Oila mulki er-xotinga tegishli mulk bo‘lib oilaning iqtisodiy negizini tashkil qiladi va oila ehtiyojlarini qondirib borish uchun xizmat qiladi. Oila mulk huquqining mazmunini uning subyektlari tomonidan egallash, foydalanish va tasarruf etish huquqi tashkil qiladi.
Er-xotinning nikoh oila munosabatlarida teng huquqligi va teng maj- buriyatlarga egaligi mulkiy munosabatlarda ham o‘z ifodasini topgan.
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Oila kodeksi 23-moddasining 2-bandida umumiy mulkning asosiy turlari ko‘rsatib berilgan. Bular quyidagilardan iborat:
er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari shuning- dek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘- lari hisobga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki mehnat shartnoma- sida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi;
er va xotin har birining mehnat faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo‘lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qilish qobilyatini yo‘qotgan- ligi munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida to‘langan summalar va boshqalar) kiradi;
er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolar, qimmatli qog‘ozlari, paylari, omonatga qo‘yilgan omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag‘lari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo‘lishidan qat’i nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.
Oila qonunchiligi er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa uzrli sabab- larga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mukka nisbatan teng huquqqa ega ekanligini inkor etmaydi. Bu haqda amaldagi qonunlarda aniq asoslar belgilangan (OKning 23-moddasini oxirgi bandi).
Qonunda uzrli sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqiga ega bo‘lmagan er yoki xotinning umumiy mulkdagi hissasi baravar bo‘lishi haqidagi qoida, asosan kasalligi sababli ishlab chiqarishda qatnasha olmaydigan shaxslarning manfaatini himoya qilishga qaratilgan.
Fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkka nisbatan er va xotinning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi to‘g‘risi- dagi qonunlarda belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Er va xotinning oilaviy munosabatlardagi teng huquq va majburiyat- larga ega ekanligi, nafaqat shaxsiy munosabatlarida, ularning mulkiy munosabatlarida ham o‘z ifodasini topgan.
Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari shaxsiy huquq va majburiyatlaridan farq qiladi. Amaldagi oila qonunchiligiga asosan, nikoh davomida er-xotin orttirgan mol-mulk ularning birgalikdagi umumiy mulkidir. Er-xotin shu mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tassaruf qilishda, ulardan bittasini kamsituvchi har qanday kelishuv qonunga qarshi bo‘lib, haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Nikoh davomida orttirilgan mulk, garchi er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa ham, er-xottinning har ikkalasiga tegishli hisoblanadi. Er-xotindan biri o‘zlarini birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan uy-joy va avtomashinani boshqa shaxslarga o‘tkazganda, ikkinchisining bunga roziligi yozma ravishda ifodalanishi shart.
Er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki taqsimlanganda (nikohdan ajralishda) ularning hissalari teng hisoblanadi. Ammo hali voyaga yetma-
gan bolalar manfaati uchun zarur bo‘lsa, masalan: onasi bilan birga qolayotgan bolalarning uy-joy sharoitini ta’minlash uchun bo‘linayotgan uyning yoki pay mulkning ko‘prok qismi onaning foydasiga hal etishi mumkin. Shuningdek, er va xotindan biri tekinxo‘rlik bilan yashasa yoki uy xo‘jaligidagi buyum-mulklarini oila manfaatlariga zid bo‘lgan ish- larga sarf etsa, uning mulkidan oladigan hissasini kamaytirish mumkin. Bunday holatda sudga er yoki xotinning mulkka nisbatan teng huquqini tan olishda chekinish huquqi berilgan.
Oiladagi mulkiy munosabatlarni tartibga solishda er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari muhim o‘rin egallaydi.
Er-xotinning birgalikda xo‘jalik yuritishi va iqtisodiy vazifalarni bajarishi, bolalarni moddiy jihatdan ta’minlash va tarbiyalash hamda er- xotindan har birining o‘z manfaatlarini har taraflama qondirish uchun xizmat qiladi.
Fuqarolik qonunchiligiga asosan, fuqarolarning xususiy mulk obyekti bo‘lgan pul, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa ashyolar er-xotinning mulkiy huquqlarining predmetlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasiga muvofiq, er-xotinning birgalikda nikohda turgan davri davomida orttirgan mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Amaliy er-xotinlik munosabatida bo‘lgan holda uni qonunda belgi- langan tartibda tegishli asosda rasmiylashtirmaslik, ular o‘rtasida umu- miy mulkka bo‘lgan huquqni keltirib chiqarmaydi. Nikohni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida rasmiylashtirilmagan er-xotin o‘rtasidagi mulkiy munosabatlar oila qonunchiligi bilan tartibga solin- masdan, balki fuqarolik qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.
Haqiqiy bo‘lmagan nikohda bo‘lgan er-xotinning mulkiy munosabat- larini tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Agar shaxslar nikohi keyinchalik sud tomonidan haqiqiy emas deb topilsa, nikohda turgan vaqtda birgalikda orttirilgan umumiy mulkini taqdirini hal qilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining normalari asosida amalga oiriladi.
Er-xotindan bittasi nikohda turganligini ikkinchisidan yashirgan bo‘lsa, ularning nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb tanilgunga qadar orttirilgan mulklariga nisbatan oila qonunchiligida o‘rnatilgan qoidalarni tadbiq etish mumkin. Vaqtinchalik sabablar xizmat safari, dam olishda bo‘lish, kasallik va boshqalarga ko‘ra er-xotinning alohida yashashi ular-
ning nikoh davrida orttirgan birgalikdagi umumiy mulki huquqini bekor qilmaydi.
Er-xotinning ikkalasiga tegishli bo‘lgan mulk, agar nikoh davomida kupaygan bo‘lsa, umumiy birgalikdagi mulk deb hisoblanadi.
Biroq shaxsiy foydalanishdagi qimmatli buyumlar va zeb ziynat, xom-ashyolardan boshqa buyumlar, kiyim-bosh, oyoq kiyim va shu kabilar garchi nikoh davomida er-xotinning umumiy mablag‘i hisobiga olingan bo‘lsa ham bu birgalikdagi umumiy mulk tarkibidan chiqariladi. Ashyolarning qimmatbaho mulk yoki zeb ziynat turkumiga kiritilishi masalasida nizoni hal qilish vaqtida mulkning sifati va xususiyati, undan ko‘zlangan maqsad va qimmatliligi e’tiborga olinadi. Olish vaqtida qim- matbaho hisoblangan mulk, nizo vujudga kelgan va sud tomonidan hal qilingan vaqtgacha o‘zining sifati va xususiyatini yo‘qotishi mumkin. Sud tajribasida qimmatbaho ashyolar to‘g‘risida quyidagi tushuncha mavjud. Ular-fuqarolarning odatiy talablar va ehtiyojlarini qanoatlanti- rishga qaratilgan alohida qimmatbaho ashyodir. Bunday ashyolarga oid bo‘lgan har bir masalani mazmunan hal qilishda muhim bo‘lgan holat- larni sud hisobga olib, hal qilishi kerak.
Er-xotinning tekinga kelgan mulklari, jumladan, to‘y, tug‘ilgan kun, bayramlarda yoki boshqa munosabat bilan olingan sovg‘alar, agar ular umumiy foydalanadigan bo‘lsa, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Agarda to‘y, tug‘ilgan kun, bayramlarda berilgan sovg‘alar er-xotindan birining shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ular o‘sha er yoki xotinning shaxsiy mulki hisoblanadi. Qimmatbaho va hasham buyumlar bundan mustasno.
Shuningdek, kundalik hayotda er-xotin o‘rtasidagi muammoli holat- lar ko‘p uchraydi (masalan; nikohdan ajralish ishlarini sudda ko‘rishda to‘yda sarf bo‘lgan xarajatlarni undirish to‘g‘risidagi holatlar). Buning uchun to‘yda sarf qilingan xarajatlarni undirish to‘g‘risidagi muammoli holatlarni bartaraf etish uchun, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 44-moddasida belgilangan «Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganida to‘yni o‘tkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi» degan normaga e’tibor qaratishlari lozim.
Er-xotinning ikkalasiga tegishli bo‘lgan uy-joy, dala hovli, avto- mashina, ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechaklar, omonat kassalarga va boshqa kredit tashkilotlarga qo‘yilgan pul omonotlari, akkredetivlar, davlat obli-
gatsiya zayomlari, kooperativdagi pul to‘lanmasi, lombardga qo‘yilgan, boshqa shaxslarga ijara shartnomasi bilan vaqtincha foydalanishga qo‘yil- gan mulk va boshqalar ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 27-moddasiga muvofiq er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki bo‘linayotganda, ularning hissalari teng hisoblanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkini tashkil qilgan mulk ularning har ikkalasiga tegishli bo‘ladi. Ulardan bittasi yoki ikkalasining talabiga muvofiq bu mulkni bo‘lish vaqtida birgalikdagi umumiy mulk- dagi er-xotinning hissasi aniq ajratib ko‘rsatiladi. Bu mulkdagi hissa to‘g‘risida er-xotin o‘rtasida nizo bo‘lmasa, alohida ashyolarga nisbatan huquqni belgilash masalasi ularning o‘zlari tomonidan hal qilinadi (nikoh shartnomasi tuzish orqali).
Er-xotinning arizasiga muvofiq, notarial idora notariusi birgalikdagi umumiy mulkdagi hissaga nisbatan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishi mumkin. Biroq, bunday guvohnoma er-xotinning kelajakda orttiriladigan mulki to‘g‘risida bo‘lishi mumkin emas. Birgalikdagi umumiy mulk to‘g‘risidagi er va xotin o‘rtasida kelib chiqqan nizo fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi tomonidan ko‘rib hal qilinadi. Er-xotindan biriga u yoki bu mulkni berish masalasini hal etishda sudlar, mulkning xarakteri, uning xo‘jalikdagi vazifasini, uni sotib olish shart- larini va boshqa e’tiborga molik holatlarni hisobga olishlari lozim.
Er va xotin o‘rtasidagi umumiy birgalikdagi mulkni egallash, foyda- lanish va tasarruf qilish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy masalalardan biri bu – er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi bilan bog‘liq masaladir. Ushbu masala Oila kodeksining oltinchi bobi va ushbu bobga tegishli bo‘lgan 29-36-moddalarida o‘z ifodasini topgan.
Oila kodeksining 29-moddasida nikoh shartnomasiga tushuncha berilgan. Unda ko‘rsatilishicha nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratil- gan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi. Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Nikoh davlat ro‘yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra birgalikdagi umumiy mulk- ning qonunda belgilangan (OKning 23-moddasi) tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir.
Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Er va xotin nikoh shartnomasida o‘zaro moddiy ta’minot berish, oila xarajatlarini ko‘tarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini belgilab olishga, nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulk- ni aniqlab olishga, shuningdek, nikoh shartnomasiga er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar kiritishga haqli.
Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuza- ga kelishi yoxud kelmasligiga bog‘liq qilib qo‘yilishi mumkin.
Nikoh shartnomasi er-xotinning huquq layoqati yoki muomala layoqatini, ularning o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqlarini cheklashni, er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni, er-xotinning bolalarga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlarini tartibga solishni, mehnatga layoqatsiz ta’minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi qoidalarni, er va xotindan birini o‘ta noqulay holatga solib qo‘yuvchi yoxud oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining normalariga zid keluvchi boshqa shartlarni nazarda tuta olmaydi.
Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.
Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sud- ning hal qiluv qarori bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.
Nikoh shartnomasi sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro- lik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Nikoh shartnomasining shartlari Oila kodeksning 31-moddasi beshin- chi qismining talablariga zid kelsa, sud er-xotindan birining talabiga binoan nikoh shartnomasini to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish faqat uning mol- mulkiga qaratilishi mumkin. Ushbu mol-mulk yetarli bo‘lmagan taqdirda haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish uchun kreditor qarzdor er (xotin) ulushini er-xotinning umumiy mol-mulkidan ajratib undirib berilishini talab qilishga haqlidir.
Agar sud er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha orttirilgan barcha ashyolar oila ehtiyojlari uchun ishlatilganligini aniqlasa, er-xotinning umumiy majburiyatlari bo‘yicha, shuningdek, er (xotin)ning majburiyat- lari bo‘yicha haq undirish er-xotinning umumiy mol-mulkiga qaratiladi. Bu mol-mulk yetarli bo‘lmagan taqdirda er-xotin ko‘rsatilib o‘tilgan majburiyatlar yuzasidan ularning har biriga qarashli mol-mulk bilan sherik javobgar bo‘ladilar.
Agar er-xotinning umumiy mol-mulki ularning biri tomonidan jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘ hisobiga orttirilgani yoki ko‘paygani sud hukmi bilan aniqlangan bo‘lsa, haqni undirish tegishli ravishda er-xotin- ning umumiy mol-mulkiga yoki uning bir qismiga qaratilishi mumkin.
Er-xotinning voyaga yetmagan bolalari yetkazgan zarar uchun javobgarligi fuqarolik qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Er (xotin) nikoh shartnomasi tuzayotgani, uni o‘zgartirayotgani yoki bekor qilayotgani to‘g‘risida o‘z kreditorini (kreditorlarini) xabardor qilishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taqdirda er yoki xotin, nikoh shart- nomasi mazmunidan qat’i nazar, o‘z majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘ladi. Qarzdor er (xotin)ning kreditori (kreditorlari) sharoit jiddiy o‘z- gargani tufayli nikoh shartnomasining shartlarini qonunda belgilangan tartibda o‘zgartirish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli.
Er-xotin qonunda yo‘l qo‘yiladigan barcha mulkiy-shartnomaviy munosabatlarga o‘zaro kirishishga haqlidir. Er-xotin o‘rtasida tuzilgan, ulardan birining huquqlarini cheklashga qaratilgan kelishuvlar haqiqiy hisoblanmaydi.