Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

 
1. Turizm haqida tushuncha. 
Turizm (fransuzcha: tour – sayr, sayohat) faol dam olish turlaridan 
biri. Turizm deganda – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan 
sog‘lomlashtirish, ma‘rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda 
borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan 
shug‘ullanmaganholda uzog‘i bilan 1 yil muddatga jo‘nab ketishi 
(sayohat qilishi) tushuniladi. Turizmning tarixi XIX asr boshlariga borib 
taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil 
etilgan (1813-1815y). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz 
ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yo‘l sayyohligini tashkil qildi. 
Shundan so‘ng u o‘zining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda 
dastlabki sayyohlik guruhlari AQSHga jo‘natildi. Sharqda arab sayyohi 
Ibn Battuta 21 yoshida sayohatni boshlab, deyarli barcha Sharq va 
Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi. Mavarounnahrda ilk 
sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. 
Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy 
aloqada bo‘lgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik 
Klavixonning “Buyuk Temurning hayoti va faoliyati” kitobida 
Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyohlarning Temur davlatiga 
intilishi aks etgan. 
Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida 
ommaviy tus olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm 


39 
marshrutlari bo‘yicha uyushtiriladi. Turizmning juda ko‘p turlari va 
shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, 
uzoqqa sayohat, yaqin joyga sayohat, bilim saviyasini kengaytirish 
maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda 
yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar). 
 N.Yefrimov (1998 y) fikriga ko‘ra turizmni asl mohiyati geografik 
belgilar (ichki va xalqaro), turistik oqimlarning yo‘nalishlari (kelish va 
ketish), maqsadi (davolanish, dam olish, ish yuzasidan, ilmiy, sport va 
h.k.), mablag‘ bilan ta‘minlanganligi (ijtimoiy va savdo), xarakatlanishi 
(piyoda, velosipetda, samalyotda, dengizda), joylashishi (mehmonxona, 
motelda, pansionatda, kempingdda, palatkada), turizmda qatnashuvchilar 
soni (yolg‘iz, oilaviy, guruh bilan) va tashkiliy huquqiy asoslari (tashkiliy, 
ixtiyori) ochib beradi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin