Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Xorazm viloyatida turistik infratuzilmalarni rivojlantirishning



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

 
Xorazm viloyatida turistik infratuzilmalarni rivojlantirishning 
huquqiy asoslari 
Turizm sohasiga oid ishlab chiqilgan ilk me'yoriy hujjat bu - 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
1992yil 
27iyuldagi 
«O'zbekturizm» MKni tashkil etish to'g`risida»gi Farmoni va O'zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
shu 
yil 
20oktyabrdagi 
«O'zbekturizm» MK faoliyatini tashkil etish masalalari haqida»gi 
qaroridir. Mamlakatimizda jahon andozalariga javob beradigan turizm 
tizimini barpo etish, ushbu soha boshqaruvini takomillashtirish, uning 
iqtisodiy samaradorligini oshirish, shuningdek, mamlakatimizda mavjud 
bo'lib kelgan va sobiq ittifoqqa bo'ysungan turistlik tashkilotlar va 


66 
muassasalarni respublika ihtiyoriga o'tkazish ushbu farmon va qarorning 
bosh maqsadi qilib olindi. Mazkur farmon O'zbekistonda turizm sohasini 
takomillashtirish, uni yangi bosqichga ko'tarish, «O'zbekturizm» MK ni 
tuzish uchun dastur bo'lib hizmat qildi. Keyingi yillarda ishlab chiqilgan 
muhim hujjatlar qatoriga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 
1995yil 2iyundagi «Buyuk Ipak yo'li» ni qayta tiklashda O'zbekiston 
Respublikasi ishtirokini avj oldirish va Respublikada xalqaro turizmni 
rivojlantirish borasidagi choratadbirlar to'g`risida»gi farmoni hamda 
mazkur farmonni amalga oshirish maqsadida e'lon qilingan O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007yil 31iyundagi «O'zbekiston 
Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo 
etish choratadbirlari to'g`risida»gi qarorini kiritish mumkin. O'zbekiston 
tarihi uzoq ajdodlari buyuk, madaniy merosi sermazmun ko'hna 
yurtlardan biridir. Ayniqsa, mamlakatimizni sharq va g`arbni bog`lab 
turuvchi «Buyuk Ipak yo'li» dagi belbog` sifatida yahshi bilamiz. «Buyuk 
Ipak yo'li» qariyib ikki ming yillik tarihga ega. Uning bir uchi Hitoy 
bo'lsa, ikkinchi uchi Italiyadir. Bu yo'lni «Ipak yo'li», «Karvon yo'li» deb 
ham ataladi. Bunday nom berilishiga sabab, ipak mahsulotlari karvonlar 
orqali tashib o'tilgan, Shuningdek, bronza, chinni, jun homashyolari va 
ulardan tayyorlangan buyumlar ham olib o'tilgan. «Buyuk Ipak yo'li»da 
nafaqat savdosotiq, shu bilan birga madaniyat, san'at, ilmfan, ma'naviyat, 
ma'rifat, odobuahloq, tinchlik, turizm, targ`ibot tashviqot (reklama), talab 
va taklif (marketing) ham muttasil shakllangan, yuqori darajaga etgan. 
«Buyuk Ipak yo'li»da ko'hna Turkiston hududi yetakchi o`ringa, 
Samarqand, Buhoro, Hiva, Termiz, Ho'jand, Chorjuy kabi shaharlar esa 
muhim ahamiyatga ega bo'lgan. 


67 
Hozirgi O'zbekiston hududi bu yo'lning qoq markazida joylashgan. 
Sohibqiron Amir Temur davrida «Buyuk Ipak yo'li» keng rivojlangan. 
Shularni e'tiborga olib, qabul qilingan ushbu hujjatlar g`oyat muhim 
xalqaro turizm yo'nalishi - «Buyuk Ipak yo'li»ni qayta tiklash, bunga 
horijiy turistlarni jalb etish, shuningdek, mamlakatimizda zamonaviy 
turizm siyosatini vujudga keltirishga asosiy maqsadni qaratdi. Buning 
uchun esa: «Buyuk Ipak yo'li»dagi shaharlar - Samarqand, Buhoro, Hiva 
va Toshkentda xalqaro turizm bo'yicha mahsus ochiq iqtisodiy mintaqalar 
tashkil etish, mazkur shaharlarning aeroportlari va temir yo'l vokzallarida 
horijiy turistlar uchun bojhona rasmrusumlarining xalqaro me'yorlarga 
mos soddalashtirilgan tartibi, tranzit turistlar uchun mahsus bojhona 
zonalari, turistlik tashkilotlar uchun soliq imtiyozlari joriy qilish
imtiyozli kredit berish ko'zda tutildi. Farmon va qarorlarning muhim 
jihatlaridan biri shu bo'ldiki, unda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzurida turizm bo'yicha Idoralararo Kengash tuzilib, ushbu 
Kengash faoliyatining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilab 
berildi:
1. Turizm sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
2. Jahon andozalari darajasida kichik va o'rta mehmonhonalar, 
motell 
3. Kempinglar tarmog`i shakllantirilishini muvofiqlashtirish;
4. Sayrtamoshalar zamonaiy industriyasini, madaniy va sport – 
sog`lomlashtirish markazlarini barpo etishga ko'maklashish;
5. Noyob turizm imkoniyatlari va tarihiy - madaniy merosini keng 
ko'lamda targ`ib qilinishi va maskanlashtirishni tashkil etish;


68 
6. Turizm tizimida muvofiqlashtirilgan ilmiy-tehnikaviy va 
investitsiya siyosatini o'tkazish;
7. Turizm sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni 
ta'minlash.
8. Yurtimizda turizm ishini yanada rivojlantirish va uni tashkil 
etishni takomillashtirish, turizm hizmatlari bozorida kichik va o'rta 
turistlik 
tashkilotlarining 
qatnashishini 
faollashtirish, 
horijiy 
sarmoyadorlarni turizm sohasidagi faoliyatga keng jalb qilish maqsadida 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 8 avgustda 
«Turizm tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish 
to'g``risida» qaror qabul qildi. Qarorda hususiy turistlik tashkilotlar 
uyushmasi (bundan buyon - HSTU) ni tashkil etish va uni «O'zbekturizm» 
MK tarkibiga a'zo sifatida kirishi belgilab berildi. Shuningdek, 
«O'zbekturizm» MK HSTUga turistlik tashkilotlar faoliyatini tashkil 
etish, marketing, malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash 
hamda turizm faoliyati sohasida qonun hujjatlariga rioya etish bilan 
bog`liq masalalarda uslubiy va huquqiy yordam ko'rsatishni ma'lumot 
uchun qabul qilindi. Qarorga muvofiq, MK tarkibiga kiruvchi korhona va 
tashkilotlar ro'yhatiga, boshqaruv hodimlarining cheklangan soni 55 
nafardan iborat bo'lgan (hizmat ko'rsatuvchi hodimlarsiz) ijro etuvchi 
apparat tuzilmasiga, HSTU ning namunaviy tashkiliy tuzilmasiga va 
uning boshqaruvini ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasiga 
ilovalarga muvofiq rozilik berildi. HSTU boshqaruvi raisi lavozimiga 
ko'ra «O'zbekturizm» MK raisining o'rinbosari hisoblanadigan bo'ldi. 
➢ HSTU faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar 
belgilandi: 


69 
➢ «Buyuk Ipak yo'li» ni tiklashda, respublikada turizmning 
zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirishda faol qatnashish; 
➢ Uyushma a'zolari bo'lgan hususiy turizm tashkilotlariga 
ko'maklashish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish; · turizm sohasida 
marketing tadqiqotlarini o'tkazish; 
➢ Xususiy 
turizm 
tashkilotlarini 
rivojlantirishga 
horijiy 
sarmoyadorlarni va mamlakatimizdagi yuridik va jismoniy shahslarning 
mablag`larini jalb qilish; 
➢ «O'zbekturizm» MK da, davlat organlarida va jamoat 
tashkilotlarida 
uyushma 
a'zolari 
bo'lgan 
hususiy 
sayyohlik 
tashkilotlarining manfaatlarini ifodalash; 
➢ Uyushma a'zolariga axborot, maslahat va uslubiy yordam 
ko'rsatish; 
➢ Turizm biznesi sohasida hodimlarning kasb tayyorgarligiga va 
ularni qayta tayyorlashga ko'maklashish. O'zbekistonda turizm sohasini 
yangi bosqichga ko`tarishda Respublika Prezidentining 1999 yil 15 
apreldagi «2005 - yilgacha bo'lgan davrda O'zbekistonda turizmni 
rivojlantirish Davlat dasturi to'g`risida» gi Farmoni alohida ahamiyatga 
egadir. Ushbu Farmon millatlararo aloqalarni kengaytirish va 
mustahkamlashga ko'maklashish hamda xalqaro turizm bozoriga uzviy 
qo'shilish, O'zbekistonning madaniytarihiy va ma'naviy merosini jahon 
hamjamiyatiga targ`ib qilish, shuningdek, turistlarga hizmat ko'rsatish 
sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko`tarish maqsadida qabul qilinib, 
2005 - yilgacha bo'lgan davrda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish 
Davlat dasturi va uni amalga oshirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi 
Kengash tarkibi tasdiqlandi. Farmonda mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, 


70 
turistlik tashkilotlar horijdan keltiriladigan tehnologiya va mehmonhona 
uskunalari, turizm maqsadlariga mo'ljallangan transport vositalari uchun 
bojhona bojlari to'lashdan uch yil muddatga ozod qilinishi ko'rsatib o'tildi. 
Shuningdek, «O'zbekturizm» MK tizimidagi korhonalarga horijiy 
turistlarga erkin ayirboshlanadigan valyuta hisobidan turistlik hizmat va 
qo'shimcha hizmat ko'rsatish huquqi berilib, buning uchun mahsus 
kassalar ochilishiga ruhsat berildi. «Umid» jamg`armasi har yili 
studentlarni turizm industriyasi mutahassisliklari bo'yicha yetakchi 
horijiy mamlakatlarga ta'lim olish uchun yuborishni ko'zda tutishi 
ko'rsatib o'tildi. O'zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar, Moliya va 
Madaniyat ishlari vazirliklarining va «O'zbekturizm» MKning 
O'zbekiston Respublikasining AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Fransiya va Italiyadagi elchihonalarida madaniyat va turizm 
masalalari bo'yicha maslahatchi lavozimi birliklarini joriy etishlariga 
ijozat berildi. Ushbu Davlat dasturi olti bo'limdan iborat bo'lib,

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin