sirt prizmatik
sirtga approksimatsiya qilinadi. Buning uchun silindr asosini ixtiyoriy bo’laklarga
bo’linadi (rasmda 8 ta teng bo’lakka bo’lingan).
10.5-rasm
Bu holda silindrni n yoqli prizmaga almashtiriladi.
Silindrning yasovchilariga
perpendikulyar bo’lgan N tekislik bilan kesishish chizig’i yasaladi. Kesishish
chizig’i, ya’ni normal kesimning haqiqiy kattaligi aylantirish usuli bilan topiladi.
Asoslari aylanish o’qiga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri doiraviy silindr yon
sirtining yoyilmasi to’g’ri to’rtburchakdan iborat bo’lib, bunday to’rtburchakning
tomonlari 2R va h0 ga teng bo’ladi (10.6,a-rasm). Bu yerda R – asosning radiusi, h
– silindrning balandligi. Asosi N tekisligiga tegishli va o’qi unga perpendikulyar
bo’lgan to’g’ri doiraviy silindrning to’la yoyilmasini yasash 10.6,b-rasmda
ko’rsatilgan. Bunda silindrning 1o2o (1' 2',1"2") yasovchisi yoyilmaning
boshlanish chizig’I deb olingan.
a) b)
10.6-rasm
Konus sirtlarning yoyilmalarini yasash.
Umumiy holdagi konus sirtining yoyilmasi
ham piramida yoyilmasini
yasashdagidek, uchburchaklar usuli bilan bajariladi. Buning uchun konus o’ziga
ichki chizilgan ko’pyoqlik piramidaga approksimatsiya qilinadi va shu
piramidaning yoyilmasi konus sirtining yoyilmasi deb qabul qilinadi. Ichki
chizilgan ko’pyoqlik piramidaning yoqlari qanchalik ko’p bo’lsa, konus sirtining
yoyilmasi shunchalik aniq bo’ladi.
10.7, a-rasmda asosi N tekislikka tegishli F og’ma konus tasvirlangan. Bu
konusning yoyilmasini yasashda uchburchaklar usulidan foydalanamiz. Konusni
o’ziga ichki chizilgan piramidaga approksimatsiyalaymiz.
Konus yasovchilari
(piramida qirralari)ning haqiqiy uzunliklarini yasash rasmda aylantirish usulida
bajarilgan. S1 yasovchini yoyilmaning boshlanish chizig’i deb olamiz. Chizma
qog’ozining bo’sh joyida ixtiyoriy S0 nuktani belgilaymiz (10.7,b-rasm). 10.7,a-
rasmdan S1 yasovchining haqiqiy uzunligi bo’lgan S″1″1 kesmani o’lchab va uni
S0 nuqtadan chiqarilgai ixtiyoriy a0 to’g’ri chiziqqa qo’yib, 10
nuqtani hosil
qilamiz. So’ngra So nuqtani markaz, S"21' ni radius qilib yoy chizamiz. Markazi
10 nuqtada va radiusi 1′2′ bo’lgan ikkinchi yoy chizamiz. Har ikkala yoylar o’zaro
kesishib 20 nuqtani hosil qiladi. Yoyilmaning qolgan 30, 40, 50, ... nuqtalari ham
shu tartibda yasaladi. Hosil bo’lgan F0 figura berilgan konus yon sirtining
yoyilmasi bo’ladi. Uni konusning asosi – ellips bilan to’ldirib, to’la yoyilmani
hosil qilamiz. F konus sirtidagi AВ egri chiziqqa Fo figurada A0V0 to’g’ri chiziq
mos kelgan. Shuning uchun AВ – konusning geodezik chizig’i bo’ladi.
Shuningdek, konusning hamma yasovchilari uning geodezik chizig’i bo’la oladi.
10.8,a,b-rasmda asosi H tekislikka tegishli va uni unga perpendikulyar bo’lgan
to’g’ri doiraviy F konus Monj chizmasida berilgan.
Bunday konus yon sirtining
yoyilmasi doira sektoridan iborat bo’ladi.
a) b)
Nazorat savollari
1. Sirt deb nima ataladi?
2. Qanday sirtlarni aylanish sirtlari deyiladi?
3. Konusni tekislik bilan kesishganda qanday tekis shakllar hosil bo‘ladi?
4. Yoyiladigan sirtlar deb qanday sirtlarga aytiladi?
5. Konus yoyilmasida sektor burchagi qanday aniqlanadi?