Renesans ta’lim davlat pedagogika universiteti boshlang‘ich taʼlim fakulteti III bosqich sirtqi ta’lim


Boshlang`ich sinfda to`garak mashg`ulotini tashkil etish metodikasi



Yüklə 73,61 Kb.
səhifə4/9
tarix02.06.2023
ölçüsü73,61 Kb.
#123259
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 sinfda Boshlang’ich sinfda qiziqarli matematika to’garagini tashkil

Boshlang`ich sinfda to`garak mashg`ulotini tashkil etish metodikasi.

“Qiziqarli matematika” to’garagi mashg’ulot ishlanmalari.
To’garakning maqsad va vazifalari:
Matematika to‘garagi ishi, uni to'g'ri tashkil qilganda va uni o‘tkazish metodikastdan to'g'ri foydalanganda, o‘quvchilarda matematikaga qiziqishuyg'otish va bu qiziqishni rivojlantirish, ularning bilish aktivlari va matematik qobiliyatlarini rivojiantirishga imkon beradi. Mustaqil ishlash ko‘nikmalarini singdiradi, o‘z kuchlariga ishonchni, qiyinchiliklarini mustaqil bartaraf qilish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalar to‘garak ish jarayonida o‘zlarining matematika jihatidan o‘sganliklarini, yangi bilimlar va malakalar olganliklarini angladi yetishlari katta ahamtyatiga ega. Shu boisdan o‘tkaziladigan mustaqil ishlar natijalarini o‘quvchilarning umumiy va individual muvaffaqiyatlarini ta'kidlagan holda to‘la batafsil tahlil qilish kerak.To‘garakning ba'zi mashg'ulotlariga o‘quvchilarning ota-onalarini ham taklif qilish mumkin. Matematik savollar va masalalalarning turli-tumanligiga qaramay kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan to‘garak mashg'ulotlari mazmuni quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
1. Rejalashtiruvchi material dastur materiali bilan bog‘lanishga ega. Bunda hisoblash amallari qaralayotgan sinf dasturi talablaridan ortib ketmaydi,hisoblashlar, masalalar yechish, geometrik figuralarni yasashlarga amaliyot bilan nazariya orasidagi bog'lanishi ta'minlanishi kerak.
2.O’rganilayotgan masalalar istiqbol maqsadlarga ega bo‘lishi, ya'ni o‘quvchilarni kelajakda o‘rganilishi nazarda tutilgan matematik masalalarni,masalan: to‘plam, funksional bog'lanish, algebraik simvolika, tenglamalar,grafiklar, ular yordamida arifmetik masalalarni yechish va xokazolarni o‘rganishda tayyorlanish maqsadlariga ega bo‘lishi mumkin.
3.O‘rganiladigan masalalarning mazmuni qaralayotgan yoshdagi bolalarning kuchlari yetadigan, ularda matematikaga muhabbat va uni o‘rganishga qiziqish uyg'otadigan asosiy ta'lim va tarbiyaviy masalalarni hal qilish imkonini beradigan bo‘lishi kerak.
Qiyinroq misol va masalalar yechish, o‘quvchilar tafakkurini, konkretdan abstraktga o‘tish, zarur umumlashtirishlarini qila olish qobiliyatlarini rivojlantirish va xokazolar to‘garak ishi mazmuniga kiradi. Qiziqarlilik harakteridagi mashqlar,arifmetik fokuslar, «ajoyib» kvadratlar, topishmoqlar, qiziqarli o‘yinlar, she'rlar va xokazolar katta o‘rin oladi, Shu bilan birga materialni qiziqarli bo‘lishi yagona maqsad emas, qaraladigan matematik qoidalar, qonuniyatlar va boshqalarni chuqurroq tushuntirishga imkon beradi.
To‘garak mashg'ulotlarida o‘qituvchilar suhbatlariga, to‘garak a'zolarining chiqishlariga katta o‘rin ajratiladi, ba'zi nazariy material o‘qituvchilar suhbatlarida bayon qilinadi, qiziqarli matematik masalalar beriladi. Matematika to‘garagida bir guruh bolalarning ishtirok qilish va ularning qiladigan ishlari faqat to‘garak qatnashchilargina emas, balki sinfdoshlarning hammasi uchun ham katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 73,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin