Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


XALQARO TURIZM STATISTIKASINI



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

 
XALQARO TURIZM STATISTIKASINI 
TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN ASOSIY 
YO‘NALISHLAR 


116 
Turistlar harajatlar haqida statistik ma’lumotlar yig‘ishda turli 
usullardan ham foydalaniladi. Ulardan biri-kundalik usulidir. Uning 
yordamida bitta tashrif buyuruvchiga o‘rtacha sutkalik harajatlar 
aniqlanadi. Tushumlar umumiy summasi turistik kelishlarda bir tashrif 
buyuruvchiga o‘rtacha bo‘lishi davomiyligiga qarab hisoblab chiqiladi. 
Tashrif buruvchilarga safar oldidan maxsus balanka (kundalik) tarqatilib, 
uni safar chog‘ida to‘ldirish va safar oxirida qaytarish so‘raladi (shakl 3). 
73 Shakl 3 Turistik harajatlar hisobi bo‘yicha kundalik shakllari Guruhda 
sayyohat qiluvchilar soni ,Borishdan asosi maqsad,Boradigan asosiy joy 
,Tug‘ilgan joyi,Safar davomida tunash soni,Harajatlar qismi Harajatlar, 
AQSH dol. safar Jami gacha safar davomida 1 kun 2 kun 3 kun Kompleks 
safarlar, turlar Joylashish Ovqatlanish va ichimliklar Transport 
Rekreatsion, madaniy va sport tadbirlariga qatnashish Magazinlarga 
borish boshqalar Hammasi: Manba: A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy 
turizm. M., 2004. Ularda umumiy summa ko‘rsatilgan holda harajatlar 
yozib boriladi va bu harajatlar sarflar statiyasi va kunlarga bo‘lib qayd 
etiladi. Unda kelishdan maqsad, bosh mo‘ljallangan joy, yetib kelish 
rayoni va tunash sonlari belgilanadi. Chuqurroq tekshirish jarayonida 
kundalikka qo‘shimcha bo‘limlar kiritiladi. Ularda tashrif buyuruvchi 
harakteri (yoshi, jinsi), transport turi va joyi, harajatlar qayerda sarflangan 
yangi – hammasi aks ettiriladi. Kundalik usulining ham kuchli, ham ojiz 
tomonlari bor. U turistik harajatlar haqida batafsil ma’lumot olishga 
imkon beradi. Kundalikda to‘lov operatsiyalarining shu zahotiyoq qayd 
etilishi, tashrif buyuruvchi uni yodda saqlab qolishi va istalgan paytda 
aniq axborot beraolishi bu usulning afzal tomonlari hisoblanadi. Shu bilan 
birga kundalik usulida ayrim kamchiliklar ham bor. Ulardan muhimi – 


117 
kundalikni to‘ldirish shakli koeffitsiyenti uncha yuqori emas va hammasi 
ham 
to‘liq qaytarilmaydi. Bu esa o‘z-o‘zidan yig‘ilayotgan 
axborotlarning ishonchlililigini pasaytiradi. Bunday qaraganda, bu 
nuqsonni osongina bartaraf etish mumkinday: tarqatiladigan kundaliklar 
soni ko‘paytirilsa kifoya. Bu qaror kundalikni to‘ldirish va qaytarish 
tasodifiy hol bo‘lganda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin edi. Maxsus tadqiqotlar 
natijlari esa shuni ko‘rsatmoqdaki, bu kamchilik sistematik omillar tufayli 
kelib chiqarkan. Tekshirishlarda ish yuzasidan keluvchi turistlar sust faol 
ishtirok etadilar, 74 vaholanki safar uchun ular kata harajatlar qilishadi. 
Shuning uchun ham kundalikni to‘ldirgan va qaytargan shaxs barcha 
ko‘rinishlari va o‘z tarkibiga ko‘ra tashrif buyuruvchining bosh 
belgilariday hamisha farq qiladi.
Ko‘rinib 
turibdiki, 
tarqatiladigan 
kundaliklarning 
sonini 
ko‘paytirgan bilan ko‘rsatilgan nuqsonlarni bartaraf etib bo‘lmaydi. 
Kundalik usuli bilan kuzatuv o‘tkazish va rejalashtirishda oldinda turgan 
markaziy – tashkiliy vazifalardan biri – to‘ldirilgan blankalarni 
qaytarishni rag‘batlantirishdir. Ularning 70-75 foizini qaytarlishi 
natijalarning yetarli darajada ishonchliligini ta’minlaydi. Bu darajaga 
erishishingiz real usullari mavjud. Ularning barchasi so‘raluvchilarning 
tekshiruvda ishtirok etishlari uchun qulay va ijobiy muhit yaratilishiga 
qaratilgan. Kompleks tadbirlarda – kundalikning tushunarli va oson 
to‘ldiriladigan shakli, javoblarning anonimligi kafolati, to‘ldirilgan 
blankalarni qaytarishning aniq tartiblari, anketaning so‘raluvchiga 
kundalikni to‘ldirishni so‘rab qilgan shaxsiy iltimosi, so‘raluvchi 
foydasiga tekshiruv natijalarini potensial tushuntirish, javob uchun 
moddiy va boshqa rag‘batlantirishlar o‘z ifodasini topgan. 


118 
Statistik kuzatuv rejalashtirilayotganda kuzatuv sub’ekti masalasi 
hal etiladi, ya’ni kim birlamchi mahsulotlarni yig‘adi. Bir holatda 
statistikaning bu organlari o‘z kadrlari va xodimlari, boshqa holatda 
statistik mutaxassislar bilan bir qatorda harakat qiluvchi keng 
jamoatchilik vakillari bo‘lishi mumkin. Tekshiruvda, shuningdek agar 
ular mustaqil ravishda anketalarni to‘lg‘aza olishsa aholi ham jalb etilishi 
mumkin. Misol uchun, AQShda turistlar bilan so‘rov o‘tkazish uchun 
yuqori ma’lumotli, intizomli va xorijiy tilni yaxshi biladigan odamlar 
tanlab olinadi. Bunday kishilar odatda biznes-maktablar va universitet 
o‘qituvchilari bo‘lishadi. Anketachi tadqiqot natijalariga sezilarli ta’sir 
o‘tkazadi. Bu ta’sir ko‘pincha bildirmasdan muloqat vaqtida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri va tegishli savollar berish, yashirin fikrlar shaklida namoyon 
bo‘ladi: suhbatini umumiy ematsional kayfiyatda olib borish, 
ishtirokchilarning xulqi-atvori, mimikasi va boshqalarga qarab savol – 
javob qilish. Ko‘pincha so‘raluvchining intervyu oluvchiga yozadigan 
javoblarni berishga intilishi kuzatilgan. Anketalar esa sayohatchilar 
ma’lum guruhining vujudga kelgan stereotip tarziga asoslanib, ba’zan na 
faqat so‘raluvchilarning fikrlarini, balki o‘zlari kutgan javoblar berilishini 
aks ettirishga urinishadi. Shuning uchun anketachilarni to‘g‘ri tanlash va 
o‘qitish muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu ayniqsa 
kuzatuvning tayyorgarlik bosqichida jiddiy e’tiborni talab qiladi. Dala 
bosqichi boshlanishidan oldin ular so‘rov texnikasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq 
olishadi. Maqsadi bilan tanishishadi, oldinda turgan tadqiqotlar 
xususiyatlari va vazifalari, ish tartibi va qo‘yilayotgan talablar, statistik 
formalarni to‘lg‘azish tartiblari shular jumlasidandir. Rejada kuzatuv 
sub’ekti bilan bir qatorda tadqiq qilishning joyi, muddati kelishib olinadi. 


119 
Yilning ma’sumlariga qarab kattaligi va tarkibi o‘zgarib turadigan 
turistik oqimlarni kuzatish uchun kalendar davrini tanlash muhimdir. BTT 
hamma 12 oyni turistik mavsumlar bo‘yicha guruhlash (yuqori, past, 
oraliq)ni tavsiya qiladi. Keyinchalik har bir mavsumdan kuzatuv uchun 
bittadan oy tanlab olinadi. Turistlar haqida ma’lumotlar yig‘ish aniq 
muddatli rejada dastur va tadqiq birligi soni, aktivning son tarkibidan 
kelib chiqib belgilanadi. Amerika greklarini so‘rov (yuqorida 
eslatilganidek) besh oy davomida 1980 yil dekabrdan 1981 yil 
apreligacha o‘tkazilgan edi. Ayrim statistik kuzatuvlar bundan ham 
uzoqroqqa 75 cho‘ziladi. Kanada va Meksikadan AQShga avtomobilda 
kelayotgan shaxslar so‘rovi yil davomida olib boriladi. Kuzatuv joyini 
belgilash kuzatuv o‘tkazishda masalani hal etishga olib keladi. Bu joyni 
tanlash juda ko‘p omillarga bog‘liq, ulardan eng muhimi hudud hajmi va 
uning ochiqlik darajasi hisoblanadi. Agar hudud yopiq bo‘lsa, ya’ni 
ma’muriy xayrixoxlik bo‘lmasa yoki tabiiy chegara (misol uchun, 
mamlakat yoki orol) mavjud bo‘lsa tadqiq chiqish (kirish) punktlarida va 
transport vositalarida (avtobus, samolyot, kema va boshq.) o‘tkaziladi. 
Ochiq hududda, rayon yoki shaharda , statistik kuzatuv joylashtirish 
vositalarida va ko‘rsatiladigan ob’ektlarda, to‘lov asosida tashrif 
buyuriladigan ochilish marosimlari joylarida o‘tkaziladi (jadval 10). 
Jadval 10 Turizmda statistik kuzatish joyini tanlash Manba: 
A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004. Yo‘llarda 
tekshirish masalalari uchun kuzatuv joyi boshqacha hal etiladi. Bunda 
kuzatuv chog‘ida o‘tayotgan yo‘lovchi avtoransport hisobiga olinadi. 
Ularning raqam belgilariga qarab qaysi mamlakatga tegishli ekanliklari 
aniqlanadi va sayohatchilarni anketalashtirish amalga oshiriladi. Bu 


120 
jarayonda markaziy muammo shundan iboratki, yo‘llarda ushlanib 
qolishni minimum darajaga tushirish talab etiladi. Bunday kuzatuvlar dam 
olish uchun to‘xtash joylarida, yonilg‘i qo‘yish shahobchalarida, 
avtostansiyalarda, avtoturistlar ovqatlanadigan punktlarda, mashinalar 
to‘planib qoladigan joylar (ko‘priklar, transmilliy tiqinlari hosil bo‘lgan 
va h.k.) da tashkil qilinadi. 
Statistik kuzatuv natijasida qayta ishlanishi, har xil ma’lumotlarni 
tekshirib, taqqoslab ko‘rish, birlashtirish, zarur bir uyum xom ashyo hosil 
bo‘ladi. To‘plagan statistik axborotlar sistemalashtiriladi, klassifikatsiya 
(guruhlanadi). Umumiy va guruhiy yakunlar chiqariladi (o‘rtacha, 
nisbatan kattalik). materiallarni ishlashni ilmiy tashkil etish, ma’lumotlar 
bo‘yicha kuzatuvning alohida birliklarini, umumiy ko‘rinishlarini 
harakterlashga imkon beradi.
Qayta ishlangan axborotlar keyin tahlil Kuzatish joyi Territoriya 
Yopiq Ochiq Katta Kichik Katta Kichik Mamlakat Orol Turistlar ko‘proq 
boradigan joy Rayon Shahar Turistlar ko‘proq boradigan joy Kirish 
(chiqish) punktlari ha ha yo‘q yo‘q yo‘q yo‘q Transport vositalari ha ha 
yo‘q yo‘q yo‘q yo‘q Joylashtirish vositalari yo‘q ha yo‘q ha ha yo‘q 
Ko‘rsatish ob’ektlari yo‘q ha ha ha ha ha 76 etiladi. Tahlil chog‘ida 
dalillarga mustahkam poydevor qo‘yiladi, xulosalar chiqarish va aniq 
amaliy takliflarni ishlab chiqish uchun zamin yaratiladi. Ba’zan statistik 
tadqiqotlar statistik ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Statistik kuzatuv 
xatolari va kuzatuv materiallari ustidan nazorat. Statistik kuzatuvlarning 
sinchiklab ishlab chiqilgan rejasi turizm haqida ishonchli ma’lumotlar 
olishning garovidir. Lekin u qanchalik ikir-chikirigacha puxta 
o‘ylanmasin va hisobchilar yo‘l – yo‘riqga amal qilishga qanchalik 


121 
intilishmasin har qanday statistik kuzatuvda xatolarga yo‘l qo‘yilishi 
mumkin. Xato va kamchiliklar turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. 
Jamlangan kelishuv natijasida, umumlashtirishda, formulyarni notug‘ri 
to‘lg‘azilganda, so‘raluvchilar eslatgan dalillar yoddan chiqqanda va h.k. 
Statistikada hamma xatolar oldindan ko‘zda tutilgan va ko‘zda 
tutilmaganlarga bo‘linadi. Keyingisi o‘z navbatida tasodifiy xol yoki 
sistematik harakter kasb etadi. Tasodifiy xato javob beruvchi aybi bilan 
ham, qayd etuvchining yozuvda adashishi, kelishuvi, bilimsizligi va 
boshqalar oqibatida ham ro‘y beradi. Bular kuzatuv natijalariga jiddiy 
ta’sir o‘tkazmaydi. Chunki bunday xatolar ko‘pincha bir xilda kamaytirib 
ko‘rsatishda ham, ko‘paytirib, bo‘rttirib ko‘rsatishda ham uchraydi va 
keng qamrovli kuzatuvda yutilib ketib, betaraflanib qoladi. Ko‘zda 
tutilmagan 
sistematik 
nuqsonlar, 
xatolar 
asosan 
so‘rovlarda 
umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar hisobiga paydo bo‘ladi (tashrif 
buyuruvchining yoshi, uning daromadi, tunash sonlari va shunga 
o‘xshashlar). Ko‘pincha yoshni qayd etishda oxiri 0 yoki 5 bilan 
tugaydigan umumlashtirishlar ko‘zga tashlanadi. Misol uchun, 
yozuvlarda 40 yoshli turistlar 39 va 41 yoshlilardan ko‘p uchraydi. Bu 
hodisa statistikada yoshlarning akkumulyatsiyasi deb nom olgan. Bu 
xatolar to‘plangan statistik materiallarni qayta ishlashda tuzatilmoqda. 
Ko‘zda tutilgan xatolar, nomidan ham ko‘rinib turibdiki, so‘raluvchining 
ongli ravishda haqiqatni yashirishidan paydo bo‘ladi. Bu xatolar bir 
yo‘nalishda ma’lumotlarni uning kattalik ko‘rsatkichlarini buzib, 
pasaytirib ko‘rsatadi (masalan, turistik firmalar oboroti). Ko‘zda tutilgan 
xatolar statistik tadqiqotlar uchun juda xavfli. Ularni aniqlash va tuzatish 
uchun ozmuncha kuch talab etilmaydi. Statistik formulyarlardagi 


122 
axborotlarning to‘g‘riligi mantiqiy va arifmetik yo‘llar bilan tekshirib 
ko‘riladi.
Mantiqiy nazorat chog‘ida qo‘yilgan savollarga javoblarning 
mosligi yoki dasturning turli savollariga javoblar o‘rtasidagi moslik 
aniqlanadi. Masalan, «Safardan maqsad» grafasida «Amerikalik» 
deyilgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan tushunarliki javob savolga to‘g‘ri kelmaydi, 
xato esa, boshqa grafaga yozuv tufayli kelib chiqqan. Umumiy yig‘indi 
sifatida olingan javoblar, xilma-xillik yozuvlari yoki boshqa 
ko‘rsatkichlar qismi (turistik harajatlar va ularni statiyalar bo‘yicha 
bo‘linishi, shuningdek sayohat kunlari bo‘yicha) mantiqiy nazorati 
hisoblashning to‘g‘riligini tekshirish orqali tahlil etiladi. Hammasini emas 
(tanlangan) tadqiqotlar paytida ularning xususiyatiga ko‘ra, yuqorida 
ko‘rib chiqilgan qayd qilingan xatolardan tashqari, reprezentativ (taqdim 
etilgan) xatolar ham uchraydi. Ular kuzatuv birligini noto‘g‘ri tanlash 
chog‘ida paydo bo‘ladi. 
Aniqlangan barcha xatolar iloji boricha tuzatilishi kerak. Buning 
uchun ko‘pincha nazorat so‘rovlari o‘tkazishga telefon, pochta orqali 
so‘rovlar olishga to‘g‘ri keladi. BTT ekspertlarining fikricha, qimmat 
turadigan tekshirishlar chog‘ida xatolar 5 % dan, pilotaj tadqiqotlar 
chog‘ida 13 % dan oshmasligi zarur. To‘plangan axborotlar solishtirib 
ko‘rilgandan keyin keyingi qayta ishlashlarga tayyorlanadi. Ular 
jadvallarga ko‘chiriladi. So‘ngra boshqa statistik ko‘rsatkichlarning 
asosiy ahamiyati va o‘rtacha kattaligini hisoblashda foydalaniladi. 4.4. 
Xalqaro turizm statiistikasini takomillashtirishga qaratilgan asosiy 
yo‘nalishlar Turizm statistikasida uchta bosh muammo mavjud bo‘lib, 
ulardan biri ma’lumotlarsiz taqqoslashdir. U turizm rivojlantirish 


123 
qonuniyatlari, tendensiyalarini aniqlash maqsadida axborotlarni taxminan 
solishtirib ko‘rishni bildiradi. Bu sohadagi o‘zgarishlar, kengliklar va 
davr, bitta nomdagi ko‘rsatkichlar, kattaliklar baholanishi, ularni turli 
mamlakatlarga taaluqli tomonlari va boshqalar shular jumlasidandir. 
Statistik ma’lumotlar ko‘p xollarda ularning predmeti mazmuni farqiga, 
hisob kitob metodikasi yoki o‘lchov birligiga ko‘ra taqqoslab 
bo‘lmaydigan holatda bo‘ladi. Ammo ko‘p holatlarda beqiyos 
ma’lumotlarni solishtirib ko‘rish xolatiga keltirish mumkin. Yaqin 
vaqtlargacha turistik atamalar va sayohatchi shaxslar klassifikatsiyasida 
chalkashliklar ko‘p edi. Masalan, asosiy «turist» degan tushuncha bir xil 
atalmasdi. Tafovut doimiy yashash joyi emas manzilda bo‘lish uzoqligiga 
(1 dan 5 va undan ko‘proq tunash) va sayohatchi shaxslar yoshi (14 dan 
va undan katta), shuningdek safar maqsadiga taaluqlikda edi. Ayrim 
turlicha talqinlar hozirgi kungacha ham saqlanib kelmoqda. 40 % ga yaqin 
mamlakatlarda ekskursiyachilar tashrif buyuruvchilar hisoblanmaydi, 10 
% mamlakatlarda esa ulardan ish yuzasidan keluvchilarni chiqarib 
tashlashadi.
Bir xil holatlarda kelish tashrif buyuruvchining doimiy yashaydigan 
mamlakatida qayd etiladi, boshqasida esa fuqaroligiga qarab qayd etiladi. 
Bularning hammasi xalqaro taqqoslashni qiyinlashtiradi. Turizm 
statistikasining boshqa muammosi – statistik axborotning to‘liqligi va 
ishonchligi. Boshqacha aytganda xalqaro turizm haqida zarur axborotlarni 
qay tarzda olish va yig‘ilgan bir qancha ma’lumotlardan qanday qilib 
bo‘shliqlarni to‘ldirish muammosi. 1998 yil BMT «Turizm bo‘yicha 
iqtisodiy hisobot» ni e’lon qildi. Unda u o‘zining turizm statistikasi 
sohasidagi ko‘p yillik tajribasini umumlashtirdi. Uning bo‘limlaridan biri 


124 
statistik axborotlar va ma’lumotlarni yig‘ish muammosiga bag‘ishlangan. 
BMT xalqaro turizm haqida umumlashgan axborotlarni olish uchun 
yetishmayotgan birlamchi ma’lumotlarni hisoblash usulini taqdim etdi. 
Hozirgi paytda birorta davlat turizmni kuzatish bo‘yicha to‘la hajmda 
tizimli ish olib borayotgani yo‘q. BMT hisobotiga muvofiq jahonning 18 
mamlakati (hududi) da sayyoramizning 0,5 % aholisi yashayotganiga 
qaramasdan xalqaro turizm haqida hech qanday axborot taqdim 
etilmagan. Ularning ko‘pchiligi iqtisodiy jihatdan sust rivojlangan bo‘lib, 
jahon turizm bozorida ulushlari juda kam. 202 mamlakat (hudud) yillik 
statistik ma’lumotnomalarga kiritilgan. Ular xalqaro turistik almashish 78 
to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashadi, ko‘rsatkichlari ruyxati juda 
cheklangan. Hatto statistika ishlari yaxshi yo‘lga quyilgan Fransiyada 
ham, hisob juda ko‘p bo‘shliqlar bilan amalga oshiriladi. Turistik oqimlar 
statistikasida ekskursion va ish yuzasidan qisqa muddatli safarlar 
to‘g‘risida ma’lumotlar fragment harakteri beriladi. Turistik harajatlar 
statistikasi ham to‘liq holda emas. Statistik kuzatuvlar materiallari tahlili 
shuni ko‘rsatadiki, kirish turizmi hisobi, chiqishga nisbatan yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan. 202 mamlakatdan (hududda) atiga uchtasida xalqaro turistik 
kelishlar haqida ma’lumotlar yo‘q, xolos. 12 tasida esa xalqaro turizmdan 
daromadlar yo‘q. Jo‘nab ketish turizmi hisobotning statistik shaklida juda 
yomon aks ettirilgan. 
Mamlakat (hudud) larning yarimida aholining chegara ortiga safari 
soni va xalqaro turizmga harajatlar kattaligi to‘g‘risida axborotlar yo‘q.
Xalqaro transportda tashishlardan va ularga harajatlar to‘g‘risida 
ma’lumotlar hamma joyda ham yig‘ilayotgani yo‘q. 202 mamlakat 
(hudud) dan faqat 80 tasi BMT tomonidan so‘ralgan xalqaro turizmning 


125 
rivojlanishi haqida ma’lumotlarni bera oladi, xolos. BMT yetishmaydigan 
axborotlarni bosqichlar bo‘yicha baholash usulini qo‘llab, hisoblash yo‘li 
bilan oladi. Dastlab hamma mamlakatlar bir xildagi guruhlarga 
tenglashtirilib bo‘linadi. Ular jahonning subregionlari bo‘yicha, ularning 
ichida esa turmush darajasiga (aholi jon boshiga tushadigan turizm) qarab 
birlashtiriladi. 
Har bir guruh uchun bir marta kelishdan tushadigan o‘rtacha 
daromad va chegaradan tashqariga bir safarning o‘rtacha harajatlari 
hisoblab chiqiladi. Ular yordamida BMT ekspertlari murakkab bo‘lmagan 
matematik operatsiyalar yordamida turistik oqimlar va turistik 
daromadlar va harajatlar statistik bosh ko‘rsatkichlari ahamiyatini 
aniqlashadi. Xalqaro turizmdagi tushumlar ma’lumotlarga ega bo‘lmagan 
mamlakatlar uchun ularning hajmi xalqaro turistik kelishlarning bir 
martasidan tegishli mamlakat guruhi o‘rtacha daromadi orqali bir marta 
kelish soni bilan taqqoslab aniqlanadi. Agar mamlakatga xalqaro turistik 
kelishlar sonini aniqlash talab etilsa, xalqaro turizmdan tushadigan 
tushum tegishli mamlakat guruhining bir marta kelishi daromadi o‘rtacha 
kattalikka bo‘linadi. Chiqish turizmi to‘g‘risida axborotlar ayrim 
mamlakatlardagina yo‘qligi nazarda tutilsa, turistik kelishlar va 
daromadlar to‘g‘risida olingan baholovchi ma’lumotlar hudud va butun 
jahon ko‘rsatkichlari uchun ularning yakuniy ahamiyatga jiddiy 
tuzatishlar kiritiladi. 1995 yil jahonda xalqaro turistik kelishlar soni 
aniqlashdan keyin 0,02 % ga ko‘paydi. Xalqaro turizmdagi tushumlar esa 
1,5 mlrd. $ yoki 0,4 % oshdi. Bu raqamlar statistik hisobdorlik chiqish 
turizmi to‘g‘risida ishonchli axborotlar manbai bo‘lib hisoblanishini 
ko‘rsatadi. Jo‘nash – chiqish turizmi statistik ko‘rsatkichlarni safarga 


126 
qilinadigan o‘rtacha harajatlarni hisoblashga asoslanadi. Mamlakatda 
xalqaro turizmga harajatlar umumiy hajmini chegaradan tashqariga 
turistik safarlarning soni mamlakat tegishli guruhi safari o‘rtacha 
xrajatlari sifatida tasavvur etish mumkin. Statistik hisobotlar firmalarida 
turistlarning jo‘nab ketish ko‘rsatkichlariga ham ahamiyat berilmaydi. 
Ko‘pincha tushib qoldiriladi. Ammo ko‘pchilik milliy turistik 
ma’muriyatlar jo‘nab ketish-chiqish turizmi, statistikasini umuman 
yuritmaydilar va bu haqda hech qanday ma’lumotlarga ega emas. Xalqaro 
turizmga harajatlar kattaligi bunday holda aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keladigan safar o‘rtacha harajatlari tegishli mamlakatlar guruhlari uchun 
aholisi sonini hisoblab chiqish orqali aniqlanadi. Keyin esa ma’lum 
formula bo‘yicha jo‘nab ketishlar soniga hisoblab chiqiladi.
Bosqichma-bosqich usuli BMT ga har bir mamlakatda chiqish 
to‘g‘risida ma’lumot olishga yordam beradi. So‘ngra butunjahon 
masshtabida 
yakunini 
chiqarishga 
ko‘maklashadi. Aniqlangan 
ma’lumotlar bo‘yicha 1995 yil jo‘nab ketishlar soni 576 mln. safarga 
yetdi. Ko‘payish tomonga tuzatishlar 5,9 % ni tashkil etdi. Bu kirish 
turizmi bo‘yicha ancha yuqori, ammo avvalgidek uncha sezilarli 
bo‘lmagan holda qoldi. Statistik kuzatuvlar materiallarida ko‘proq jiddiy 
tuzatishlar xalqaro transportda tashish daromadlarini, shuningdek ularga 
harajatlarni aniqlashda kiritiladi.
Bu tashish to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish yomon 
yo‘lga qo‘yilgani bilan izohlanadi. 202 mamlakat (hudud) dan 79 tasida 
transport daromadlari to‘g‘risida, 68 tasida esa harajatlar to‘g‘risida 
ma’lumotlar yo‘q. Ular uchun maxsus hisoblash o‘tkazildi. Unga tegishli 


127 
mamlakatlar guruhlarining umumiy turistik tashishda transport 
daromadlari va harajatlari ulushi baza bo‘lib xizmat qiladi.
Hisob – kitoblar ko‘rsatadiki, statistik kuzatuvlar tashish to‘g‘risida 
80 % axborot beradi. Qolgan 20 % baholash yo‘li bilan to‘ldiriladi. Har 
bir mamlakat uchun va junab ketishlar, turistik va transport daromadlari, 
harajatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olingach, baholashning ikkinchi 
bosqichi – daromadlar va harajatlarni taqqoslab ko‘rish boshlanadi. 
Butunjahon miqyosida xalqaro turizmdan tushgan tushumlar va 
transportda tashishlar harajatlariga tenglashtirilishi lozim, lekin statistik 
amaliyotda ular kattaligining hisobi umuman mos kelmaydi. Bu ikki 
qismni mos keltirish uchun, harajatlar hajmi daromadlar darajasigacha 
ko‘paytiriladi. Deyarli hamma milliy turistik ma’lumotlarda ular 
to‘g‘risida axborotlar bor va ular to‘laroq va to‘g‘ridir. BMT hisobotiga 
muvofiq, jahonda xalqaro turizmdan bir xildagi daromadlar 1995 yil 
harajatlardan 10 % ga ziyod bo‘ldi. Mamlakatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar 
qatoridagi bo‘shliqlarni tuzatish bo‘yicha faraz 4,5 % ga qisqartirildi, 
lekin to‘liq bartaraf etilgani yo‘q. Uncha kata bo‘lmagan farq transport 
daromadlari va harajatlari o‘rtasida saqlanib qoldi. Baholashning ikkinchi 
bosqichida xalqaro turizmga harajatlar 25,2 mlrd. $ ga ko‘paygan va 
400,5 mlrd. $ ni tashkil etgan. Xalqaro transportda tashish harajatlari esa 
0,8 mlrd. $ ga ko‘paytgan. Bosqichma – bosqich usulida baholash 
yordamida statistik hisobda xatolar va chalkashliklar kamayadi va xalqaro 
turizm to‘g‘risida axborotlar ishonchligi ortadi. Statistik axborotlarni 
taqqoslash va to‘ldirish muammolari makroiqtisodiy tadqiqotlar 
o‘tkazishning turizmga ta’siri yangicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish sektori sifatida turizmning ahamiyatini baholash, aholi 


128 
birligini va o‘sishini tezlashtirishni ta’minlaydi. Turizm statistikasining 
muhim vazifasi ham shu. Uni hal etish statistik hisob metodologiyasining 
mukammal emasligi tufayli qiyin kechadi. Buning tub sabablari ildizi 
turizm industriyasining o‘zida, uning soha uchun tipik bo‘lmagan va 
murakkab tabiatida. 
Iqtisodiy tarmog‘i korxona va tashkilotlarning o‘xshashligida, 
vazifalarini umumiy birlashganligida, ular tomonidan tizimda mehnatni 
ommaviy taqsimlaganida o‘zini namoyon etadi. Statistik amaliyotda 
korxona ishlab chiqaradigan mahsuloti mo‘ljallangani va faoliyat turiga 
qarab, u yoki bu tarmoqqa kiritiladi. 
Boshqa qolgan barcha tarmoqlardan farqli ravishda bir xildagi 
mahsulot ishlab chiqarishining harakterli belgisidir. Turizmda u turistik 
mahsulotlarga talab bormi, yo‘qmi, uni kim, qachon, qayerda, nima uchun 
sotib oladi, bunga e’tibor berilmaydi. Turistik industriya tuzilishi va 
tarkibi, mahsulot iste’mol qilinishi oxir-oqibat chegarani aniqlab beradi. 
Bunday talqin umum qabul qilingan industriya defenitsiyasiga mos 
kelmaydi. Turizm industriyasi statistikasiga kiruvchi turistik iste’mol 
statistikasi esa tarmoq statistikasidan tushib qoladi. Turistik kelishlar, 
daromad va harajatlar, tashrif buyuruvchilarning iste’mol xulq-atvorining 
qimmatli harakteristikalari, turizm industriyasiga kiruvchi boshqa tur 
faoliyatlar turistik mahsulotlar va ularni tashkil etuvchilar bermoqda. 
Axborot bazasining torligi, tarmoqning boshqa ko‘rsatkichlari bilan 
taqqoslash va metodologik birlikning yo‘qligi turizmning iqtisodiy rolini 
yetarli baholanmasligiga olib keladi. Iqtisodiyot uchun turistik sektorning 
ahamiyati ravshan bo‘lsada, lekin u statistikada yetarli o‘z aksini 
topmagan. Statistik hisobni takomillashtirish bo‘yicha xalqaro 


129 
tashkilotlar jiddiy ish olib borishmoqda. Yuqorida turizm to‘g‘risida 
statistik axborotlarning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlashda BMT 
o‘ynayotgan rol haqida aytib o‘tildi. Uning rahbarlik organi – Ijro 
kengashi huzurida statistika bo‘yicha komitet tuzilgan. Kotibiyati 
tarkibiga esa statistika sektori kiritilgan. Bu tarkibiy tuzilmalarga apparat 
haqidagi tushunchalarni tartibga solish, turizm sohasiga qo‘llaniladigan 
statistik tadqiqotlar usullarini va tamonlarini ishlab chiqish vazifasi 
yuklatilgan. 
So‘rovlar o‘tkazishda yordam ko‘rsatish va ma’lumotlarni qayta 
ishlash, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish ham 
uning zimmasida. Uning tomonidan ma’lumotlar yig‘ish, hisobot 
shakllari va ichki va xalqaro turizm statistikasi boshqa masalalari 
bo‘yicha uslubiy yo‘l-yo‘riqlar materiallar tayyorlangan. 1991 yil 
Ottavada turizm va sayohat statistikasi bo‘yicha xalqaro konferensiya 
o‘tkazilishi muhim voqea bo‘ldi. Uning tashabbuskorlari Kanada 
hukumati bilan birgalikda BMT bo‘ldi. Konferensiyada BMT bosh 
assamblyasi tomonidan ma’qullangan qo‘llanmalar, tavsiyalar va 
rahbarlik uchun yo‘l-yo‘riqlar namoyish etildi. 
Ular orasida ayniqsa «Turizm sohasida statistik anketalashni 
o‘tkazish metodologiyasi» va BMT bazaviy direktivasi «Milliy turistik 
ma’muriyatlar (MTM) tarkibida statistik masalalar bo‘yicha xizmat 
faoliyati va uni shakllantirish» o‘quv qo‘llanmalari muhim ahamiyat kasb 
etdi. BMT ning Ottava konferensiyasi natijalariga ko‘ra, «Turizm 
statistikasi bo‘yicha tavsiyalar» tayyorlandi va BMT ning Statistika 
komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi. 


130 
Qabul qilingan va e’lon qilingan tegishli hujjatlar paketlari turizm 
sohasida statistik faoliyatni takomillashtirish ishida muhim qadam bo‘ldi. 
Tavsiyalarda asosiy e’tibor xalqaro va milliy darajada statistik 
axborotlarni taqqoslash muammolariga qaratiladi. Shu maqsadda ularda 
turizm mohiyati aniqlab berildi, uning asosiy tiplari (ichki, chiqish, 
kirish), ichki va xalqaro 81 definitsiya aniqlab berildi. Ilmiy qo‘llanishga 
«Milliy turizm», va «Mamlakat doirasida turizm» degan yangi 
tushunchalar kiritildi. Maxsus bo‘lim turistik harajatlarga, ularning 
statiyalar bo‘yicha tarkibiga bag‘ishlanadi va to‘lov balansida o‘z aksini 
topadi. Hujjatlar paketiga shuningdek turizmdagi faoliyatning standart 
xalqaro klassifikatsiya turlari kiritiladi. BMT dasturiy hujjatlari bilan bir 
qatorda davriy nashrlar ham tarqatiladi. BMT «Turistik statistika 
yilnomasi» (“Yearbook of Tonrism Statistes”), «Statistik to‘plam» 
(Compendiumof Tourism Statisties), shuningdek «Xorijiy turizm – 
chegara rasmiyatchiligi» “(Travil Abroad Formalites)” va oylik «BTT 
yangiliklari» (WTONEWS) jurnali nashr qilmoqda. Keyingi yillarda 
kon’yunktur – tadqiqotlar to‘plami chiqa boshladi, u turistik sohalarning 
barchasi bo‘yicha yangi axborotlarga ega. Misol uchun «Turizm 
taraqqiyoti to‘g‘risida hisobot (siyosat va yo‘nalishlar)» («Tourism 
Development (policy andtrends»), «Turizm va sayohatning hozirgi zamon 
yo‘nalishi» (“Serrent Travel Tjurism Indictors”) «Jahon turizmning 
iqtisodiy revyusi» (“Economic Reviw World Tourism”) h.k. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin