Buyuk Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlari bo‘ylab turlar
uyushtirish.
O‘zbekistonning betakror tabiati, tog‘ va tekislik, daryolari, cho‘l va
vohalari, ko‘l va turli landshaft zonalari asosiy rekreatsiya resurslaridir.
Ularni ekoturizm nuqtai nazaridan o‘rganish katta ilmiy va amaliy
ahamiyatga egadir.
Turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘lgan Qashqadaryo
viloyati
o‘zining qadimiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari,
xushmanzara tabiati va fayzli go‘shalari bilan sayyohlarni o‘ziga rom
etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra yurtimiz sayyohlik ko‘lami va tarixiy
joylar ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n mamlakat qatorida
turadi. Ta’kidlash kerakki, o‘lkamiz rang-barang tabiiy landshaft,
betakror o‘simlik va hayvonot olamiga ega. Bugungi kunda
sayyohlikning ekoturizm, madaniy-ma’rifiy va jismoniy sayohat,
ekstremal, arxeologik, rafting, xeliski, sport, folklor-etnografik, tibbiy va
rekreatsion turizm, agroturizm, geoturizm kabi turlari ham jadal
rivojlanmoqda.
Sayyohlar
orasida
alpinistlar,
chang‘i sportiga
qiziquvchilar ham ko‘paymoqda. Bu viloyatda jahon miqyosida talab
tobora.ortib borayotgan ekologik, tibbiy va rekreatsion turizm kabi
yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Tabiiy turistik
resurslar tabiat mintaqalari bo‘ylab turlicha zichlikda tarqalgani bois,
turistik marshrutlarni ham tabiat mintaqalari bo‘ylab ishlab chiqish
maqsadga muvofiq.Ma’lumki, mamlakatimiz hududida.landshaftlarning
to‘rtta balandlik (cho‘l, adir, tog‘ va yaylov) mintaqasiga bo‘lingan. Har
bir mintaqa uchun o‘ziga xos geologik-geomorfologik tuzilishi, iqlim,
53
suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi ega. Shu sababli ularning
tarkibini tashkil etuvchi rekreatsion turistik resurslar ham bir-biridan farq
qiladi. Qashqadaryo viloyatining ekoturistik marshrutlari, tabiiy turistik
resurslarning geografik tarqalishiga mos ravishda cho‘l, adir, tog‘, yaylov
(baland tog‘) mintaqalari bo‘yicha shakllanadi.
Balandlik mintaqalari bo‘ylab turistik mashrutlarni rejali asosda
tashkil etish lozim. Bu holat turistik yo‘nalishlarning salohiyatini,
jozibadorligini oshiradi. Natijada uyushtirilgan mashrut bo‘ylab
xarakatlanayotgan turist zerikmaydi, yo‘nalish bo‘ylab qatnov
zichlashadi. Turistik obyektlarga turistlar oqimning kuchayishini
ta’minlaydi. Shu boisdan tabiiy turistik obyektlarga uyushtiriladigan
marshrutlarni tanlashda turli tamoyillarga amal qilish maqsadga
muvofiqdir. Ulardan asosiylari quyidagilar:
Buyuk Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlari bo‘ylab turlar uyushtirish.
Qadimda mashhur bo‘lgan, ammo zamonamizda birmuncha
unitilgan yo‘llar bo‘ylab turlar uyushtirish.
Buyuk Ipak yo‘lining yon tarmoqlari bo‘ylab turlar uyushtirish.
Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan so‘qmoqlar bo‘ylab turlar
uyushtirish.
Buyuk ipak yo‘li sayyohlik mahsuloti sifatida odatdagi
yo‘nalishlardan ajralib turadigan bir qator xususiyatlarga ega. Misol
uchun, klassik sayyohat qilish, odatda, har qanday mamlakatga sayohat
qilishdir. Bu yerda transmilliy marshrut haqida gap ketmoqdaki, chunki
sayyoh bir qancha mamlakatlarga tashrif buyurib, halqlarni qadimiy
madaniyati va bugungi kun bilan tanishib, juda ko‘plab taassurotlar va
bilimlarga ega bo‘ladi.
54
Shu munosabat bilan, 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasini
birinchi Prezidenti va Jahon turizm tashkilotining Bosh kotibi tashabbusi
bilan Sharq bilan G‘arb yo‘lidagi eng qadimiy shahar Samarqandda
Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayyohlik loyihasi bo‘yicha birinchi xalqaro
uchrashuv o‘tkazdi. 19 ta Ishtirokchi mamlakatlar tarixiy hujjatni –
“Buyuk Ipak yo‘lidagi sayyohlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi Samarqand
deklaratsiyasi” ni qabul qildi.
Buyuk Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlari bo‘ylab turlar
uyushtirishda, bu borada birinchi Prezidentimizning “Buyuk ipak yo‘lini
qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va
respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar
to‘g‘risida” (1995 yil 2 iyun), qarori qabul qilindi. 2002 yil oktabr oyida,
yana O‘zbekistonning qadimiy yurtida, bu masala bo‘yicha navbatdagi va
to‘rtinchi yig‘ilish o‘tkazildi. U Buyuk Ipak yo‘lining marvaridlaridan
biri hisoblangan Buxoro shaxrida bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilishda Buxoro
shaxri bilan birga Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaxarlari
YUNESKOni Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.[4]
Ushbu yo‘nalish tarmoqlari zamonamizda elas-elas ko‘zga
tashlanadi.
Bu
yo‘nalishlarning aniq tasavvur etish uchun
respublikamizning cho‘l qismi bo‘ylab sochilgan sardobalar va muhim
shaxarlar shaxristonlar, rabotlar geografiyasini tiklash kifoyadir. Chunki
sardobalar Buyuk Ipak yo‘lini suv bilan ta’minlovchi, cho‘l mintaqasidagi
asosiy suv obe’ktlari edi. Buyuk Ipak yo‘li cho‘l mintaqasida quyidagi
yo‘nalishlar bo‘ylab rivojlangan.
Qashqadaryo vohasining cho‘l mintaqasi (300-500 m gacha)
bo‘ylab uyushtiriladigan turistik marshrutlarda, bu mintaqa bo‘ylab
55
turistik yo‘nalishlarni Qarshi, Nishon va Qarnob cho‘llari bo‘ylab
uyushtirish imkoniyatlari mavjud. Bu yo‘nalishni ham Buyuk Ipak yo‘li
tarmoqlari bo‘ylab o‘tkazish qiziqarlidir. Bu yerda xam Buyuk Ipak yo‘li
yo‘nalishini sardobalar tizimi ko‘rsatib turadi. Qashqadaryo voxasi
nafakat O‘rta Osiyoda, balki butun dunyo bo‘yicha ham sardobalar eng
zich joylashgan hududdir. Bu ko‘hna obidalar joylashgan geografik
nuqtalarini bir-biriga tutashtiradigan ikkita asosiy yo‘nalish mavjud. Ular
shimoldan janubga va janubdan g‘arbga davom etadi.
Bu yo‘nalishlar bo‘ylab turistik resurslarning geografik tarqalish
xususiyatlari, asosan, tipik cho‘l landshaftlari, barxanlar, taqirlar,
botiqlar, sho‘rxoqlar relyefi; saksovulzorlar, quyonsuyak, qum akatsiyasi
o‘suvchi maydonlar, subtermal va termal, oltingugurt-vodorodga
to‘yingan artezian burg‘u quduqlari; qum bug‘ma iloni, kobra, o‘q ilon
kabi noyob zaxarli ilonlar, toshbaqa, qo‘shoyoq, sayg‘oq, buxoro bug‘usi,
oq quyruq, tuyalar podasi, cho‘l lochini, g‘ajir, tasqara, qorakul qo‘ylar
otari, cho‘l burguti, echkiemar, gekkon kaltakesagi, dasht agamasi kabi
jonivorlar uchraydi. Chirli, chog‘om, quduq, sardoba kabi g‘aroyib
qadimgi gidrotexnik inshootlar, qoqlar, daryolarning kadimiy o‘zanlari,
chinklar, qoldiq tog‘larga xos g‘aroyib relyef shakllari mavjud.
Birinchi yo‘nalish - Karmana shahridan 20 km g‘arbda boshlanib
Sardobai Malik, Sardoba Nomlik, Raimbek Sardobasi orqali to‘g‘ri
Qoravulbozorga olib keladi. Bu yerda Buxorodan boshlangan yo‘lga
birlashgach, janubi - sharq tomon yo‘naladi va Qoravulbozorga olib
keladi. Bu yerda Buxorodan boshlangan yo‘lga birlashgach, janubi - sharq
tomon yo‘naladi va Qoravulbozor, Qo‘shsha, Bo‘zchi, Qaqir sardobasiga
kelgach, yo‘l ikkiga ajralgan. Chunki, Begichak, Fatta sardobasining
56
yo‘nalishining hozirgi Pomiq qishlog‘iga yetib tuxtaydi. Qaqir
sardobadan boshlab ayrilgan yo‘lning ikkinchi uchi Ashuk (Achchiq,
balki Ochiqdir) sardobasi orqali Pudina qishlog‘idagi sardoba (xozirgi
kunda ushbu sardoba saqlanmagan) bilan to‘g‘ri janubi-sharqda
joylashgan Qarshiga kelib taqaladi. Bu yo‘l bo‘ylab Behbudiy sardobasi
saqlanib qolgan. Pudina sardobasi 1940 yillar arafasida buzilib ketgan.
Ikkinchi yo‘nalish - Behbudiy-Qarshi shaxridan chiqib, to‘g‘ri
janub tomon davom etadi. Bu yo‘nalishning o‘zi ikki tizimdan iborat.
Birinchisi – Behbudiy – Nishon – Talimarjon – Sangisuvloq yo‘nalishi.
Sangisuvloqqa yetgach bu yo‘l yana ayrilgan. Sangisuvloq, Usti ochiq
sardobasi orqali Kerki shaxriga kirib borgan. Ikkinchisi - Sangisuvloq,
Butosh, Toz, Yulg‘un Og‘iz orqali Kerkidan 50 km (Amudaryo bo‘ylab
oqimga teskari) yuqorida o‘tgan kechuvga chiqadi. Bexbudiydan chiqqan
yo‘lning ikkinchi yo‘nalishi bir chiziq bo‘ylab ajralmasdan Yusuf
sardoba, Urasi, Isfanto‘da, Abdulla Xon, O‘g‘iz sardobasi orqali
Chorshangu shahridan 15-20 km sharqroqda Amudaryo kechuviga
tushgan. Bu yo‘nalishlardagi Egizak, Sangisuvloq, Usti Ochiq, Butosh,
Toz, Yulg‘un Og‘iz, Isfan To‘da, Abdulla Xon, O‘g‘iz sardobalari
Turkmaniston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi. Yo‘nalishlarning
barchasi suvsiz cho‘llarni kesib o‘tadi. Sardobalar esa cho‘l yo‘llaridagi
yagona suv manbalari bo‘lgan. Keyingi yillarda olib borilgan
tadqiqotlarning yakuniga ko‘ra, ulardan ayrimlarigina saqlanib qolgan.
Shunday bo‘lsada, ular Qoravulbozor-Qo‘shsha-Bo‘zchi-Qaqir-Achchiq-
Pudina-Behbudiy,
Behbudiy
-Nishon-Talimarjon-Sangisuvloq-
Ustiochiq-Karki,
Sangisuvloq-Butosh-
Toz-Yulg‘un-Og‘iz-Karki
yo‘nalishlaridagi turistik marshrutlarga asos bo‘lishi mumkin.
57
Yo‘llarning tarixiy geografik ko‘rsatgichlari miloddan avvalgi va
o‘rta asrlardagi eng gavjum bo‘lgan, ammo zamonamizda qisman
saqlangan bo‘lsada, xalqaro ahamiyati yo‘qolgan. Ular “Buyuk ipak
yo‘li” tarmoqlari bo‘lgan yo‘llar bo‘ylab uyushtirilgan turlardir. Bu
yo‘nalishlar juda sodda marshrutlar bo‘lib, maxsus sport malakasiga ega
bo‘lmagan har qanday turist ham bosib o‘ta oladigan, transportning
barcha turlari yura oladigan turlar.
Adir mintaqasi (400-500 m dan 1200 m gacha) bo‘ylab
uyushtiriladigan turistik marshrutlarda asosan texnika yurishi uchun
birmuncha qulay relyef va iqlim sharoitining murakkab bo‘lmagan
xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Adir mintaqasi bo‘ylab uyushtirilgan turlar ham cho‘l mintaqasiga
xos turistik marshrutlar kabi uzoq masofa bo‘ylab davom etganligi
sababli, turistlar belgilangan yetib borganga kadar vaqt ichida zerikib
qolishlari, toliqishlari mumkin. Shu boisdan turistlarni qiziqtirgan
obyektga olib boradigan yo‘l bo‘ylab uchraydigan barcha turistik joylarni
ko‘rish maqsadida ularga ekskursiyalar uyushtirish turlarning qiziqarli
bo‘lishiga imkon beradi. Adir-tog‘ mintaqasi bo‘ylab uyushtiriladigan
marshrutlar diltortar tabiati bilan ajralib turadi. Shu boisdan eng so‘lim
joylarda hordiq chiqarish, hatto baliq ovi uyushtirish kabi tadbirlar bilan
turlarning samaradorligiga erishish mumkin. Bir mavzuli ekoturistik
marshrutlar, ba’zan shu tariqa ko‘p mavzuli turistik marshrutlarga
aylantiriladi.
Adir mintaqasi bo‘ylab ko‘pgina yo‘nalishlar tashkil etish mumkin.
Ularning mazmundorligiga erishish uchun turlarni adir mintaqasini kesib
o‘tgan qadimgi serqatnov yo‘llar bo‘ylab rivojlantirish maqsadga
58
muvofiq. Adir mintaqasi bo‘ylab uyushtirilgan marshrutlar Zarafshon-
Hisor tizmalari bo‘ylab o‘tadi. Ayniqsa, Hisor tizmasi turistik resurslarga
juda boy bo‘lganligi sababli eng ko‘p (10 ta) yo‘nalish ishlab chiqildi.
Adir mintaqasi bo‘ylab turlar uyushtirish muddati cho‘l mintaqasiga
nisbatan birmuncha qisqaroq bo‘lsada, iqlim xususiyatlarining qulayligi
bilan ham qiziqarlidir. Chunki, ayni yoz pallasida ham harorat cho‘l
mintaqasidagi kabi yuqori bo‘lmaydi, aksincha, havoning mu’tadil
harorati ustuvorlik qiladi. Natijada adir mintaqasi bo‘ylab turlar
uyushtirish uchun qulay sharoit shakllanadi.
Turistik-yo‘nalishlar Zarafshon tizmasining janubiy yonbag‘ri,
Janubiy-G‘arbiy Hisor, Janubiy-Sharqiy Hisor hududlardan o‘tadi.
Yo‘nalishlar tartibi:
1. Chiroqchi-Qalqama-Langar.
2. Chiroqchi-Oyoqchi-Alvastiko‘l.
3. Chiroqchi-Quriqsoy-Tarag‘ay.
4. Kitob-Varganza-Hazrati Bashir.
5. Kitob-Xo‘jaimkonagi-Mo‘g‘ul-Qatlos.
6. Shaxrisabz-Miroqi-Hisorak.
7. Shaxrisabz-Amag‘on-Almati-Chopiq.
8. Yakkabog‘-Tatar-Qiziltom.
9. Qamashi-Kattatol-Langar.
10. G‘uzor-Rovot-Boyqurg‘on.
11. Dehqonobod-Oqrabod-Sho‘rob qishloqlari orqali o‘tadi.
Bu yo‘nalishlar bo‘ylab turistik resurslarning geografik tarqalish
xususiyatlari asosan to‘lqinsimon rivojlangan soy va jilg‘alar bilan kuchli
parchalangan tipik adirlar landshaftiga to‘g‘ri keladi. Shuvoq, yantoq,
59
quvray, oq quvray, qo‘ziquloq, karak o‘suvchi keng yaylovlar bahor
oylarida lolaqizg‘aldoq, chuchmoma, bo‘tako‘z, oqbosh, gulxayra, chitir,
chechaklari bilan rangin tovlanuvchi kengliklaryastanib yotadi. Adir
mintaqasining yuqori qismida zirk, na’matak, dulanazorlar yoz faslida
soya-salqin joylarga aylanadi. Adirlarning quruq qismlarida agama,
gekkon kaltakesagi, ko‘lvor ilon, sariq suv ilon, qo‘shoyoq, yumronqoziq,
dala kalamushi, tulki, bo‘ri kabi jonivorlar, ko‘k qarg‘a, qaldirg‘och,
bedana, to‘rg‘ay, bulbul kabi sayroqi, burgut, lochin, boyqush kabi nodir
qushlar tez-tez uchraydi. Chayon, qoraqurt, biy, buzoqboshi, sariq ari,
yirik qovoqarilardan extiyot bo‘lish lozim. Toshbaqa, yumronqoziq,
jayra, bo‘rsiq, sassiqko‘zan kabi jonivorlar beozordir. Koriz, sardoba,
kulfakli hovuz, qadimgi suvomborlar, murakkab turdagi quduqlar kabi
g‘aroyib qadimgi gidrotexnik inshootlar tez-tez ko‘zga tashlanadi.
Charxpalak, suv tegirmonlari hanuzgacha faoliyatini to‘xtatmagan,
hovuz, hovuzak, akvaquduqlar mavjud.
Bu yo‘llarning tarixiy-geografik ko‘rsatkichlari asosan qadimgi
karvon yo‘llari adir mintaqasini murakkab relyef shakllarini chetlab
o‘tgan, ammo mashhur diniy raxnomalar, mashhur olimlar, davlat
arboblari, sarkardalar, mashhur sayyohatlarning qadamjolari bo‘ylab
o‘tgan, aksariyat hollarda regional, ayrim hollarda lokal ahamiyat kasb
etuvchi yo‘llar bo‘ylab uyushtirilgan turlar hisoblanadi. Bu turlar qadimgi
xalq qadryatlari bo‘lgan osma yo‘llar bo‘ylab o‘tgan nuqtalarda juda
zavqli kechadi. Yo‘nalishlar sodda marshrutlar bo‘lib, maxsus sport
malakasiga ega bo‘lmasada, qisman jismoniy tayyorgarligi mavjud
bo‘lgan turistlar uchun mo‘ljallangan. Transportning barcha turlari,
aksariyat hollarda ot-ulov turidagi transport vositalari qo‘l keladi.
60
Tog‘ mintaqasi (1200-2700 m. gacha) bo‘ylab uyushtirilgan turistik
marshrutlar asosan, Qoratepa va Chaqilkalon tog‘lari, Sumsar, Qorasirt,
Sovuqbuloq, Chaqchar tizmalarida tog‘ mintaqasi uchun xos bo‘lgan
murakkab relyef tuzilishi, uyushtirilgan turlar bo‘ylab texnika
vositalarining saralangan holda xarakatlanishiga sababchi bo‘ladi. Chunki
tog‘ yo‘llarida maxsus moslamalar bilan jihozlangan “Jip”, “UAZ”,
“Niva” rusumli yengil avtomabillar yoki ot-ulov transport turlari (ot,
eshak, xachir va h.)gina tavsiya etiladi. Marshrutlarni murakkablik
darajasiga ko‘ra, yo‘nalishlar harakatlanish tezligi sust tarzda kechadi.
Aksariyat hollarda yuz berayotgan vaziyat yo‘lma-yo‘l tunab qolish
holatini keltirib chiqaradi.
Tog‘ mintaqasi turistik resurslarga juda boy, ular turli xil bo‘lib, bu
jihatdan ham cho‘l, adir mintaqalaridan xam farqlanib turadi. Tog‘li
hududlar relyefi tektonik harakatlar, vaqtincha va muttasil oqar suv
ta’sirida kuchli parchalangan bo‘lib, qiziqarli va ayni paytda
harakatlanish uchun murakkab relyef shakllari yuzaga kelgan. Tog‘
landshaftlarining o‘ziga xos tarovati turistlar diqqatini jalb etadi. Jilg‘a,
soy, buloq, ko‘l, ostonalar, sharsharalarga (Ko‘kbuloq, Qiziltom,
Boshdaryo, Xo‘kizburun, Teres, Mudin, Suvtushar) boy, tezoqar daryolar
bo‘yida dam olish maroqli bo‘lganligi tufayli, ular ko‘ngil ochar va
diltortar go‘shalar tarzida namoyon bo‘ladi, ekzotik xususiyatlari bilan
ajralib turadi. Ayniqsa, bug‘doyiq, kavrak, tariq, isfarak, gulxayri, lola,
anjabor, yerchoy, binafsha, tak-tak, tariqbosh, yalpiz, o‘suvchi o‘tloqlar
bahor va yoz fasllarida tabiiy gulzorlarga aylanadi. Bahor faslida
chuchmoma, tuyatovon kabi tugunakli o‘simliklarning ildizmevalaridan
terish va iste’mol qilish sharoitida turistlar uchun o‘ziga xos qaytarilmas
61
zavq-shavq bag‘ishlaydi. Ravoch, kiyiko‘t, tog‘ yalpizi, o‘lmas o‘t
poyalari esa ziravorligi, muattar hidi bilan barcha turistlarni o‘ziga tortadi.
Tog‘ sharoitida yovvoyi jonivorlarni uchratish hamma vaqt ham
kuzatilavermaydi. Ayniqsa, ayiq, silovsin, qoplon, kiyik, bo‘ri, tulki kabi
jonivorlar o‘ta extiyotkor bo‘lganligi sababli kam holatlarda ko‘zga
chalinadi. Ammo ularni tabiatda kuzatish barcha uchun qiziqarli lahzalar
tarzida uzoq vaqtlar xotirada saqlanib qoladi. Tog‘ daryolarida baliq
ovlashni tashkil etish maroqli tarzda dam olish, tamaddi qilish uchun
sababchi bo‘lish mumkin. Tog‘ mintaqasi bo‘ylab shu tarzda qiziqarli
marshrutlar tuzish, mintaqa uchun xos bo‘lgan turistik resurslardan
omilkorlik bilan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Zarafshon tizmasi janubiy yonbag‘ri, Janubi-G‘arbiy Hisor tog‘
tizmalari bo‘ylab quyidagi yo‘nalishlar bo‘ylab marshrutlar uyushtiriladi.
Yo‘nalishlar tartibi:
1. Xo‘jatug‘-Qirqtog‘-Kilsi karst shaxtasi.
2. Langar-Amir Temur g‘ori - Qirqtog‘ - Taxtaqaracha.
3. Xazrati Bashir-Kosagar-Qorabuloq-Tuvarga.
4. Katlos-Javuz-Madmon-Musabozor.
5. Xisorak-Soyat-Suvtushar.
6. Qiziltom-Zarmas-Temurlang g‘ori.
7. Langar-Ko‘kabuloq-Qaranqo‘l-Do‘konxona.
8. Boyqo‘rg‘on-Chaygul-Konbuloq-Kon-Shaxshar-Chakmazor.
9. Dehqonobod-Chashmiron-Duob.
10. Dehqonobod-Konsoy-Torqopchig‘ay qishloqlari orqali o‘tadi.
Bu yo‘nalishlar bo‘ylab turistik resurslarning geografik tarqalish
xususiyatlariga ko‘ra, tektonik harakatlar va oqar suvlar tasirida kuchli
62
parchalangan, murakkab relyefli hududlar bo‘ylab rivojlangan tog‘
landshafti bug‘doyiq, kovrak, shirach, isfarak, gulxayri, lola, anjabor,
yerchoy, binafsha, tak-tak, tariqbosh, kasmaldak, yalpiz, chalov o‘suvchi
archa
o‘rmonlari bo‘ylab marshrutlar. Ushbu yo‘nalishlarda
harakatlanayotgan turist, qo‘ng‘ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, alqor,
burama shoxli tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, quyon, jayra,
turli ilonlar, burgut, tasqara, kaklik, qumri, zarg‘aldoq, boyug‘li kabi
jonivor-parrandalarni kuzatishlari, yovvoyi holda o‘suvchi tog‘ olcha,
do‘lana, olma, uzum, anor, yong‘oq, tut mevalaridan tatib ko‘rishlari
mumkin. Zilol suv, buloqlar, jilg‘alar suvidan bahramand bo‘lib, dam
olishlariga imkoniyatlar katta.
Yo‘llarning tarixiy geografik ko‘rsatgichlari mos ravishda, aksariyat
xollarda maxalliy axamiyatga ega bo‘lgan, tabiiy ravishdagi tosh-qum
qoplamali, diltortar ko‘rinish kasb etuvchi, ekzotik xususyatlarga boy
bo‘lgan yo‘llar bo‘lab uyushtirilgan turlar. Ushbu turlar tarixiy voqealar,
mashhur kishilarning safarlari, hayotiy kechinmalari bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lganligi tufayli qiziqarli voqealar ahamiyat kasb etishi bilan
turistik resurslarning turli-tumanligi hamda takrorlanmasligi bilan ajralib
turadi.
Bu yo‘nalishlar murakkab marshrutlar hisoblanib, maxsus sport
malakasiga ega bo‘lmasdan, kuchli jismoniy tayyorgarligi mavjud
bo‘lgan turistlar uchun mo‘ljallangan. Transportning ayrim turlari,
ayniqsa, ot-ulov qo‘l keladigan turlar hisoblanadi.
Baland tog‘ (2700 m dan yuqori bo‘lgan tog‘li xududlar) mintaqasi
bo‘ylab uyushtirilgan turistik marshrutlar. Baland tog‘ mintaqasi viloyat
63
hududining juda oz qismini tashkil etadi. Shu boisdan bu hudud bo‘yicha
4 ta turning yo‘nalishiga tavsif berish mumkin.
Mamlakatimizning eng katta muzliklari (Seversov, Botirboy,
To‘rtqo‘ylik) ham shu yerda joylashgan. Baland tog‘ mintaqasi bo‘ylab
harakatlanish qiyinlashadi. Chunki hududning relyefi o‘ta murakkab
bo‘lib, transportning ot-ulov yoki havo (vertolyot) turlaridangina
foydalanish imkonyati mavjud. Havo xarorati past, qor qoplami o‘zoq
vaqt saqlanadi, ko‘p yillik qor uyumlari, tog‘ muzliklari uchraydi. Yoz
faslida qor uyumlarini ko‘rish turistlar uchun judayam qiziqarli bo‘ladi.
Muzliklar va ular tufayli shakllangan turli relyef shakllari, karrlar, troglar,
morenalar to‘plami, morena ko‘llari, ekzaratsiya hosilalari diqqatini jalb
etuvchi tabiiy turistik resurslardir. Baland tog‘ mintaqasi bo‘ylab turlar
uyushtirishni iqlim xususyatlari bilan bog‘liq holatda qisqa muddatli
ravishdv yoz fasllarida (iyun oyining o‘rtalarida, avgust oylarining
boshlarida) rivojlantirish mumkin. Baland tog‘ mintaqasida iqlim o‘ta
keskin o‘zgaruvchan, bu xususyat uning sutkalik muddati davrida ham
yaqqol ko‘zga tashlanadi. 3000 m balandlikda sutkalik xavo xarorati
kunduzi 20-250S bo‘lgan xolda, kechalari bu ko‘rsatgich -4…-50S gacha
tushib ketish odatiy hol. Shu boisdan turistlar tunash uchun alohida
tayyorgarlik ko‘rish lozim bo‘ladi. Chodir, to‘shak-qop, odatdagidan
ko‘proq oziq-ovqat, maxsus kiyim -kechak, poyafzal zaxirasini olish
shunday ishlar jumlasidandir. Chunki toqqa ko‘tarilish uchun odatdagidan
ko‘proq xarakat qilib kuch sarflanadi, toza xavo, toza suv iste’mol qilish
oziq-ovqatni tez hazm bo‘lishiga, ko‘proq energiya sarflanishiga sabab
bo‘ladi. Baland tog‘ mintaqasi turlarida maxsus sport tayyorgarligiga ega
bo‘lgan turistlarning ishtirok etishi maqsadga muvofiq. Guruxda esa
64
yuqori malakali tibbiyot xodimlari ishtirok etishi talab etiladi. Chunki
tasodifiy xodisalarning sodir bo‘lishi va tog‘ havosi, atmosfera
bosimining o‘zgarishi turistlarga turlicha ta’sir etishi ehtimoli yuqoridir.
Yo‘nalish Janubi-G‘arbiy Hisor tizmalari orqali o‘tadi.
Yo‘nalishlar tartibi:
1. Musabozor - Shut - Hazratisulton.
2. Suvtushar - Xo‘jangulota cho‘qqisi.
3. Amir Temur g‘ori - Chilispin g‘ori -Chimboy cho‘qqisi.
4. Do‘konxona - Chimboy platosi - Qorason dovoni.
5. Chakmazor - Chaqchar davoni orqali o‘tadi.
Bu yo‘nalishlar bo‘ylab tabiiy turistik resurslarning geografik
tarqalish xususiyatlari juda murakkab tog‘ relyefi uchun kuestalar,
kanyonlar, troglar, sirtlar, karbonotli karst hosilalari xos, hudud aksariyat
hollarda qor bilan qoplanib yotadi. Tez-tez kichik tog‘ muzliklari
uchraydi. Yoz fasli qisqa, qish esa davomli va sovuq, o‘simlik qoplami
siyrak va daraxtsiz, subalp va alp o‘tloqlari yoz faslida tabiiy gulzorlarga
aylanganligi uchun bu xudud asosiy turistik resurs xususiyatiga ega.
Jonivorlar tog‘ mintaqasiga nisbatan siyrakroq uchrasada, tog‘ echkisi,
arxar, bo‘ri, tog‘ hiloli, burgut, sug‘ur, bo‘rsiq tez-tez uchraydi.
Yo‘llarning tarixiy geografik ko‘rsatgichlari asosan maxaliy
axamiyatga ega bo‘lgan tog‘ so‘qmoqlari, ba’zan tik yonbag‘irlar bo‘ylab
o‘tgan osma yo‘llar, g‘aroyib ostonalar bo‘ylab o‘tadi.
Bu yo‘nalishlar o‘ta murakkab marshrutlar maxsus sport
malakasiga ega bo‘lgan, jismonan yaxshi chiniqqan turistlar uchun
mo‘ljallangan faqat ot-o‘lov va havo (vertolyot) transporti qo‘l keladigan
turlar toifasiga kiradi.
65
Viloyatning bu kabi turistik yo‘nalishlari ekoturizm, ma’rifiy,
madaniy va jismoniy sayohat, ekstremal, arxeologik, rafting, xeliski,
sport, folklor-etnografik, otda, tuyada, avtomobilda sayohat qilish, tibbiy
va rekreatsion turizm turlari turizmini rivojlantirish imkonini beradi,
sayyohlarni tabiat qo‘ynida dam olish bilan birga, turli madaniy dasturlar,
masalan, kelin salom, beshik to‘yi kabi milliy marosimlar, shuningdek,
mahalliy taomlarni tayyorlash (“tandir go‘sht” pishirish, suv tegirmonida
un tortish va tandirda non yopish) va boshqa chet ellik sayohatchilarni
yurtimizga keng jalb etish, qiziqarli yangi turistik marshrutlarni
tayyorlash orqali viloyatning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish
ko‘zda tutilgan. Turizmi bu kabi turlarini rivojlantirish uchun
infratuzilma, qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, sayohatchilarni jalb
etishning samarali shakl va usullaridan foydalanish, sohaga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |