40
kechishi mumkin. Bunda eng avvalo sayyohlar shu davlatning o‘ziga xos
bo‘lgan tarixiy obida va shaharlari, madaniyati san’ati,
urf-odati bilan
tanishish hamda boshqa betakror turistik obyektlaridan zavq olishdan
iboratdir.
Xalqaro turizm mamlakatning to‘lov balansiga ta’sir ko‘rsatishga
qarab faol va nofaol turlariga bo‘linadi. Har bir
mamlakat uchun uning
fuqoralari boshqa mamlakatlarga sayohat qilishi nofaol turizm,
xorijiy
sayyohlarning kelishi esa faol turizm deyiladi.
Sayohat qilishning davomiyligiga qarab xalqaro turizm qisqa
muddatli va uzoq muddatli turlariga ajratiladi. Agar turistik sayohatning
davomiyligi 3 kungacha bo‘lsa, uni qisqa muddatli turizm, 3 kundan oshsa
uzoq muddatli turizm qatoriga kiritadilar.
Turistik oqimlar asosan 2 ta yo‘nalishda kechadi; bular kelish va
ketish. Ma’lum bir davlat fuqoralarining
boshqa davlatlarga sayohat
qilishi ketish yo‘nalishiga misol bo‘la o‘lsa, boshqa davlatlardan bizning
davlatimizga turistlarning tashrif buyurishi kelish yo‘nalishiga misol bola
oladi.
Dostları ilə paylaş: