Maxalliy xom-ashyolar asosida shamotli o’tga chidamli g’isht olishning texnalogik sxemasi. 1-Xom ashyo ombori. 2- Xom ashyo uchun bunker. 3-Strugach. 4- Quritish barabani. 5- dezintegator. 6- Elak. 7- Sharli tegirmon. 8-Aralashtirgich. 9Briketlash mashinasi. 10-Shaxtali pech. 11-Press. 12-Quritgich. 13- Tunelli pech. 14-Upakovka mashinasi. 15-Tayyor maxsulot ambori.
Qorishmani pishitish va zuvala qilish texnologik jarayonining eng muxim operaiiyalaridan xisoblanadi; bu ishlar tasmali yotiq presslarda IO kg/sm2 gacha bosim tasirida amalga oshiriladi. Pishitilgan uzunchoq zuvala (brus) kerakli ulchamdagi bo'laklarga kesilib, ular yana pressga jo'natiladi. Bu qo'shimcha operatsiya 30—40 kg/sm2 bosim tasirida amalga oshiriladi. Pressdan chiqqan xom g' ishtning sirti tekis, burchaklari tug'ri buladi.Soztuproq, kaolin Oddiy shamot, qumtuproq oddiy shakildagi buyumlar yarimquruq xolda preslanadi, murakkab shakildagi buyumlar uchun plostik preslash usuli qo'llaniladi.
Qoliplangan g'isht (buyum)ni pishirish ham murakkab va muhim operatsiya hisoblanadi. Qoliplangan (preslangan) buyumlar uzunligi 120 m, eni 3 m va balandligi 2,1 m bo'lgan tunel pechlarida yuqori temperaturada pishiriladi. Bunday pechga bir yo'la uzunligi 3 m va og'irligi 14 t keladigan 40 ta vagon jo bo'ladi. Buyumni 1350-1400⁰C da 40 saot davomida pishiriladi.
Sanoatda qurilish materiallarini maydalash jaryonlari aloxida axmiyatga ega. Chunki olingan mahsulot xar xil qurilish materiali sufatida (sement, oxak, sopol, temirbeton va hak.) ishlatiladi. Qurilish materiallarini maydalash asosan ezish, sindirish, ishqalash, urish yoki birgalikda tasir qilishi ezish va ishqalash, urish va ishqalash vaboshqaxollardaamalga oshiriladi Foydali qazilma massasi (asosan, ruda) tarkibini tashkil qiluvchi bo`laklar turli o`lchamlarga ega bo`lgan holda boyitish fabrikasiga kelib tushadi. Shu sababli rudani boyitish uchun, dastlab uni maydalab, lozim bo`lgan taqdirda yanchib, boyitish texnologiyasi talablariga mos keluvchi holatga keltiriladi. Fizik mohiyati bo`yicha maydalash va yanchish jarayonlari bir xil bo`lsa-da, olinadigan mahsulotlar tarkibini tashkil qiluvchi bo`lak va zarrachalarning o`lchamlari bo`yicha ular bir-biridan shartli ravishda farqlanadi. Maydalash jarayonida olinadigan ruda massasi tarkibidagi bo`laklar o`lchamlari 5 mm dan katta,yanchishda esa, 5 mm dan kichik bo`ladi. Foydali qazilmani maydalash va yanchish ezish, yorish, sindirish, kesish, ishqalash, zarba berish kabi usullarda amalgam oshiriladi. Maydalash va yanchish usuli maydalanadigan materialning qattiqligi hamda bo`laklarning kattaligi bo`yicha tanlab olinadi.
Foydali mineral zarracha yuzasi qanchalik to`liq ochilsa, boyitish samaradorligi shunchalik yuqori bo`ladi. Biroq to`la yanchilishga yo`l qo`ymaslik kerak, chunki bunda foydali komрonent juda mayin shlamlar ko`rinishiga ega bo`lib, konsentratga emas, chiqindi tarkibiga o`tib yo`qotilishi mumkin. Maydalash va yanchish juda qimmat jarayonlar hisoblanadi.
Boyitish fabrikalarida turli foydali qazilmalarni maydalashda, asosan, ezuvchi, yoruvchi va zarba beruvchi mexanik maydalash vositalaridan foydalaniladi.
Barcha maydalash mashinalariga quyidagi talablar qo`yiladi: maydalangan mahsulot zarralarining bir xilligi; maydalangan mahsulot zarralarining maydalash kamerasidan uzluksiz chiqarilishi; chang hosil bo`lishining imkon darajasida kam bo`lishi; maydalash darajasining rostlash imkoniyati; energiya sarfining kam bo`lishini ta`minlanish.