Respublikasi ichki


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə127/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar:


  1. Intellektual mulk obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlariga nimalar kiradi?

  2. Intellektual mulk huquqiga nisbatan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar haqida ma’lumot bering.

  3. Endi yozishni boshlagan muallif Rustamov 1992-yili o‘zining

«Do‘zax reydi» asarini tuman gazetasi sahifalarida e’lon qildi. Asar Genri Preston taxallusi bilan nashr etiladi. Bir necha vaqtdan so‘ng Rustamov o‘zining «Do‘zax reydi» asarini «Jahon fantastik durdonlari» seriyasida (Genri Preston «Do‘zax reydi», G.Dikson «Yovvoyi bo‘ri», Stey Sud «Odisseya nazorati ostida») ko‘rdi. Bu serial Petrozavodskning
«Lik» nashriyoti tomonidan nashrdan chiqqan. Keyinchalik Moskva
nashriyoti Rustamovning hikoyasini «Dunyo afsonalari» to‘plamida ingliz tilidan S.A.Torjenko tarjimasida e’lon qildi. Nihoyat Rustamov- ning hikoyasida Estoniyada «O‘n besh dovyurak» nomi bilan mashhur ingliz fantasti Morfey Leynster muallifligida bosilib chiqdi. Yuqoridagi holatlarda mualliflik huquqini buzish bo‘lganmi va bu huquqlarni himoya qilish chora-tadbirlari qanday?

  1. Mualliflik huquqi mohiyatan asarning mazmunini emas, balki uning shaklini himoya qilishga mo‘ljallangan. Ushbu fikrni qanday izohlaysiz?

  2. Mualliflik huquqi obyektlarini tavsiflang.

  3. O‘zbekiston temir yo‘llari DAK bir guruh xodimlariga Toshkent shahri vokzallaridan ketuvchi poyezdlari harakati jadvalini nashrga tayyorlashni topshiradi.

Shimoliy vokzaldan harakatlanuvchi poyezdlar harakati jadvalini tuzuvchi Farmonova nashrga tayyorlangan «Jadval» mualliflik huquqi obyekti bo‘la oladimi, deb yuristdan so‘raydi.
Shu bilan birga, o‘zi tomonidan tayyorlangan «Yo‘lovchilarning shahar transportidan foydalanishdagi asosiy huquq va burchlari» nomli tayyorlangan risolasi (broshurasi)ga mualliflik huquqi uning o‘ziga beriladimi, degan savol ham qiziqtirishini aytadi.
Risola amaldagi qonun asosida yozilganligi uchun va qonunda mualliflik huquqi haqida qonunlar kiritilgan rasmiy hujjatlar mualliflik huquqi obyekti bo‘la olmaydi deb ko‘rsatilganligi sababli Farmonova bu haqda shubhasi borligini aytadi. Bu masala bo‘yicha qanday tushuntirish mumkin? Mualliflik huquqi obyektiga qanday talablar qo‘yiladi?

  1. Fuqaro Salimov o‘z mehnat faoliyati davomida ish beruvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va hisobot tayyorlashga mo‘ljallangan kompyuter dasturini yaratdi. Ushbu dastur ma’lumotlar bilan ishlash jarayonini birmuncha osonlashtirib, ish vaqtini tejashga ham imkon beradi. Fuqaro Salimov oradan bir yil o‘tgandan so‘ng ishdan bo‘shab ketdi. Shundan so‘ng, o‘zi yaratgan kompyuter dasturiga nisbatan mutloq huquqlari mavjud deb hisoblab buning uchun haq to‘lashni talab qildi. Biroq, bunga ish beruvchi e’tiroz bildirib, ushbu kompyuter dasturi xizmat tartibida yaratilganligi sababli mutloq huquq ish beruvchiga tegishli ekanligini ta’kidladi. Ushbu holatni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida tahlil qiling.


2-BO‘LIM. OILA HUQUQI



        1. Yüklə 5,47 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin