bir
vaqtda
ishlab
chiqaruvchilarning
kartoshka
ishlab
chiqarishlarini
qisqartirishlarni ta‘minlaydi. Natijada kartoshka ortiqchaligi 6000 kg gacha
ozaydi. Lekin taklif ortiqligi yana bo‘lyapdi. Sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat narxi
yana ham tushiradi. Binobarin, 100 so‘m narx va 70 so‘m narx beqaror narxlar
ekan, chunki ular «o‘ta baland» kartoshkaning narxi 70 so‘mdan pastroq bo‘lishi
kerak. Bozor narxini shakllanishida talabning roli qanday ekan? Bu savolga javob
topish uchun 3-jadvalning narxlar qatorini oxiridan tahlilni boshlaydi. Tasavvur
qilaylik kartoshkani bo‘lishi mumkin bo‘lgan bozor narxi 10 so‘m bo‘lsin.
Bo‘nday narxda kartoshka miqdori 16000 kg talab va taklif o‘rtasidagi farq,
15000 kg bo‘lyapdi, ya‘ni taklifga nisbatan talabning miqori 15000 kg oshiq
bo‘lyapdi. Nisbatan past narx kartoshka ishlab chiqaruvchilarning xafsalasini pir
qiladi. Ular o‘z resurslarini ma‘lum qismini kartoshka ishlab chiqarishdan olib
boshqa sohaga yo‘llaydilar. Xuddi shu narx iste‘molchilarni balandroq narxda
sotib olishlarini mo‘ljallaganlariga qaraganda ko‘proq kartoshka sotib olishlariga
undaydi. Natijada ortiqcha talab vujudga keladi. 10 so‘m narx bozorda uzoq vaqt
amal qilmaydi. Juda ko‘p sotib oluvchilarga kartoshka etmay qolganligi uchun
raqobat ta‘sirida narx 10 so‘mdan 20 so‘mgacha oshiriladi. Ko‘p iste‘molchilar
kartoshkasiz qolganlaridan ko‘ra har bir kg kartoshkaga 20 so‘m to‘lashga rozi
bo‘ladilar. 20 so‘m narx kartoshka etishmasligini ancha qisqartiradi, ammo
buto‘nlay yo‘qota olmaydi. 20 so‘m narxda dehqonlar o‘z resurslarini ishlab
chiqarishda yo‘llashga tayyorligini bildiradi. Sotib oluvchilarni bir qismi esa 20
so‘m narxda kartoshka sotib olishdan qaytadi, kartoshka o‘rniga o‘ndan arzonroq
boshqa mahsulotlarni sotib olishadi. 20 so‘m narxda 3000 kg kartoshka
yetishmasligi bo‘lyapdi. Sotib oluvchilar o‘rtasidagi raqobat kartoshka narxini 20
so‘mlik darajada balandroqqa ko‘tarishni talab qiladi. Biz sinab ko‘rmagan 40
so‘m narx qoladi. Endi shu narxni ko‘rib chiqaylik. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki,
xudi Shu narxda taklifning xaftalik umumiy miqdori bilan talabning xaftalik
umumiy miqdori teng kelyapti. Buning natijasida bozorda mahsulot ortiqchaligi
ham, mahsulot etishmasligi ham bo‘lyapdi. Ko‘rib o‘tdikki, mahsulot ortiqchaligi
narxni pastga qarab itaradi, mahsulot yetishmasligi esa, narxni yuqoriga ko‘taradi.
O‘z o‘zidan ko‘rinib turibdiki, 40 so‘m narxda ortiqchalik ham, etishmaslik ham
bo‘lmaganidan, bu narxning o‘zgarishiga xojat yo‘q. Talab va taklifni
tenglashtiruvchi narxni iqtisodchilar bozor narxi yoki
Dostları ilə paylaş: