Renesans ta’lim davlat pedagogika universiteti boshlang‘ich taʼlim fakulteti III bosqich sirtqi ta’lim



Yüklə 73,61 Kb.
səhifə5/9
tarix02.06.2023
ölçüsü73,61 Kb.
#123259
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 sinfda Boshlang’ich sinfda qiziqarli matematika to’garagini tashkil

Raqamlar nimaga asoslangan?Ulug' hind allomalari jahon madaniyatini yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shishgan. Ularning boshqa ishlarini qo‘ya turib, birgina kashfiyoti –keyinchalik boshqa xalqlar uchun "o‘zlariniki" bo‘lib ketgan raqamlarnl ixtiro etishgani uchun ham har qancha minnatdor bo‘lsa arziydi.Zamonlar o‘tishi bilan bu raqamlarning shakli bir muncha o‘zgarib silliqlashgan. Ammo olimlar ularni ixtiro etgan buyuk kishilar qanday mezonga amal qilishlarini aniqlashdi: raqamlar qiymati doim ular shaklidagi burchaklar mavjud bo‘lib, ularning ilk ko‘rinishi quyidagicha bo‘lgan:
Sonli ensiklopediya.
1.Bizning shior: 1 kishi hamma uchun, hamma 1 kishi uchun.
2. Har qanday sonni 2 ga ko‘paytirish uni o‘zini-o‘ziga qo‘shish bilan teng demakdir.
3. "3" baho mukofot emas, sadaqa. (Maktab maqoli)
4. Kompas 4 tomonni ko'rsatadi (ular qaysi tomonlar?)
5. Respublikamizda har yili yetishtirilayotgan paxtani yer yuziga yashayotgan
2 milliard aholiga taqsimlagudek bo‘lsa, keksa-yu go‘dak barchaga bir
kilogrammdan (Bir sidra kiyim boshga yetadigan) to'g'ri kelardi.
6. Yer shari 6 qit‘adan iborat (Biz qaysi qit’ada yashaymiz?)
7. 7 O‘lchab bir kes! (Maqol mag'zini chaqa olasizmi?)
8. Topishmoqni toping:
Bu binoning 8 ta eshigi bor,
Har eshik ortida 8 tadan xonasi.
Kirib xonalarin aylansangiz –
Ranglari mos, bir oqqa bir qorasi
9. 9 bo'g'inli she'r namunasi:
Vo-diy-lar-ni ya-yov kez-gan-da Bir a-jib his bor e-di man-da
10. Istagan sonni 10 ga ko‘paytirish uchun uning oxiriga bitta 0 yozish kifoya
11. Futbol jamoasidagi 11 o‘yinchining hammasi ham 11 metrli jarimadan
ehtiyot bo‘lishi shart.
1. 2 2-sinfda to`garak mashg`ulotini tashkil etish vazifa va maqsadi.
Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda o’quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg’ulotlatlarni tushunamiz. Matematikadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg’ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo’lishi kerak. Kalit so`zlar: Boshlang`ich sinf, matematika, mashg`ulot, misol, sinf, bilim, o`quvchi, natija. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda ko’pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg’or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang’ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli – tuman formalarda mashg’ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o’qitishda boshlang’ich va yuqori sinflar uzviyligini ta’minlaydi. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o’quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o’rni benihoya katta. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Darsdan tashqari qilinadigan ishlar o’quv reja asosida ya’ni darslik talablarini bajarishga qaratilgan bo’lib, bunga sinfdagi barcha talabalar bevosita ishtirok etiladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlardan asosiy PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz 264 Volume-2, Issue-2, January–2022 maqsadi reja va darslikdan tashqari o’quvchilarga qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalar berish, ularning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila bilishga yordam berishdan iborat. Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ish turi matematika to’garagini tashkil etishda o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlariga qarab tanlab olinar ekan. Matematikadan to’garaklarni tashkil etishda qiziqarli misol va masalalardan, mantiqiy masalalardan foydalanish lozim. Sinfdan tashqari amaliy mashg’ulotlar davomida o’quvchilar bilan (bolalar bilan joylarda) maqsadni ko’zlovchi, barqaror amaliy natijaga olib keladigan ularni havaslarini orttiradigan amalda bajariladigan ishlarni olib borishi kerak. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar quyidagi yo’nalishlarda olib borilishi mumkin. a) ommaviy ishlar; (musobaqalar, ko’rik tanlovlar, kechalar, ertakliklar, ekskursiyalar va hokazolar); b) to’garak ishlar (yosh matematiklar); d) o’qituvchilarning mustaqil mashg’ulotlarini yo’lga qo’yish (bunda o’quvchilar fan va texnikaning biron soxasini o’rganish uchun mustaqil ishlaydilar va hokazo). e) Maktabdagi o’zlashtirmovchi o’quvchilar bilan ishlashni tashkil etish usullari. Matematika to’garagi sinfdan tashqari ishlarning eng ommalashgan turi. To’garak ixtiyoriy ravishda tuziladi. Har qaysi matematika to’garagida qatnashadigan o’quvchilar soni 15-20 dan oshmasligi kerak, aks holda o’qituvchiga qiyinchilik tug’diradi va o’quvchilar to’garakda aktiv ishtirok eta olmaydilar. Matematik viktorinalar ma’lum mavzu, bo’lim yoki umuman matematikaga doir masalalar bo’yicha savol – javob o’yini bo’lib, ko’p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi.



Yüklə 73,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin