Avon goʻzallik kompaniyasining bosh direktori Andrea Yung xonasining devorida Lider evolyutsiyasi degan tunukacha osilgan, unda toʻrtta iz aks ettirilgan: maymunning oyoq izi, odamning oyoq izi, erkak kishining oyoq kiyimining izi va ayol kishi oyoq kiyimining izi. Bu qiziq ishora oldingi bosh direktor ofisida osilgan Djeyms Prestonnieslatar edi. Birinchi ayol kishi bosh direktor sifatida Avon, Yung lavozimda boʻlgan davrida Fortune 00 roʻyxatidan birinchi oʻnliklar ichidan oʻrin olib kelgan. U boshqaruv sohasidagi koʻplab muammolarga duch kelgan. U korxonaning tashkiliy tuzilmasi ham yaxshi, ham yomon davrlarda gullab-yashnashi uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini juda yaxshi tushunib etgan. Kompaniyasining mahsulotlarining 70 foizi rivojlanayotgan davlatlarga sotilishini inobatga olgan holda aytish mumkinki, uning ishining bu tomoni ancha murakkab. Lekin, u kompaniya tashkiliy tuzilmasini oʻzgartirish, qayta yoʻnaltirish, qayta koʻrib chiqish borasida keskin qarorlar qabul qildi va muvaffaqiyatli goʻzallik kompaniyasi boʻlishi uchun xizmat qiladigan tashkiliy tuzilmani yarata oldi. 27