Maqsadiga ko‘ra turizm quyidagi turlarga bo‘linadi
Rekreatsiya turizimi – turistlarning o‘z yurti yoki biror bir
mamlakatga dam olish uchun borishdir. Ispaniya, Italiya, Fransiya va
Avstraliyaga boruvchi turistlar ko‘proq dam olish uchun boradilar.
Davolanish turizmi. Ushbu turdagi turizm shaxsiy xarakterga ega
bo‘lib, ko‘p hollarda turistlar o‘z sog‘ligini tiklash, yani davolanish uchun
bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga boradilar. Davolanish turizmi
organizmga ta’sir ko‘rsatishiga qarab, iqlimiy, dengiz iqlimida
41
davolanish, shifobaxsh balchiqqa, quyosh nurlarida davolanish kabi
turlarga bo‘linadi.
Ko‘rish(Tanishuv) turizmi. Turizmning ushbu turi biror bir
mamlakat hududini tomosha qilish uchun tashkil qilinadi. Sayohat
qilishdan asosiy maqsad – turistlarning dunyoqarashini kengaytirishdir.
Tomosho qilish uchun sayohatga chiqishning muhim turlaridan biri
avtomobillarda, avtobuslarda sayohat qilish hisoblanadi.
Tadbirkorlik turizmi. Turizmning ushbu turida turistlar ma’lum
bir maqsad yuzasidan bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga boradilar.
Ish yuzasidan amalga oshiriladigan turistlar davvlat yoki biror bir
tashkilot tomonidan safar xarajatlari to‘lanadi. Shu sababli ko‘pchilik
davlatlar o‘zlarida ko‘proq xalqora yig‘ilishlr o‘tkazishga harakat
qiladilar. Tadbirkorlik turizmida savdo-sotiq ishlarini tashkil qlish, ilmiy
kongres, anjuman, ishlab chiqarish seminarlari, xalqaro ko‘rgazmalar,
stanoklarning Yangi texnologik linyalarini ishga tushirish, shartnomalarni
imzolash ishlari amalga oshiriladi.
Ilmiy turizm. Bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o‘qish, ta’lim
olish, malakasini oshirish, anjumanlarda ishtirok etish uchun amalga
oshiriladigan tashriflar ilmiy turizm deb ataladi. Turizmning ushbu turi
Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiya, Xitoy kabi davlatlarda rivojlangan.
Sport turizmi. Turizmning ushbu turi sportchilarning turli
musobaqalarda qatnashishi, ma’lum sport turi bo‘ycha tayyorgarlik
ko‘rish uchun joy mamlakatlarga borishidir.
Shop turizm. Xorijiy mamlakatlardan har xil tovarlar sotib olishi
tushuniladi. Jumladan, turistlar Turkiya, Italiya, Portugaliya va Suriyaga
poyabzal, trikotaj va boshqa tovarlar sotib olish uchun borsa, Hindistonga
42
to‘qimachilik mahsulotlarini sotib olish uchun Gretsiya va Argentinaga
mo‘yna, po‘stin sorib olish uchun borishadi. Turizmning ushbu turi
hisobiga Tovar sotuvchi mamlakatlar kata foyda oladilar.
Dostları ilə paylaş: |