188
1-rasm. Turizm sohasini davlat tamonidan boshqarishning
yo‘nalishlari
2.Davlatning turizm siyosatini amalga oshirish mexanizmi
Davlatning turizm siyosatini amalga oshirish mexanizmi
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• turizm soxasining rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish;
• mintaqa darajasida va Respublika darajasida turizmni
rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish;
• qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun
aniq chora-tadbirlarni
ishlab chiqish;
• turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;
Turizm siyosatining asosiy yo‘nalishlari sayohatchilar xukuqlarini
himoya qilish, mahalliy turizm mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni hamda
ichki va kiruvchi turizmni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘lib
hisoblanadi.
Bunday qo‘llab-quvvatlash shakllari
turizm infratuzilmasini
shakllan-tirish, yo‘naltiriladigan bevosita investitsiyalar,
kadrlarni
tayyorlashga
sarflanadigan
harajatlar,
investitsiyalar
oqimini
rag‘batlantiruvchi, jahon bozorida milliy turizm mahsulotini siljituvchi,
ilmiy va reklama-axborot ta’minoti ko‘rinishidan
to soliq va bojxona
imtiyozlarigacha, ichki va kiruvchi turizmni rivojlantirishga ketgan
harajatlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi.
Davlatning turizm siyosati strategiya va taktikaga asoslanadi.
Strategiya deganda qo‘yilgan maqsadga
erishish uchun vositalardan
foydalanish usuli va umumiy yo‘nalishlar tushuniladi. U qabul qilingan
189
strategiyani inkor qilmaydigan, qolgan barcha variantlarni chetga surib,
oldinga qo‘yilgan vazifani yechish yo‘lidagi xatti-harakatlarni bir joyga
to‘plashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: