Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

TURISTIK 
DAROMADLAR 
VA 
HARAJATLAR 
STATISTIKASI 
Turistik oqimlar hajmi haqida umumiy tasavvur beruvchi kelish 
statistikasi turistik sayohatlar harakteriga ega. Turistik daromadlar va 
harajatlar statistikasi Turistik daromadlar va harajatlar statistikasi 


89 
turizmni baholash qiymati mazmuniga ega bo‘lib, uni milliy iqtisodiyotga 
ta’sirini o‘rganishda, jumladan mamlakatning to‘lov balansi, shuningdek 
turizm industriyasi o‘zining sektorlariga harakteristika berishda 
zarurdir.Turistik harajatlar – tashrif buyuruvchi yoki uning nomidan 
boshqa shaxsni tayyorlash va safar chog‘ida, shuningdek belgilangan 
joyda bo‘lish chog‘idagi iste’mol qilingan harajatlarning umumiy 
summasidir. Turistik harajatlar konsepsiyasi asosiga bir qator tamoillar 
qo‘yilgan. BMT tavsiyasiga muvofiq tashrif buyuruvchilar, turistlar va 
ekskursiyalarning iqtisodiy ahamiyatli harajatlarigina hisobga olinadi. 
Tashrif buyuruvchilar harajatlari ularning ehtiyojlarini qondirish uchun 
olgan xizmatlar va tovarlar qiymati bilan aniqlanadi. Ularga xilma-xil 
tashish bo‘yicha xizmatlar, joylashtirish va uzoq foydalanishgacha uncha 
katta bo‘lmagan narsalar, joriy turistik iste’mol tovarlari va suvenirlar 
kiradi. Biroq bu holda ulardan bahramand bo‘luvchilar boshqa shaxslar- 
sayohatchilar bo‘lmasalar ham qilingan harajatlar turistik harajatlarga 
kiritiladi. Turistik harajatlar hajmini tovar va xizmatlarga amaldagi 
narxlarni pasaytirish chegirib tashlash, choy puli va boshqalarni hisobga 
olgan holda to‘lov shaklidan qat’iy nazar-naqd pulmi, yo‘l cheklarimi, 
kredit kartochkalari va boshqa usullar bilan birga belgilash tavsiya 
qilinadi. 
Turistik 
harajatlar 
tarkibi. 
Turizm 
statistikasi 
bosh 
muommolaridan biri turistik harajatlar tarkibini tartibga solish bo‘lib 
hisoblanadi. Bu tashrif buyuruvchi qilgan xrajatlar vaqti (tayyorlanishda, 
safar chog‘ida yoki oxirida), shuningdek turizm tipi bilan shartlangan. 
Tegishli ravishda ichki turistik harajatlar ajralib turadi. Bu rezidentlarni 
o‘z mamlakati va xalqaro miqyos bo‘ylab qiladigan sayohatlari bilan 
bog‘liq. Uning ahamiyatini tushunish uchun tashrif buyuruvchini o‘z 


90 
joyidan ko‘zda tutilgan mamlakatga yo‘naltirilgan harakati iqtisodiy 
tabiatni bilish muhimdir. Chiqish turistik oqim xalqaro turistik harajatlar 
kategoriyasiga mansub, kirish harajatlar esa xalqaro turizmda 
tushadiganga.
BMT 
materiallarida 
xalqaro 
turistik 
harajatlar 
doimiy-
yashovchilarning u yoki bu mamlakatga xorijga sayohati vaqtida qilgan 
harajatlariga qarab aniqlanadi. Boshqlar qatorida unga xalqaro tashish 
bo‘yicha chet el kompaniyalari xizmatlari, shuningdek chetdan sotib 
olingan tovarlar va xizmatlar uchun oldindan haq to‘lash qo‘shiladi. 
Joriy hisob-kitoblarda juft sifatda xalqaro turizmdan tushgan 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. U xorijlik tashrif buyuruvchining 
boradigan mamlakatdagi barcha harajatlari summasi sifatida hisoblanadi. 
Har ikala ko‘rsatkich ham yagona usulda qo‘rilgan bo‘lib, faqat pul 
vositalarining chegaralari osha harakati bilan bog‘liq sarflarnigina aks 
ettiradi. Turistik harajatlar tarkibi t/r Harajatlar yo‘nalishi Ichki turizm 
Xalqaro turizm
1. Sayohatgacha harajatlar (Mulkni sotib olish, uzoq muddatga 
foydalaniladigan yirik predmetlar (dala hovlisi, avtomobil, avtofurgon, 
qayiq va boshqalar) qaysikim turistik maqsadlarda foydalanishi mumkin 
Istisno qilinadi Istisno qilinadi,Uncha katta bo‘lmagan uzoq muddatga 
Istisno qilinadi foydalaniladigan yoki joriy etishda iste’mol qilinadigan 
tovarlar (yo‘l buyumlari, sport invertarlari va boshqalar) qilinadi ,Safar 
davrida taklif etiladigan va iste’mol qilinadigan (kompleks turlar, 
joylashtirish, tashish va turistik sug‘urtalarni sotib olish) xizmatlar uchun 
oldindan to‘lov Qo‘shiladi Chiqish turizmi xizmatining xalqaro 
tashishdan tashqari, qaysikim mahalliy aholi o‘z mamlakatidan 


91 
tashqarisida sayohat paytida iste’mol qiladigan xizmatlarni qo‘shadi; 
Kirish turizmi xalqaro tashishdan tashqari, qaysikim xorijiy turistlar 
boradigan mamlakatida iste’mol qiladigan xizmatlarni qo‘shadi. 
Sayohatgacha bo‘lgan va undan keyingi (avtomobillarga texnik xizmat 
ko‘rsatish va boshqalar) xizmatlar to‘lovi Qo‘shiladi Istisno qilinadi)
2. Sayohat davridagi harajatlar (Sayohatchilar, shu jumladan, ish 
yollovchi shaxslar, ularning ishga aloqador sayohatida savdo-sotiqlari 
Istisno qilinadi Istisno qilinadi , Naqd pulning dam olish safariga yuborish 
paytida qarindosh-urug‘lariga, tanish-bilishlariga berishi, turistik tovarlar 
va xizmatlar hamda hayriya vznoslarini kiritmagan holda Istisno qilinadi 
Istisno qilinadi ;Ko‘chmas mulklarni sotib olish, uzoq muddatga 
foydalanadigan yirik predmetlarni (dala hov-lisi, avtomashina, 
avtofurgonlar, qayiq va boshqalar) xatto ular kelajakda turistik 
maqsadlarda foydalanadigan bo‘lsa Qo‘shiladi Qo‘shiladi;Oddiy 
muhitdan tashqarida keng iste’mol mollarini past bahoda sotib Qo‘shiladi 
Qo‘shiladi olish ; Boshqa yirik harajatlar turi (avtomobilni kapital remont 
qilish va boshqalar) Qo‘shiladi Qo‘shiladi; 
Uzoq muddatga foydalanadigan va joriy iste’mol qilinadigan vaqt 
va uning foydalanish joyiga bog‘liq bo‘lmagan, kichik tovarlarni sotib 
olish Qo‘shiladi; 
Suvenirlar harid qilish Qo‘shiladi Qo‘shiladi; 
Safar davomida xizmatlar (tashish, joylashtirish va boshqalar) ni 
harid qilish Qo‘shiladi; 
Borgan joyida poshlinalarsiz tovarlarni qo‘shgan holda, ularning 
qiymati va foydalanish xususiyati-dan qat’iy nazar (ko‘chmas mulk va 
kommersiyali savdo-sotiqni qo‘sh-magan holda) boshqa tovarlar 


92 
(xizmatlarni) sotib olish Qo‘shiladi Chiqish turizmi qo‘shiladi; kirish 
turzmi faqat xorijiy turistlar boradigan mamlakatdagi savdolar qo‘shiladi 
3. Safardan keyingi harajatlar;
1. Safar bilan bog‘liq bo‘l-gan tovarlar (xizmatlar) ni (fotoplen- 
kalarni doriga solib chiqarmoq , sayohat davomida avtomobillarni 
ta’mirlash va boshqalar), ko‘chmas mulk va yirik uzoq muddatga 
foydalaniladigan tovarlardan tashqari tovarlar (xizmatlar) ni sotib olish 
Qo‘shiladi Istisno qilinadi . 
Turistik 
harajatlar 
muvaffaqiyatligini 
ta’minlash 
va 
unifikatsiyalash maqsadida BTT quyidagi guruhlashni tavsiya etadi: 
1. Tarikibiy elementlarga bo‘linmasdan turib, yagona narxda 
amalga oshiriladigan xizmatlarni o‘z ichiga olgan kompleks turlar; 
2. Joylashtirish;
3. Ovqatlantirish;
4. Transport; 
5. Rekratsion, madaniy va sport tovarlari, xizmatlar: madaniyat, 
dam olish va ko‘ngilxushlik muassasalariga kirish to‘lovlari, harid 
sarflari, safar chog‘ida sport jihozlarini ta’mirlash, foydalanish harajatlari, 
alohida sport turlariga o‘sish to‘lovlari, qisqa muddatli ekskursiyalar, 
shuningdek gidlar xizmatlari haqlari qo‘shilgan holda; 
6. Do‘konlardan haridlar;
7. Boshqa statyalar – sug‘urta to‘lovlari, komission yig‘imlar, 
fotografiya plyonkalarini ishlash qiymatlari. Ta’til chog‘ida turistlar 
harajatlarining tarkibi va kattaligi bir qator shartsharoitlarga bog‘liq. 
Venesiyaning Ka Foskar universiteti (Italiya) huzuridagi turizm 
iqtisodiyoti bo‘yicha xalqaro tadqiqot markazi mutaxassislari besh omilni 


93 
ajratdilar: - Turist-sayyohning o‘tadigan mamlakati. Uning ijtimoiy-
madaniy qiyofasi sayyohning harid xohishiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. 
Bundan tashqari, sayyoh o‘tadigan mamlakat bilan «valyuta almashinish 
samarasi» degan gap bog‘liq. U ko‘p hollarda u yoki bu mamlakatda 
bo‘lish istagini belgilaydi. Agar allaqachon tanilgan bo‘lsa, sayyoh 
tomonidan rivojlantirilgan harajatlar hajmini belgilaydi. Bu avvalo dollar, 
yoki yevro muomilada bo‘lgan mamlakatlarga, yaqindan buyon esa 
Yaponiyaga taaluqlidir; - Rayon va dam olish joyi. Italiyada o‘tkazilgan 
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, san’at shaharlari bo‘ylab safar turistlarga 
dengizda, tog‘ yoki ko‘lda dam olishga nisbatan qimmatga tusharkan. 
Harajatlar kattaligi shuningdek turistik markazlar bo‘yicha ham 
farqlanadi. Venesiyada u odatda Paduye va Veronga nisbatan yuqori; - 
Joylashtirish tipi. 
Harajatlar hajmi joylashish turiga (otel, kemping, sayyohlar 
qishloqchasi va boshq.) va uning kategoriyasi – toifasiga bog‘liq; - Dam 
olish davomiyligi. U kurortga borish uchun transport, turini joylashish 
tipini tanlashga shuningdek tovarlar va xizmatlar hajmini belgilashga 
ta’sir qiladi. Ya’ni dam olishda turistning sarflaydigan barcha 
harajatlarini aks ettiradi va bu turistik harajatlarning bosh statiyasida 
namoyon bo‘ladi; - Dam olish vaqti (mavsumiy, mavsumlararo, 
mavsumiy emas). Turistik harajatlar kattaligi kurortlarga borish va 
yashash narxlarining mavsumiy o‘zgarib turishiga qarab turlanib turadi. 
Bu besh omil turistlarning har bir safarida tovar yoki xizmatlar, 
sarflarning hajmi va tarkibini tanlash va aniqlash imkonini beradi. 1998 
yilda xalqaro turistik harajatlar (transport tashishlari hisobga olinmgan 
holda) 400 mlrd. dollarga yaqinni tashkil etadi. Uning katta qismi (200 


94 
mlrd.ga yaqini) Yevropaga to‘g‘ri keladi va jahonda barcha turistik oqim 
aylanishining yarimidan ko‘prog‘ini qamrab oladi. Yevropaliklar 
sayyohatga qolgan barcha hududlarni birgalikda olganiga qaraganda ko‘p 
sarflashadi. Ikkinchi o‘rinda Amerika turadi. Keyingi vaqtlarda unga 
Osiyo-Tinch okeani hududlari jips yaqinlashib keldi, ayrim yillari hatto 
uni quvib o‘tdi. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro turizmda asosiy 
harajatlarni industrial rivojlangan davlatlar qilayapti, xususan AQSH, 
Germaniya, Buyukbritaniya va Ispaniya. Jami harajatlarning uch qismiga 
yaqini ana shu to‘rt davlat ulushiga to‘g‘ri keladi. Ulardan tashqari 
xalqaro turizm harajatlarini shakllantirishda, ularni kattaligi va tarkibida 
«kata yettilik»ning boshqa a’zolari – Fransiya, Italiya va Kanada sezilarli 
rol o‘ynaydi. 90-yillarning ikkinchi yarimida salmoqli xalqaro turizm 
harajatlarini shakllantirayotgan guruh mamlakatlarga Skandinaviya 
mamlakatlari (Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya), ba’zi G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlari (Avstriya, Shveysariya, Benilyuks mamlakatlari), Lotin 
Amerikasining yangi industrial 60 mamlakatlari (Braziliya, Argentina, 
Venesuela), Osiyo mamlakatlaridan – Xitoy, Singapur, Malayziya 
qo‘shildi. Shuni ta’kidlash joizki, xalqaro turistik harajatlar umumiy 
hajmida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari ulushi uncha kata 
emas. Ular orasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilar qatorida turuvchi 
Rossiya va xalqaro turistik harajatlar rekord o‘sishini namoyish etayotgan 
Polsha alohida ajralib turadi. Besh yil ichida, 1991 yildan 1995 yilgacha 
polyaklarning xorijga ommaviy safarlari 40 martaga ko‘paygan. 
Avstralosiye subregioni (Avstraliya va Yangi Zellandiya) jahon turistik 
bozorida kamtarona o‘rinni egallab turibdi. 2000 yilda hamma xorijiy 


95 
turistik safarlarning 0,6 % va jahonda xalqaro turizm harajatlarining 2 % 
uning hissasiga to‘g‘ri keladi, xolos.
Ammo xorijga bir safar uchun aholi sarflayotgan turistik harajatlar 
ko‘rsatkichi bo‘yicha shubhasiz Avstraliya yetakchi hisoblanadi. 
Sayohatga sarflar yuqoriligi subregionning asosiy turizm markazlaridan 
uzoqligi bilan izohlanadi. Safar qiymatida sarflar ulushining 30 % xalqaro 
transport tashishiga to‘g‘ri keladi. Belgilangan joyga yetib borish uzoqligi 
transport harajatlarini qoplash shunga majbur etadi. Avstraliya va Yangi 
Zelandiya aholisiga xorijga safar o‘rtacha, 2604 dollarga (transport 
harajatlari qo‘shilgan holda) tushadi. Bu jahon o‘rtacha darajasidan uch 
barovar ko‘pdir. Safar harajatlari kattaligi hududlar bo‘yicha ayniqsa 
jahonning subregionlari bo‘yicha sezilarli farqlanadi. Ko‘rsatkichlar 
ahamiyati yoyib chiqilsa 10 karra kattalikni tashkil etadi. Keyingi 
o‘rinlardan birida Markaziy va Sharqiy Yevropa turibdi. Sobiq sotsialistik 
mamlakatlar fuqarolari eng tejamli turistlar bo‘lib chiqishdi. 1990 yilda 
ular xorijga safarga (transport harajatlarini ham hisobga olgan holda) 
o‘rtacha 25,3 dollar sarflangan. Yetarli mablag‘ga ega bo‘lmasdan, ular 
jahonni ko‘rish ishtiyoqida hamma narsadan tejab qolishgan. Shaxsiy 
avtomobilida yo‘lga chiqishda o‘sha davrdagi jahon turistik oqimining 
o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlaridan o‘zib benzin va yeguliklarni g‘amlab 
olishgan. 
Bu tendensiya 1973-1974 yillardagi jahon energetika krizisidan 
keyin paydo bo‘la boshladi. U sezilarli ravishda jahonda turistik 
xizmatlar, tovarlar va ishchi kuchlari, ayniqsa iqtisodiy rivojlangan 
davlatlarda, qimmatlashgani bilan bog‘liq. Chunki, xalqaro turistik 
almashinuvlarning kata qismi shu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 


96 
Xalqaro turizmdan tushumlarni regional – hududiy taqsimlanishi asosan 
turistik tashriflarning geografiyasi bilan mos keladi. Urushdan keyingi 
butun davrda, 1950 yildan tashqari, eng daromadli turistik hudud bo‘lib 
Yevropa hisoblanib kelinmoqda. Ammo umumiy tushumlar hajmida 
uning ulushi salmog‘i asta-sekin pasayayapti. Bu turistlar harajatlarini 
o‘rtacha jon boshiga kamayishiga nisbatan qisqa davom etadigan safarlar 
bozorini gurkirab rivojlanishi bilan izohlanadi. 60-yillar o‘rtalaridan 
boshlab Osiyo-Tinch okeani hududi salmog‘i jadal ko‘paymoqda. Bu 
hududda turistik daromadlar o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlarining eng 
yuqorisi (1985-1995 yillarda 18,5 %) bo‘lgani qayd etilgan. 90-yillaridagi 
moliyaviy krizis-inqiroz bu hududda xalqaro turizmdan tushumlar 
dinamikasiga sezilarli o‘zgartirishlar kiritdi. O‘sish sur’atlari keskin 
tushib ketdi va 1999 yilga nisbatan 1998 yilgi 2,2 % darajani tashkil qildi.
Turistik tushumlarda Amerika ulushi AQShning faol turistik 
siyosat olib borishi natijasida oshib bormoqda. Bunga Kanada va Meksika 
o‘rtasida ichki regional turistik almashinishning tezlashgani, yaqinda 
tashkil qilingan Shimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasi doirasida 
integratsiya aloqalarining kegayayotgani yordam bermoqda. Turistik 
tushumlarda Afrika ulushining juda pastligi o‘ziga diqqatni tortadi (1998 
y. 2,2 %). Ayniqsa daromadlarga taqqoslanganda u 4% ni tashkil qilgan. 
Bunday vaziyat hududining umumiy iqtisodiy stagnatsiyasi va o‘z 
daromadlarining sezilarli qismini Afrika bozorlarida ishlayotgan xalqaro 
turistik agentlar va mehmonxona korporatsiyalariga o‘tkazilishi oqibatida 
vujudga keldi. Xalqaro turizmdan tushumlar rivojlangan Shimoliy 
Amerika mamlakatlari (AQSH, Kanada) va G‘arbiy Yevropa (Fransiya, 
Buyukbritaniya, Germaniya), O‘rta yer dengizi (Italiya, Ispaniya, 


97 
Gresiya), va Alp (Avstriya, Shveysariya) mamlakatlarida to‘planayapti. 
Ularning ulushi jami tushumlarning yarimini tashkil qiladi. Hozirgi 
paytda 15 eng daromadli turistik mamlakatlar ruyxatini AQSH 
boshqarmoqda. Ular kata o‘sish bilan oldinlanib ketgan holda keyingi 
yillarda o‘z turistik daromadlarini tobora ko‘paytirib borishayapti. BTT 
ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda xalqaro turizmdan tushgan tushumlar 
hajmi ikkinchi yarmidagi Fransiyadagidan 2,4 marta oshgan 1980 yilda 
ular o‘rtasidagi farq kam sezilarli – 1,2 marta (mos ravishda 10,1 va 8,2 
mlrd. dollar) edi. So‘nggi yillarda yetakchi o‘nlikka shuningdek Xitoy 
ham kirdi. U 25 - o‘ringa ko‘tarildi. Markaziy va Sharqiy Yevropa 
davlatlaridan birortasi 7 mlrd. lik marrani zabt etisholmadi. Yaxshi 
natijani RF qo‘lga kiritdi (1998 y. 6,5 mlrd. dollar). Biroq sobiq 
soitsalistik mamlakatlar tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatishdan 
tushumlar hajmini tez ko‘paytirib borishayapti. 
Besh yilda, 1992 – 1996 yillar davomida jahonda turistik 
daromadlar 40 % ga oshgan holda, Litvada 26 martaga, Estoniyada 17 
martaga, Moldava Respublikasida 15 martaga o‘sdi. Xalqaro turizmdan 
tushumlar hajmi turistik yo‘nalishdagi daromadlar darajasini baholashda 
keng foydalaniladi. Ammo aniqroq ko‘rsatkich bo‘lib, bitta kelishdan va 
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan turistik daromad miqdori hisoblanadi. 
Bu ko‘rsatkichlarga asoslangan manzara yuqorida keltirilganlardan 
keskin farq qiladi.
1995 y. BMT turistik yo‘nalishning daromadligini tadqiq qilib 
ko‘rdi. Bir kelishdan tushgan tushum o‘rtacha 708 $ ni tashkil etdi. Bu 
ko‘rsatkich jahon bo‘yicha kuchli aralash-quralash bo‘lib ketdi. 


98 
Kelishlardan tushgan daromad asosiy bosh turistlar yetkazib 
beruvchilar bilan umumiy quruqlik chegarasiga ega bo‘lgan mamlakatlar 
(Kanada, Meksika) da (AQSH bilan chegara ko‘zda tutilayapti) kam 
bo‘ldi. Shuningdek sobiq sotsialistik mamlakatlar (Xitoy)da ham past 
bo‘ldi. 
Kelishlardan tushgan yuqori daromad chiqish turizm yirik 
bozoridan uzoqlashgan, hayot qiymati yuqori harakterli yoki elita 
turistlariga mo‘ljallangan joylarda ko‘zga tashlandi. Malayziya va 
Indoneziya turistik yo‘nalishning daromadlik farqiga klassik misol bo‘lib 
xizmat qila oladi. Har ikkala mamlakat ham turizm rivojlanishining bir 
bosqichida turibdi. Ammo Malayziya asosan turistlarni qo‘shni Singapur 
va 62 Tailanddan qabul qiladi. Uning kelishlardan tushgan daromadi 1995 
y. da 523 dollarni, Indoneziyaniki esa 1209 dollarni tashkil etgan. BTT 
tadqiqotlari natijalari shuni ko‘rsatdiki, 1995 yil bir kelishdan tushgan 
daromadlar bo‘yicha Shimoliy Yevropa mamlakatlari yetakchilik qildi – 
Daniya (2,3 ming $). Xalqaro turizmdan tushgan tushumlar mutlog‘ 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular birinchi o‘nlikka kirishgani yo‘q. AQSH 1-
o‘rindan 19-o‘ringa tushib ketdi. Bir kelishdan 1,4 ming dollar. Fransiya, 
Italiya va Ispaniya nisbatan daromadliroq 50 davlatlar qatoridan umuman 
joy 
ololmadilar. 
Bu 
albatta 
milliy 
turistik 
ma’muriyatlarni 
tashvishlantirmasdan qolmaydi. 4.3. Turizmda statistik hisob usullari 
Xalqaro turizm statistikasi axborotlarni yig‘ishning turli shakllaridan 
foydalanadi. Statistik kuzatuvlarni hisobotlar orqali yoki bevosita maxsus 
tekshiruvlar o‘tkazish bilan olib boriladi. Hisobotlar orqali statistik 
kuzatuvlar. Bu holatda statistik ma’lumotlar korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar va boshqalardan belgilangan shakl va muddatlarda olinadi. 


99 
Ular buxgalterlik hisobi va operativ ma’lumotlar asosida hisobotlar 
tayyorlab, bularni statistika organlariga topshiradilar. Xuddi shu 
hisobotlar turizm to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. 
Statistikada turistik oqimlar kelishi miqdori va bo‘lish davomiyligi haqida 
axborotlarni immigratsiya xizmati yoki joylashtirish vositalaridan ham 
olish mumkin. Hozirgi vaqtda jahondagi 60 mamlakatda turistlar 
chegarada va 40 davlatda joylashtirish vositalarida qayd etiladilar. 
Chegarada hisob mamlakatga kirish va undan chiqib ketishda 
immigratsiya nazorati vositalari orqali yuritiladi. Bu nazorat o‘tkazish 
punktlari, aeroportlar, temiryo‘l vokzallari, dengiz portlari, chegara 
postlari va h.k. larda amalga oshiraladi. 
Sayohatchi shaxs haqida asosiy axborot manbai bo‘lib maxsus qayd 
qilish shakli – kirish (chiqib ketish) kartochkasi, shuningdek chet elga 
chiqish pasporti va vizalar hisoblanadi.Ularda turistning jinsi, yoshi, 
uning doimiy yashash joyi (fuqaroligi) va borayotgan mamlakati
maqsadi, safar muddati va boshqa ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Bu 
ma’lumotlarni yig‘ishni tashrif buyuruvchining chiqishida amalga 
oshiriladi. Turist qaytishida o‘zining chiqishiga qaragandagidan aniqroq 
axborot berishi mumkin. Sayohat yo‘nalishi va muddatlarga ko‘pincha 
har xil vaziyatlar (obhavoning o‘zgarishi, sog‘ligining yomonlashuvi, 
yangi diqqatga sazovar joylar haqida qo‘shimcha axborot olishi va 
boshqalar) ga qarab safar chog‘ida aniqlik kiritiladi. Chegarada hisobga 
olish usuli juda ko‘p mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Ulardan ayrimlari 
chegara statistikasi yuritish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni 
mustahkam yo‘lga qo‘yishgan. Misol uchun, Kanada davlati AQSH 
safaridan qaytgan o‘z fuqarolari to‘g‘risida ma’ulumot yig‘adi va bu 


100 
axborotlarni Qo‘shma Shtatlar Milliy turistik ma’muriyatiga taqdim etadi. 
AQSH va Kanadadan tashqari, kirish chegara statistikasi shakli 
Buyukbritaniya, Irlandiya, Ispaniya, Kipr, Portugaliya, Avstraliya, 
Singapur, Turkiya, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari (Polsha, 
Vengriya, Belgiya) va boshqalarda ham yuritilmoqda. 63 Mamlakatlar 
bo‘ylab kirish (chiqish) kartochkalarining shakllari farq qilishni hisobga 
olib, BMT namunaviy kartochkalar ishlab chiqdi va barcha a’zolariga 
undan foydalanishni tavsiya etdi (shakl 1). Shakl 1 Kirish (chiqish) 
kartochkasining namunaviy nusxasi Immigratsion № kelish kartochkasi 
xizmat Barcha sayyohat qiluvchi shaxslarning yoshidan qat’iy nazar 
(pasport ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi); 
1. Familiyasi Ismi
2. Jinsi (Erkak Ayol) 
3. Tug‘ilgan sanasi (kun ,oy, yil) 
4. Fuqaroligi
5. Mashg‘ulot turi 
6. Borib ko‘radigan mamlakatdagi turar joyi adresi (uy, ko‘cha, 
shahar). 
7. Doimo yashaydigan mamlakat (uy adresi) (uy, ko‘cha, shahar)
8. Pasport № ,Berilgan joyi,Berilgan sanasi (oy, kun, yil)
9. Keluvchi passajirlar uchun chiqish punkti, to‘xtash punkti
Shuning uchun chegarada hisobga olishdan tashqari, statistik 
kuzatuvning boshqa joylashish vositalariga kelishni qayd etish usuli 
qo‘llaniladi. U muvoffaqiyatli ravishda chegara statistikasini to‘ldiradi, 
ayrim mamlakatlarda esa uning o‘rnini bosadi. 


101 
Otellarda va boshqa joylashish vositalarida statistik kuzatuvlar 
chog‘ida to‘planadigan ma’lumotlar mamlakat bo‘ylab keluvchilarni 
taqsimlash, xalqaro va ichki turistlarning istaklarini aniqlash joylashish 
tiplarini tanlash, mehmonxona bazalarining gavjumligini nazorat qilish 
imkonini beradi. Bu usul anchagina oddiy, lekin xodimlardan birlamchi 
hisob operatsiyalarini bajarishda xushyorlikni oshirish, intizomlik va 
sarishtalikni talab qiladi. Turistlarga joylashish chog‘ida maxsus 
formadagi mehmon kartochkasi beriladi. Ular har bir tashrif buyuruvchi 
tomonidan alohida yoki tez-tez g‘arbda yo‘l qo‘yilganiday hamrohlik 
qilayotgan shaxslar soni ko‘rsatilgan holda faqat oila boshlig‘i tomonidan 
to‘ldiriladi.
Kartochkada ko‘rsatilgan grafalarni to‘ldirishdan tashqari bir qator 
otellarda ishbilarmon turistlardan kompaniya joylashgan manzilgoh, 
mehmonxona haqi to‘lovi turi (naqdmi, kredit kartochkasi yordamidami, 
pul o‘tkazish yo‘li bilanmi)ni aytish so‘raladi. Qayd etish shaklida oteldan 
foydalanishning asosiy qoidalari va ichki tartib, xususan yong‘in 
xavfsizligi 
ko‘rsat 
(https://fayllar.org/turkmaniston-hududida-
joylashgan-bu-manzilgoh-1955--1963-yilla.html)ilgan bo‘lishi mumkin. 
Mijoz imzosi unga berilgan ushbu ma’lumotlar – yashash qoidalari, 
xizmat haqlari, boshqa amaldagi tartiblar bilan tanishganini tasdiqlaydi. 
Mehmonxona kartochkalarining shakllari mamlakatlar bo‘yicha farq 
qiladi. BMT korxonalar bo‘yicha mehmonlarni joylashtirish, axborot 
bilan ta’minlashda xalqaro darajani bir xilligiga erishish uchun 
namunaviy shakllarini tuzdi (shakl 2). Shakl 2 Joylashtirish vositalari 
uchun qayd qilish shakllarining namunaviy nusxasi Otel, (nomi) shahar 
mamlakat Familiyasi,Ismi, Fuqaroligi,Kasbi ,Tug‘ilgan yili ,(kun, oy, yil) 


102 
Tug‘ilgan joyi, Doimo yashaydigan mamlakat (uy adres, (mamlakat), 
(shahar, ko‘cha) Mamlakatdan keldi, Mamlakatga yo‘l oladi, Taransport 
turlari,avtomobilning qayd qilingan nomeri Pasport berilgan joyi,berilgan 
sanasi, (oy, kun, yil) Otelga kelgan sanasi,Jo‘nab ketgan sanasi ,Kishilar 
soni, kuzatib boruvchi oila boshlig‘I, (shahar sana), (sayyohat qiluvchi 
imzosi) Mehmon kartochkasidan tegishli ma’lumotlar kelishning qayd 
qilish daftariga o‘tkaziladi va nomer fondining yuklanish daftarida takror 
qayd qilinadi. Mehmonlarning kelishi va jo‘nab ketishi, tashrif 
buyuruvchilar harakati haqida birinchi yozuv amalga oshiriladi. Ikkinchi 
bo‘lib joylashish vositalarining o‘tkazish qobiliyati, nomer fondi tarkibi 
va undan foydalanish ko‘rsatiladi. Daftarda to‘plangan axborotlar 
kelishlar sonini, bo‘lishning o‘rtacha davomiyligi, shuningdek 
nomerlarning yuklanishini aniqlashga yordam beradi.
Kompyuter tizimi bilan jihozlangan yirik otellarda birlamchi hisob 
operatsiyalarining bajarilishi va ularni keyingi qayta ishlash uchun 
maxsus dasturlardan foydalaniladi. Manzara to‘liq va ishonchli bo‘lishi 
uchun oqim yuqori bo‘lgan mavsum bilan cheklanib qolmasdan, otellarda 
yoki boshqa joylashish vositalarida to‘xtab o‘tgan, jumladan uzoq 
muddatli, barcha mehmonlarni qamrab olgan holda statistik kuzatuvlar yil 
davomida olib borilishi zarur. 66 Kelishlarni qayd etish va nomerlarning 
yuklanishini aks etgan daftar statistik hisobotlarning tegishli formalarini 
to‘ldirishga xizmat qiladi. U joylashish vositasi harakteristikasi aks etgan 
(tip, kategoriya, o‘yinlar soni, band xodimlar soni va boshq.), har kuni 
kelayotgan mijozlar, ularni mamlakat bo‘ylab bo‘linishi, nomerlar 
yuklanishining yakuniy qismi va bir oyda kelishlar miqdori 
ko‘rsatiladigan jadvaldan iborat. 


103 
Formaning orqa tomonida uni to‘ldirish va axborotlarning 
ishonchligini kafolatlagan statistika organi haqida yo‘riqlar, ma’lumotlar 
keltirilgan. Hisobotning amaldagi shakli joylashtirish korxonalari 
tomonidan to‘ldiriladi va har oyda belgilangan muddatda milliy turistik 
ma’muriyatga yoki statistika organlariga topshiriladi. Bu yerda turistik 
kelishuvlar va tunashlar, o‘rtacha bo‘lish davomiyligi, xonalar miqdori va 
o‘rinlar soni, bandlik soni, nomer fondi yuklanishi, kalendar oylari 
bo‘yicha guruhlanishi, mamlakatda turistlar doimiy yashaydigan joy, 
joylashish tipi va kategoriyasi, ularning manzili haqida olingan statistik 
materiallar ishlab chiqiladi. Bunday katta hisob-kitob ishlarini 
muvaffaqiyatli olib borish, barcha joylashish vositalari, mehmonxonlarni 
qayd etish bo‘yicha ma’lumotlarning to‘liq bo‘lishiga bog‘liqdir. Ammo 
bu korxonalarning ayrimlari ular bergan ma’lumotlar soliq xizmatlarining 
diqqatini tortishi va jiddiy ko‘ngilsizliklar keltirib chiqishidan xavfsirab 
to‘ldirilgan formalarni qaytarishmaydi. Ma’lumotlar jadvalini tuzish va 
hisob-kitoblarni umumlashtirishda o‘rganilayotgan holatlar to‘liq qamrab 
olinadi. Bunda o‘tgan davrga doir ma’lumotlardan foydalaniladi va 
taqqoslanadi. Bu yakuniy manzarani buzmaydi, chunki bundan joylashish 
vositalari hajmi va oboroti odatda uncha kata bo‘lmaydi. Joylashtirish 
vositalarida kelishni qayd etish Germaniya, Shveysariya, Ispaniya, 
Marokko, Tunis, Nigeriya, Senegal, Tanzaniya va boshqa mamlakatlarda 
yuritilmoqda. Statistik kuzatuvning ko‘rib chiqilayotgan usuli keng 
tarqalgan, shunga qaramay u bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, 
statistik tadqiqotlardan bir kunlik tashrif buyuruvchilar tushib qoladi, 
xususiy turistlar esa boshqa mehmonlar qatorida qayd etiladilar va ko‘p 


104 
hollarda mustaqil kategoriyaga ajratilmaydilar. Misol uchun, g‘arbda 
otellar mehmoni ko‘pincha mahalliy aholi bo‘lishadi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin