Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023


Bo‘sh vaqtning mavjudligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

Bo‘sh vaqtning mavjudligi. Odamlar sayohatga nafaqat pullarini 
balki vaqtlarini ham sarflaydilar. Xatto eng yuqori daromadga ega bo‘lgan 
shaxs ham agar vaqti bo‘lmasa tur sayohatini amalga oshira olmaydi. 
Rivojlangan jamiyatda vaqtning yetishmasligi (xuddi daromadi 
yetishmasligi kabi) turizmni chegaralovchi asosiy omildir.
So‘nggi vaqlarda aholining bo‘sh vaqti hajmi oshdi bunga ish 
kunlarini haftasining qisqartirilishi, uzoqroq ta’til bayram kunlari, maktab 
ta’tillari, to‘liq ish kunining bo‘lmasligi, nafaqaga chiqish, nodavlat 
ishlarda band bo‘lishligi va ma’lumot darajasidagi o‘zgarishlar asosiy 
ta’sir etuvchi omillar bo‘lib xizmat qiladi.
Urbanizatsiya oqibatida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan va kichik 
aholi yashaydigan punktlardagi aholi soni qisqarmokda. Avval “sayohat 
qilmaganlar”ning bir qismini tashkil etgan aynan shu ijtimoiy aholi 
turizm xizmat bozoriga yangi segment sifatida kirib kelmoqda. 
Oxirgi yillardagi har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga 
qaramay, mamlakatimizdagi turizm sohasi yildan-yilga barqaror ravishda 


157 
mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishni ko‘paytirib borayotgan xalq 
xo‘jaligi tarmog‘i bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizdagi turistlik xizmatlar 
bozorida hozirgi vaqtda asosan an’anaviy shakllar faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Agar yo‘llanmalarning narxi doimiy oshib boradigan bo‘lsa, dam 
oluvchilar soni ham tegishlicha kamayib boradi. Yuqorida aytilganlardan 
shu narsa kelib chiqadiki, hozirgi sharoitda O‘zbekistonda eng dolzarb 
muammolardan biri turistlik sohani qayta tashkil qilish, uning 
rentabelligini, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali komplekslar va 
tegishli infrastrukturaga ega turistlik markazlarni tashkil qilish evaziga 
oshirish hisoblanadi.
Tayanch iboralar: Turistlik xizmat bozori, turistlik xizmat bozorini 
rejalashtirish, turizmning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, segmentatsiya, 
turistlik xizmat bozori kon’yunkturasi, turistlik mahsulotlar va xizmatlar 
bozori, turistlik xizmat bozoridagi marketing strategiyasi, , infrastruktura, 
O‘zbekistondagi turistlik xizmat bozori.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin