131
3.Turistik harajatlar qanday usullarda hisoblanadi?
4.BMT jahonni nechta turistik makroreginga ajratadi?
9-mавзу . Turistik bozorni segmentlash. Turizm turlari
Reja:
1. Turistlik xizmat bozorining funksiyalari va tarkibi
2. Turistlik xizmat bozorini segmentatsiyalash
3. Turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar
.
1. Turistlik xizmat bozorining funksiyalari va tarkibi
Turistlik xizmat bozori turistlik mahsulotni sotish va sotib olish
jarayonini ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi,
ishlab
chiqaruvchi va turistlik mahsulot iste’molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy
munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Natijada turistlik
xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib olish) jarayoni vujudga keladi.
Har bir turmahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida bir-
biriga mos tushmaydigan iqtisodiy manfaatlar bo‘ladi. Ularning bir-biriga
mos kelishi oqibatida esa turmahsulotni sotish va sotib olish jarayoni
vujudga keladi. Bozorda o‘ziga xos xususiyat sodir bo‘ladi, bunda xizmat
ko‘rsatuvchi va iste’molchi qiziqishlarining kelishuvidir.
Bozorda
markaziy holatni iste’molchi yaratadi. Yaxshi sotuvchining vazifasi esa
o‘z mijozlari talablarini qondirish hisoblanadi
Turistlik xizmat bozori murakkab hisoblanib, bunda uning
mahsuloti to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki o‘rtadagi dallol orqali (xo‘jalik
sub’ekti-turoperator-turagent) sotiladi.
132
Ushbu omillardan tashqari yana bir holatni e’tiborga
olish kerak,
ya’ni ko‘rsatib o‘tilgan bitim har doim bir joyda amalga oshirilmaydi
(masalan,
mehmonxona,
turistlarni
qabul
qilish
joyi
yoki
turoperatorlarda). Turistlik xizmat bozori ma’lum bir o‘ziga xos joy yoki
geografik hudud bilan chegaralan-magan. Shuning uchun turistlik
mahsulotning oldi-sotdi ishlari sotuvchi va
haridorlarni jalb qilmagan
holda teleks, telegramma, faks, telefon, aniq hisob-kitob orqali amalga
oshirilishi mumkin.
Quyidagi aniq shart-sharoitlarga amal qilgandagina bozor samarali
faoliyat yuritadi:
•
Erkin raqobat, bunda bozorning barcha ishtirokchilari o‘z
maqsadlari (maksimal foyda bilan mahsulotni sotish yoki minimal harajat
bilan mahsulotni sotib olish) ga intiladilar;
• Ko‘rsatilayotgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
sifati va xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalarning borligi;
• Iste’molchining erkin xolatda tanlay olish imkoni.
Zamonaviy turistlik xizmat bozori quyidagi o‘ziga xos bo‘lgan
funksiyalarni bajaradi:
1.
Turistlik mahsulotdagi iste’molchilik qiymati va sotuv qiymati
funksiyasi. Bu turistlik mahsulot va o‘zaro pul almashuvida ayon
bo‘luvchi qiymat harakatini bildiradi. Buning
natijasida jamiyat takror
ishlab
chiqarishning
normal
yo‘nalishi ta’minlanadi, turizmni
rivojlantirish uchun pul mablag‘i paydo bo‘ladi va yig‘iladi.
2.
Iste’molchi (turist)ga turistlik mahsulotni yetkazib berish
jarayonini tashkillashtirish funksiyasi. Turist o‘z mablag‘ini turistlik
mahsulotga sarf qilgan holda o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojini
133
qondiradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, turistlik xizmat bozori
ishchi kuchining harajatini qoplagan holda
jamoaning asosiy ishlab
chiqarish kuchini qayta tiklaydi.
3.
Mehnatga moddiy manfaatni iqtisodiy tomondan ta’minlab berish
funksiyasi. Taqsimlash bozoridagi o‘zaro pul va turistlik mahsulotni
taqsimlash jarayonining tugallangan shaklidan iborat.
Turistlik xizmat bozori o‘ziga xos xususiyatlariga ega:
-
Turistlik mahsulotni amalga oshirishda mahsulotni sotib olish va
Dostları ilə paylaş: