Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Turizmda qatnashuvchilar asosan 3 guruhga bo‘linadi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Turizmda qatnashuvchilar asosan 3 guruhga bo‘linadi 
Yolg‘iz yani alohida sayohat qiluvchilar. Masalan, ma’lum bir 
maqsadlarda sayohatga chiqish yoki ilmiy ish yuzasidan va boshqa 
maqsadlarda alohida sayohat qilishni o‘z ichiga olsa. 


45 
Oilaviy ya’ni oila azolari bilan ma’lum bir hududga, ma’lum 
obyektga dam olish maskanlariga bo‘rib sayohat qilishni o‘z ichiga olsa. 
Guruh bilan ma’lum bir konferensiya, sport, tadqiqot ishlari 
bo‘lishi mumkin va shu singari masalalarda sayohat qilishni o‘z ichiga 
oladi. 
Tashkiliy shakli bo‘yicha 2 ga bo‘linadi. Ular:
Tashkiliy va ixtiyoriy. 
Tashkiliy o‘z navbatida ma’lum bir guruh yoki muassasa 
tomonidan tashkillashtirilgan turizm shakli bo‘lsa. 
Ixtiyoriy turizm esa odamning o‘z hohishidan kelib chiqqan holda 
yoki ma’lum bir guruh hohishidan kelib chiqqan holda turizmni amalga 
oshirish. 
 
7-mavzu. Turistik yo’nalishlarning paydo bo’lishi va 
shakllanishining iqtisodiy asoslari 
REJA: 
1. Turistik yo’nalishlarning paydo bulishi va shakllanish omillari ? 
2. Buyuk Ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlari bo‘ylab turlar 
uyushtirish? 
3. Qashqadaryo vohasining cho‘l mintaqasi bo‘ylab 
uyushtiriladigan? 
4. Adir mintaqasi bo‘ylab uyushtiriladigan turistik marshrutlar? 
 
Turistik yo’nalishlarning paydo bulishi va shakllanish omillari 
Turistik yo’nalishlarning paydo bulishi va shakllanish omillari har 
xil bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat. Turizm sohasi uchun 


46 
birinchi omil bu kadrlarning bilim va tajriba potentsiali hisoblanadi tur 
mahsulotning soni va sifati, turizm rekreatsiya resurslariga, klimatik ob-
xavo sharoitlariga, tarixiy va arxeologik joylarning sifat ko’rsatkichlariga, 
milliy o’yinlarning, bayramlarning va milliy tovarlarning soni va sifatiga, 
milliy taomlarning dunyo andozalariga javob berishiga, transport sifatiga 
va soniga qarab yo’nalishlar shakllanadi. Turizmda yo’nalishlarning 
ijtimoiy va iqtisodiy o’sishiga quyidagi gurux omillar ta’sir qiladi 
siyosiy omillar, ikki davlat o’rtasidagi munosabat, shartnomalar, 
tovar va turist almashish va davlatda barqarorlik; 
iqtisodiy omillar, turistik tashkilotlar, infrastrukturaning sifati, 
iqtisodiy engilliklar, moliyaviy investitsiyalar, bank ssudalari; 
tabiiy omillar, tarixiy va arxeologik inshootlar, daryo, dengiz va 
kullar, er osti davolovchi suvlar, toglardagi chiroyli manzaralar; 
ilmiy-texnik omillar, zamonaviy xizmat ko’rsatish yullari va 
usullari, yangicha texnika va texnologiyalar, ilmiy tajribalar; yangi 
turistik menejment, marketing bilimlari, turistlarga maxsus ma’ruza 
matnlarining mavjudligi va h.k.z. 
❖ Insoniyat tarixining uzoq davri mobaynida iqtisodiy sabablar 
tufayli sayohatlar muhim o’lchovda qilinadi. Tovarini sotish va boshqa 
yerlardaish ko’rish maqsadida ruyobga chiqqan kuchishlar sayohatlarni 
tarkib toptirdi, Bularning yonida muqaddas yerlarni ziyorat qilish va 
urushlardan qochish ham muhim sayohat sabablari orasida edi. Bu 
jihatdan sayohat qilishning ma’nosi qiyinchiliklar va tashvishlarga duchor 
bo’lishi edi. Ammo bugungi kunga kelib, hozirgi zamon insonlari turli xil 
sabablar tufayli sayohat qilayaptilar. Bu to’g’rida birbiriga o’xshagan 
takliflar bor. Batafsil bo’lishi uchun bu erda sayohat motivlariga aloqador 


47 
aniq ta’rif ustida to’xtalib o’tish zarur. Jon A.Tomasning taklifiga asosan 
18 ta sayohat yo’nalishlari motivlari bo’lganini ifoda qilgan. Bular 
quyidagilardir: Ta’lim va madaniyatga aloqador yo’nalish motivlari; 
1. Boshqa jamiyatlarning yashash va ishlash tarzini ko’rish. 
2. Ajoyib yerlarni tamosha qilish. 
3. Aktual hodisalarni yanada yaxshi tushunish.
4. Madaniyat yoki san’at voqealarida ishtirok yetish, dam olish 
motivlari. 
5. Kundalik hayotdan, monotonlikdan va konunlardan kochish.
6. Xush va o’yin-kulgili vaqt o’tkazish.
7. Yangi aloqalar o’rnatish.
8. Kishining, oilasining negizi kelib chiqqan yerlarni ziyorat qilish.
9. Kishining, oilasining do’stlari joylashgan yerlarni ziyorat qilish.
10. Sog’liq (quyosh, quruq iqlim).
11. Sport faoliyatlari (so’zish, changida uchish, baliq tutish). 
12. Iqtisodiy arzon yashash.
13. Sarguzasht (yangi erlar, insonlar, tajriba).  
14. Moslashish.
15. O’zini oliyjanob qilib ko’rsatish.
16. Tarixiy erlarni ziyorat qilish.
17. Ijtimoiy motivlar (dunyoni tanish). 
Umuman olganda turistlarning psixologik xarakterlariga mos 
muomila shakllariga ko’ra har xil yo’nalishlar tashkil qilinib turistlar 
guruxlarga ajratiladi. Psixologik ma’lumotlar ichida kishi keng yashash 
tarzi, yaratgan obrusi, munosabatlari, sayohatga bo’lgan qiziqishi, oilaviy 
ahvolida ko’rsatgan muomalasiga qarab chiqiladi. Bu ma’lumotlarga 


48 
asosan so’rov anketalari va o’zaro uchrashuvlar bilan qo’shimcha 
kiritiladi. Turizm bo’yicha ispan olimi T.Plog tomonidan ro’yobga 
chiqarilgan sayohat yo’nalishining paydo bo’lishi motivatsiya bilan 
bog’liq tadqiqotlar natijasida farqlibir xulosa o’rtaga chiqqan. 
T.Plog 
izlanishlari 
natijasiga 
ko’ra sayohat qiladiganlar 
bo’linmaydigan davomli bir qator shaklda qo’yilsa, uch shakldagi 
yo’nalishlar qo’lga olinishi mumkin. Ko’p kishilar qatorning o’rtasida 
qolmokda. Ikkita uch nuqtada joylashganlari esa Plog tadqiqotining 
asosiy tamoyilini tashkil qiladi. Bu uch yo’nalishlarning birinchi uchiga 
“psixotsentrik”, boshqa uchiga “allotsentrik” nomi berilgan. Bular 
“psixotsentrik” uchida joylashgan kishilar siqilgan, tortinchok, 
sarguzashtni 
sevmaydigan 
insonlardir. 
“allotsentrik” 
uchida 
joylashganlari esa o’zlariga ishongan, sarguzashtni yoqtiradigan 
kishilardir. Bu ikki guruh xususiyatlariga ko’ra Plog boshqa turist tiplarini 
va boshqa ziyorat qilinadigan erlarning borligidan bahs etgan. Plogga 
ko’ra, “allotsentrik” bir tip mustaqil bir tajribaga o’xshay oladigan 
sayohatni, erishishi qiyin bo’lgan joylarni tanlaydi. Masalan, Afrika, 
Janubiy Amerika va kimsasiz orol kabi joylarda. O’rta nuqtada qolgan 
tiplar Gavai, Yevropa kabi tanilgan erlarga sayohat qiladilar. 
"Psixotsentrik" tipdagi bir turist esa, masalan, “Disneyland” ga paket 
(raskade) tur bilan kyetishdan mamnun bo’ladi. Bu ikkita uchda 
joylashgan tiplarning xususiyatlari shu shaklda ajratilishi mumkin. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin