Bir valikli maydalagichlar. Bir valikli maydalagichlar o’rtacha qattiqlikdagi mergillarni, bo’sh oxaktoshlarni, qattiq loyni, slanislarni yirik maydalash uchun ishlatiladi. Bir valikli tishli maydalagich bitta tishli valik va qo’zg’almas jag’dan iborat. Jag’ o’qqa o’rnatiladi, uni bu vaziyatda prujinali tortqi tutib turadi, shu tufayli mashinaga maydalanmaydigan material tushib qolganda jag’ orqaga surilib, unga yo’l beradi.Valikning diametric 400-1600 mm,Uncha qattiq bo’lmagan oxaktoshlar va mergillarni xamda yumshoq jinslarning o’ta nam xom ashyoni maydalash uchun jag’-valikli maydalagich qo’llaniladi. U 100 mm balandlikdagi, chiqiqli aylanuvchi valik va sharnirli o’rnatilgan qo’zg’luvchan jag’dan iborat. Valikning pastki uchini prujinali tortqi tutib turadi.
Ikki valikli maydalagichlar. Bir juft qo’zg’aluvchan podshivnikli ikki valikli maydalagichlar keng tarqalgan.Maydalagich bir-biriga qarab aylanadigan ikkita valikdan iborat.Valiklar vallarga maxkamlangan podshipniklarga tiralaBir juft podshipnik ramaga qo’zg’almas qilib o’rnatilgan, ikki jufti qo’zg’alganda esa ramadagi yunaltiruvchilarda valik surilishi mumkin, chunki bu podshipniklar bilan rama tiraklari orasida prujina bor. Prujina borligi tufayli maydalagich puxta ishlaydi, chunki metal va boshqa maydalanmaydigan narsalar tushib qolganda valik orqaga suriladi va xaligi narsa zonadan bemalol chiqib ketadi. Valiklarni elikrtoyuritgich tasmali va tishli uzatmalar orqali xarakatlantiradi. Materialning xossalariga qarab silliq, riflyali, taram-taram yoki tishli valiklar ishlatiladi.Silliq valiklar bilan qattiq materiallar, tishli valiklar bilan plastic materiallar (bo’r, loy) maydalanadi.Valiklar bir xil yoki xar xil tezlikda aylanganda material ezilibgina qolmay, ishqalanadi xam.Qattiq jinslarni maydalashda ikki valikli maydalagichlarning maydalash darajasi i-3-5, nam materiallarni maydalashda i-8-10.Valikli maydalagichlar o`rta, kichik va mayin maydalashda ishlatiladi. Ular boshoqli ekinlar donlari, chigit va kunjarani maydalashda qo`llaniladi.
Ishchi organ vazifasini bajaruvchi gorizontal joylashgan valiklar o`zaro qarama-qarshi yo`nalishda aylanadi.Mahsulot valiklar orasida ezilib maydalanadi. Valiklar sirti silliq, tishli yoki ariqchali bo`lishi mumkin. Valiklarning biri qo`zg’almas, ikkinchisi esa qo`zg’aluvchan holatda joylashtiriladi.Valiklar orasiga qattiq begona jism tushib qolsa, qo`zg’aluvchan valik siljib, mashinani sinishdan saqlaydi.Maydalash darajasi valiklar orasidagi masofani o`zgartirish yo`li bilan rostlanadi.
Ko’p valikli maydalagichlar shaxtali pechlardan chiqqan materialni maydalashda qullaniladi.
Valikli maydalagichlar valiklarining diametric va uzunlgi bilan ifodalaniladi.
Valiklarning diametric qanch katta bo’lsa maydalash uchun shuncha yirik bo’laklarni uzatish mumkin. Xar xil valikli maydalagichlarda valik diametri bilan maydalaniladigan bo’laklar orasidagi nisbat quyidagicha;
Silliq valiklar uchun:
Taram-taram valiklar uchun:
Tishli valiklar uchun: =1,5‚4,5
Valiklimaydalagichlaro`rta,kichikvamayinmaydalashdaishlatiladi.Ishchiorgan vazifasinibajaruvchigorizontal joylashgan valiklar o`zaro qarama-qarshi yo`nalishda aylanadi.Mahsulot valiklar orasida ezilib maydalanadi. Valiklar sirti silliq, tishli yoki ariqchali bo`lishi mumkin. Valiklarning biri qo`zg’almas, ikkinchisi esa qo`zg’aluvchan holatda joylashtiriladi.Valiklar orasiga qattiq begona jism tushib qolsa, qo`zg’aluvchan valik siljib, mashinani sinishdan saqlaydi.Maydalash darajasi valiklar orasidagi masofani o`zgartirish yo`li bilan rostlanadi.