Reja: Zamonaviy o‘qituvchi faoliyatining mazmuni


Individual ta’lim trayektoriyasi jadvalini tuzish bo‘yicha metodik tavsiyalar



Yüklə 77,09 Kb.
səhifə6/10
tarix29.01.2023
ölçüsü77,09 Kb.
#81494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ygS4e86FB5179SwCG1X86pOR6PsR3EHR9sYrtJaf

Individual ta’lim trayektoriyasi jadvalini tuzish bo‘yicha metodik tavsiyalar.
Amalga oshiriladigan ishlar yo‘nalishlari o‘tkazilgan diagnostika va refleksiv tahlillar natijasiga ko‘ra aniqlangan kasbiy qiyinchiliklar va ehtiyojlar asosida belgilanadi:

  • umumpedagogik (zamonaviy ta’lim texnologiyalari, maqbul metodik usullar, pedagogik vositalar pedagogik tashxis texnologiyalari, psixologik-pedagogik korreksiya, monitoring va refleksiyani baholash texnologiyalari, axborot manbalari bilan ishlashga doir bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish);

  • ilmiy-nazariy (o‘qitadigan fanini nazariy asoslari, o‘qitish metodlari, fan taraqqiyoti tarixi va erishilayotgan muvaffaqiyatlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati, tajriba-sinov maydonchalari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlashga doir bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish);

  • metodik (o‘quv fani doirasida o‘qitishni tashkil qilish shakllari hamda vositalarini, o‘quvchilarni o‘qitish metodlari va usullarini bilishi hamda ulardan samarali foydalanish darajasini oshirish);

  • -psixologik-pedagogik (o‘qitish, tarbiyalash va o‘quvchilarni barkamol voyaga yetkazishning psixologik qonuniyatlari, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, Shuningdek, pedagogika va psixologiyaning nazariy asoslariga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish);

  • kommunikativ (insonlar bilan o‘zaro ta’sir strategiyasi, taktikasi va texnikasini ishlab chiqish, aniq maqsadga erishishda ular bilan hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirish, o‘z nuqtayi nazarini asoslash va ishontirish, muammoli vaziyatlarda tashabbus ko‘rsatish hamda adekvat va mas’uliyatli qarorlar qabul qilish, kasbiy diskussiyalar va muhokamalarda ishtirok etish ko‘nikmalarini takomillashtirish);

  • shaxsiy qiziqishlari (shaxsiy-kasbiy kompetentliligini rivojlantirish, Ya’ni pedagogik imijini takomillashtirish, idealini yaratish, nutq madaniyati, liderlik sifatlarini oshirish).

Pedagogning individual ta’lim trayektoriyasini loyihalashda faoliyatining quyidagi yo‘nalishlariga (tadbirlar va harakatlar) asosiy e’tiborni qaratamiz:

  • malaka oshirish kurslaridan o‘tishi;

  • mustaqil ta’lim olishi;

  • turli tadbirlar va metodik ishlardagi ishtiroki;

  • ta’lim muassasasi va pedagogik uyushmalardagi faoliyati.

O‘tkazish muddati. Har bir amalga oshiriladigan ishlar va tadbirlarning aniq muddatlari ko‘rsatiladi. Barcha tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi pedagogning shaxsiy mas’uliyatiga asoslanadi va jarayonning natijadorligini ifodalaydi.
Pedagogning jarayonda ishtirok etish shakli. Pedagogning individual ta’lim trayektoriyasini amalga oshirishda rejalashtirilgan tadbirlar va taomillar quyidagi shakllarda bajarilishi mumkin:

  • malaka oshirish kurslari;

  • qisqa muddatli kurslar;

  • mahorat maktabi;

  • harakatdagi o‘quv mashg‘ulotlari;

  • vebinarlar;

  • uslubiy birlashmadagi faoliyat;

  • mutaxassislikka oid turli adabiyotlar muhokamasi;

  • konferensiya va seminarlarda ishtirok etish;

  • attestatsiya jarayoniga tayyorgalik;

  • ustama olish uchun amalga oshiriladigan taomillar;

  • ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va mahorat darslari o‘tkazish;

  • ilmiy jurnallar va OAVlarida nashr ishlari;

  • ustoz-shogird an’analari bo‘yicha faoliyat;

  • tajriba maydonchalaridagi tadqiqot ishlariga qatnashish va h.k.

Natijalarni taqdim qilish shakli. Faoliyat natijasida erishilishi kutiladigan natijalar turli shakllarda, jumladan, portfolio, metodik mahsulotlar, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, mahorat darsi, ijodiy hisobot, nashr ishlari, o‘quv loyihalari, innovatsion faoliyat natijalari haqida hisobot, konkurslar, ma’lum bir muammo yuzasidan ijobiy tajriba taqdimoti va boshqa shakllarda. taqdim etilishi avvaldan belgilanadi.
Natijalar tahlili va ularni taqdim qilish joyi. Faoliyat yakunida erishilgan natijalar tahlil qilinadi va qo‘yilgan maqsadga solishtiriladi. Refleksiya individual suhbat, o‘z-o‘zini baholash va tahlil qilish, o‘zaro baholash va nazorat, o‘zgarishlarni taqqoslash, refleksiv esse shakllarida tashkil etiladi. Shuningdek, natijalarni taqdim qilish joyi ham belgilanadi va ular malaka oshirish kurslari, metodik birlashmalar, metodik va pedagogik kengash, seminar va konferensiyalar, mahorat daslari va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Bajarilishi haqida belgi. Individual ta’lim trayektoriyasida ko‘rsatilgan har bir tadbir va taomillar bajarilishi haqida tegishli belgi qo‘yib borilishi juda muhimdir, chunki ularning to‘liq bajarilishi orqaligini jarayon sifatining ta’minlanishiga va qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin bo‘ladi.
Pedagogning individual ta’lim trayektoriyasini amalga oshirish muddati 1 yildan 5 yilgacha qilib belgilanishi mumkin. Bunda belgilangan maqsad, qo‘yilgan vazifalar ko‘lami, malaka oshirish davriyligi, kasbiy qiyinchiliklari, ehtiyojlari va boshqa pedagogik vaziyatlar inobatga olinadi.
Tadqiqot davomida individual ta’lim trayektoriyasini rejalashtirishda Gant diagrammasidan foydalanildi. Gant diagrammasi – ustunchalar ko‘rinishidagi diagramma (gistogramma)larning keng tarqalgan shakli bo‘lib, biror bir loyiha rejasi yoki ish grafigini yaqqol tasvirlashda foydalaniladi. Loyihalarni rejalashtirish metodi sifatida qilinadigan ishlar ro‘yxati, topshiriqlar va harakatlarning vaqt mezonlarini, bajarilish ketma-ketligini ifodalaydi. Loyihalarni boshqarishda bosqichlar, vazifalar, harakatlarni aks ettirishning standart tarkibiy qismi va muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Pedagogning individual ta’lim trayektoriyasini loyihalashda unga ilmiy-metodik kuzatuvni tashkil qilish, maslahatchi va tegishli mutaxassislar bilan faol o‘zaro ta’sirni vujudga keltirish, kasbiy kompetentliligini oshirishga qaratilgan metodik tadbirlar (an’anaviy, masofaviy kurslar rejasi, metodik tuzilmalar tadbirlari, harakatdagi o‘quv mashg‘ulotlari, virtual pedagogik uyushmalar, konferetsiya, forum, seminar va b.) haqida aniq manzilli ma’lumotlar etkazish lozim bo‘ladi.



Yüklə 77,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin