185
O`zbekistonning qulay iqlim sharoitlari va o`ziga xos landshaftini hisobga
olgan holda sport va ekologik turizmning barcha asoslar mavjud.
Farg`ona vodiysi va Toshkent viloyati ajoyib tog` tizmlari, gullagan
vodiylar va ajoyib tog` daryolariga boy. Tog`ning toza havosi, yil
davomida quyoshli kunlarning ko`pligi, ajoyib tog` manzaralari nafaqat
O`zbekiston fuqarolari balki Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston kabi
qo`shni mamlakatlarning aholisi ham tashrif buyuruvch turizm
obyektlariga aylanishiga imkom beradi. O`zbekiston hududida mineral
suvlarning turli xil turlari keng tarqalgan, mamlakatdagi 300 dan ortiq
shifobaxsh yer osti mineral suv manbalariga ko`plab odam tashrif
buyuradi. Hozirgi kunda u manbalarni 121 tasi faoliyat yuritmoda.
Chimyon va To`rtko`l kabi tog`-chang`I sportini rivojlantirish mumkin
bo`lgan bir qancha tog` maskanlari mavjud. Baland tog`li qorlar,
alpinism, speleoturizm, daryo turizmi kabi turli tog` turizmi turlarini
amalga oshirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: