Respublikamiz Mustaqilligi yillarida iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlar qatori qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati ham jadal taraqqiy etdi


OLOVBARDOSH G’ISHT ISHLAB CHIQARISHDA ASOSIY MEXANIK JARAYONLAR VA USKUNALAR



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə2/14
tarix18.10.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#65395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs loyiha kimyo[1]

1.OLOVBARDOSH G’ISHT ISHLAB CHIQARISHDA ASOSIY MEXANIK JARAYONLAR VA USKUNALAR
Olovbardosh g‘isht maxsus qurilish materiallari hisoblanadi, undan yuqori haroratdagi tosh konstruksiyalarni, pechlarni qurishda foydalaniladi. Chunki, olovbardosh g‘isht yonginni izolyatsiya qilish xususiyatiga ega. Eng muhimi, olovga chidamli g‘ishtlar pechning poydevorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olovdan yoki issiq ko‘mirdan himoya qiladigan qobiq hosil qiladi. Mazkur qurilish materiali odatda jigarrang yoki ochroq rangda bo‘ladi.
Olovbardosh g‘ishtlarni tayyorlash texnologiyasi murakkab bo‘lib, 1300-1400℃ gradus xaroratda o‘tga chidamli loydan (aralashmaning 70 foizi) va grafit, kremniy oksidi va allyumin, yirik kvars donalari va koksdan tayyorlanadi. Shuningdek, olovbardosh g‘isht yorilmasligi uchun uning tarkibiga loy ham qo‘shiladi. Olovbardosh g‘ishtlar 22sm*11.5sm*6.4sm. o‘lchamda tayyorlanadi.
G‘ishtlarni bog‘lash uchun olovbardoshg‘il aralashmasi ishlatiladi, uning ichiga maydalangan (ezilgan) olovbardosh g‘isht solinadi. Shuni ta’kidlash joizki, bunday g‘ishtlarni yotqizayotganda ularni bir-biriga juda ehtiyotkorlik bilan jipslash kerak bo‘ladi.
Shakli bo‘yicha olovbardosh g‘isht to‘g‘ri, trapetsiya va klin shaklida bo‘lishi mumkin. Olovbardosh g‘ishtning bir nechta turlari mavjud. Jumladan Shamotli yoki glinozyomli g‘isht harorat o‘zgarishiga chidamli bo‘lib, qurilishda, kommunal infratuzilmada, xususan, qozonxona va IESlardagi asosiy pishirish pechlariga ishlatiladi. Uglerodli g‘ishtlar erkin uglerod asosida ishlab chiqariladi, Ularning olovga chidamliligi 2000℃ gradus pishirishda tayyorlanib 3500 ℃ gradusgacha o‘tga chidamlidir. Shuning uchun ularni metall eritish uchun futerovka pechlarida, energetika va AESda ishlatishadi.
Olovbardosh dastlabki sun'iy maxsulot alyumosilikatli va kremnezyomli g'ishtdan iborat. Bunday g'isht quyish uchun soztuproqni kuydirib xosil qilingan olovbardosh loy, ya'ni shamot bilan qum juda qo'l keladi. Tarkibida oksidi ko'p bo'lgan kuydirilmagan gilga kuydirilgan kaolin yoki shamot aralashtirib qorilgan loydan quyilgan g'ishtni mahsus pechda 1350-1500⁰C da pishirish yo'li bilan yarimnordon, shamotli va yuksak glinazyomli g'ishtlar olish mumkin. Qum suyuq oxakda qorilib, Shu qorishmadan quyilgan g'isht pishirilsa, dinas yoki kvartsli g'isht hosil bo'ladi. Bunday g'ishtlarni quyish oson va arzonga tushadi.
1580-1750⁰C ga bemalol chidaydi. Ular suvda zanglamaydi, kislotada erimaydi, bir necha yilgacha o 'z xususiyatlarini yo'qotmaydi.
Olovbardosh alyumosilikat g'ishtlarning xossalari massa tarkibiga kiruvchi alyuminiy (Ill) oksidning miqdoriga bog'liq. Tarkibidagi oksid miqdori ortgan sari g'isht ko'rsatkichlarining ham ortishi quyidagi jadvaldan yaqqol ko'rinib turibdi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin