Oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan asosiy masalalaridan biri bu – oila a’zolarining va boshqa shaxslarning ulushli majburiyatlari masalasidir. Aliment majburiyatlari masalasi, Oila kodeksining beshinchi bo‘limi va unga oid bo‘lgan 96-147-moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan. Aliment majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish voyaga yetmagan moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni kundalik hayot kechirishlarini bardavomiyligini ta’minlash o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Oilada ota-ona va bolalar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar, tabiiyki, bir-biriga yordam ko‘rsatish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, ham- jihatlik hamda ixtiyoriylikka asoslangan bo‘lishini taqozo etadi. Aks holda, qonun chiqaruvchi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni o‘z ota-onasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, shuningdek, yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz ota-onalariga moddiy yordam ko‘rsatish majburiyatidan ozod qilmaydi. Aliment majburiyatlari oila a’zolari o‘rtasida sodir bo‘ladigan oilaviy munosabatlardir.
Aliment – (lotincha alimentum – «oziq-ovqat», «nafaqa», «ta’minot»,
«boqish uchun mablag‘lar» degan ma’nolarni anglatadi) bir shaxsning ikkinchi shaxsga majburan oila qonunchiligida belgilab qo‘yilgan miq- dorda to‘laydigan moddiy narsasi. Amaldagi qonunchilikda bir tomonda davlat ikkinchi tomonda jismoniy shaxs ishtirok etsa yoki ijtimoiy huquqiy munosabatlar sodir bo‘lsa, u holda «nafaqa» so‘zi ishlatiladi. Agar oilaviy huquqiy munosabat bo‘lib unda oila a’zolari ishtirok etsalar u holda «aliment» so‘zi ishlatiladi.1 Aliment olish huquqi – voyaga yetmagan bolaning asosiy subyektiv huquqi hisoblanib, aliment talab qilgan ota yoki ona o‘z nomidan bolaning qonuniy vakili sifatida harakat qiladi. Chunki bolaning o‘zi voyaga yetmaganligi sababli bu huquqni shaxsan o‘zi amalga oshira olmaydi. Shu sababdan bolaga aliment berish majburiyati ikki tomon- ning, ya’ni ota va onaning teng huquq va majburiyatlari bo‘lib, ularning o‘zaro kelishuvi bilan ixtiyoriy ravishda bekor qilinishi mumkin emas.
Voyaga yetmagan bolalar uchun olinayotgan alimentlar, pensiya, nafaqa ota yoki onaning tasarrufida bo‘lib, faqatgina bolaning zaruriy
1Otaxo`jayevF.M.O`zbekiston Respublikasining Oila huquqi: Darslik. – T., 2007. – B.280.
ta’minoti, oziq-ovqati, kiyim kechagi, tarbiyasi va ta’lim olishi uchun sarflanishi kerak. Ota yoki ona farzand uchun olinayotgan alimentni o‘zi- ning manfaati uchun yoki boshqa holatlar bo‘yicha sarflashi mumkin emas. Aliment majburiyatlari ota-ona va farzandlarning mulkiy huquqiy munosabatlari doirasiga kiradigan asosiy majburiyatlaridir. Aliment majburiyatlari fuqarolik huquqidagi majburiyatdan quyidagi belgilari
bilan farq qiladi.
Bu belgilar quydagilardan iborat: aliment majburiyatlarini kelib chiqish asoslari, birinchidan, qonunda imperativ asosda belgilangan (qon- qarindoshlik, mehnatga layoqatsizlik, muhtojlik), ikkinchidan, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv; aliment majburiyatlarining shaxsiy xarak- terga ega ekanligi.
Aliment to‘lash uni to‘lash uchun majbur bo‘lganning, yoki aliment oluvchi shaxsning vafoti tufayli tugallanadi, aliment olish huquqi meros- ga o‘xshab boshqa shaxslarga o‘tmaydi, ya’ni vorislarga. Ularga talab qilishni boshqalarga o‘tkazish va qarz qoidasi tatbiq etilmaydi:
Amaldagi Oila kodeksi aliment undirishni uch tartibini belgilaydi:
aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv tuzish (17-bob, 130-134-mod- dalar);
alimentni ixtiyoriy to‘lash (18-bob, 135-modda);
alimentni sud tartibida undirish (18-bob, 136-modda).
Agarda aliment to‘lashda er yoki xotin o‘rtasida alimetni to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv mavjud bo‘lsa, sud tartibida aliment undirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ota-onalarni voyaga yetmaganlarga aliment to‘lash majburiyatni asosi bo‘lib, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik va voyaga yetmagan, moddiy yordamga muhtoj bolalarni mavjud bo‘lishligi. Ish- lashligi yoki ishlamasligidan qat’i nazar 18 yoshga to‘lmagan bolalar voyaga yetmagan bola bo‘lib hisoblanadilar.
Oila kodeksini 96-moddasiga asosan, ota-ona voyaga yetmagan bola- lariga ta’minot berishi shartligi qayd etilgan. Mazkur modda ota-onaning faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan ta’minot berish majburiyatlari- ga bag‘ishlangan bo‘lib, ota-onalar voyaga yetmagan farzandlarini moddiy jihatdan ta’minlash majburiyatini bildiradi. Moddaning mazmuniga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalarga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota yoki (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga asosan aliment undiriladi. Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash haqida
ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat qilmagan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organ- lari voyaga yetamgan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirib berish to‘g‘risida sudga da’vo taqdim etishga haqli. Ota-onaning farzand oldidagi moddiy majburiyat- lari bolani iste’moli uchun oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, har xil o‘yinchoqlar, jismoniy tarbiya ishlari bilan shug‘ullanayotgan vaqtida kerak bo‘lgan buyumlar, o‘quv qurollarini olish uchun sarflanadi. Ota- onalar voyaga yetmagan farzandlari uchun moddiy yordam va aliment to‘lashda teng huquq va majburiyatlarga ega hisoblanadi. Ota-ona hamda farzandlarning aliment to‘lash huquqi va majburiyatlari ota-ona va farzandlar majburiyatlarini birinchi toifasiga kiradi.
Ota-onalar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment to‘lash huquqi majburiyatlarining majburiyligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sida ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- ning 64-moddasi ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga mujbur deb ko‘rsatilgan. Konstitutsiyada mustah- kamlab qo‘yilgan ushbu talabdan kelib chiqib, ota-onalar va bolalar boshqa qarindoshlari bo‘lish bo‘lmasliklaridan qat’i nazar, bir-birlariga moddiy ta’minot berishga majburlar. Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan bolaga to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment sudning hal qiluv qarori bo‘yicha undiriladi.
Oila kodeksining 130-moddasiga binoan aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzish uchun muomalalayoqatiga ega bo‘lish talab etilmaydi. Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat qilmagan hollarda, 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar hamda sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar nomi- dan kelishuv ularning qonuniy vakillari (voyaga yetmaganlarning ota- onalari, vasiylari, homiylari) tomonidan tuziladi. 14 yoshdan 18 yoshga- cha bo‘lgan voyaga yetmaganlar hamda muomala layoqati sud tartibida cheklangan shaxslar o‘z qonuniy vakillarining roziligi bilan aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzadilar.
Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to‘lash tartibini Oila kodeksining 131-moddasida ko‘rsatilganidek, aliment
to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvni yozma shakliga amal qilgan holda tuzishga haqlidir va yozma shakldagi kelishuv albatta notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Voyaga yetmagan farzandlariga ta’minot berish uchun aliment to‘lash tartibi va shakli haqida ota-ona o‘rtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va aliment oluvchi farzandlarning manfaatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi yoki boshqa daromadlari hisobidan bir bola uchun – to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun – uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun – yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va e’tiborga loyiq boshqa holatlarini hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirishi mumkin.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak (OKning 99-moddasi).
Ota-ona voyaga yetgan ,lekin mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj farzandlariga moddiy ta’minot berishga majbur. Voyaga yetgan mehnat- ga layoqatsiz, yordamga muhtoj farzandlariga moddiy ta’minot berishni ota-ona o‘zlarining kelishuvlariga binoan amalga oshiradilar. Ota-ona o‘rtasida voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bola- lari uchun ta’minot berishda aniq bir kelishuvga kelolmasalar, bu bora- dagi er-xotin o‘rtasidagi nizo sud tartibida hal qilinadi. Sud tomonidan ota-onadan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga undiriladigan alimentning miqdori, aliment to‘lovchilar ota- onaning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olinib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi.
Aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning ish haqi, shuningdek, boshqa daromadi doimo bir xilda bo‘lmay, o‘zgarib tursa yoxud daromadi- ning bir qismini natura tarzida oladigan bo‘lsa, shuningdek, daromaddan ulush tarzida aliment undirish imkoniyati bo‘lmasa, yoki ota-ona rasman belgilangan ish haqi daromadga ega bo‘lmasa, voyaga yetmagan bola- larning ta’minoti uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment miqdori har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.
Ota-ona favqulodda holatlar (bolaning og‘ir shikastlanishi, kasal bo‘lishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta’minoti uchun
zarur bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishga majburdirlar. Qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishdan bosh tortgan ota (ona)dan sud ularning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda, qo‘shimcha xarajatlarni qisman pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Aliment O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi. Chet el valutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha so‘mlarda hisoblanadi.
Aliment to‘laydigan ota-onaning boshqa oilasida voyaga yetmagan bolalari bo‘lib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilgan- da o‘sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta’minlanib qoladigan bo‘lsa, shuningdek, aliment to‘layotgan ota (ona) nogiron bo‘lib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan bo‘lsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega bo‘lgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.
Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarinig to‘liq ta’minotiga o‘tkazilgan bo‘lsa, sud aliment to‘layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olib, to‘lanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment to‘lashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarilishi mumkin. Alimet miqdorini kamaytirish yoki uni to‘lashdan ozod qilish uchun mavjud bo‘lgan asoslar, tugaganda manfaatdor taraf aliment qonunda belgilangan miqdorda undirilishini talab qilib, sudga murojaat etishga haqli.
Ota-onasi vafot etganligi oqibatida yetim qolgan voyaga yetmagan bolalarga ta’minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta’lim berish davlat tomonidan to‘liq amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bolani ota- onasidan olib, uni bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har biridan mazkur muassasasa foydasiga O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99- moddasida belgilangan miqdorida aliment undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj voyaga yetgan bolalar ota- onasidan, agar ular yo‘q bo‘lsa, qarindoshlari va Oila kodeksida ko‘rsa- tilgan boshqa shaxslardan o‘z ta’minoti uchun aliment talab qilish huquqi- ga ega. Bunday hollarda aliment miqdori sud tomonidan aliment to‘lashi
shart bo‘lgan shaxsning moddiy va oilaviy ahvoli hisobga olinib, pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.
Ma’lum asos va sharoitlar mavjud bo‘lgan hollarda ota-onadan aliment olish huquqi voyaga yetgan, ya’ni 18 yoshga to‘lgan shaxslarda ham vujudga keladi. Qonunga muvofiq, voyaga yetgan bolaning mehnat- ga layoqatsiz va yordamga muhtojligi shunday shartlar hisoblanadi. Basharti, voyaga yetgan bolalar 1-yoki 2-guruh nogironi deb topilgan bo‘lsalar, o‘z ota-onalaridan aliment olish huquqiga ega bo‘ladilar. Lekin, 3-guruh nogironligini belgilashda shaxsning mehnat layoqatini ancha- gina yo‘qotgani va bu layoqatning uzoq vaqt davomida pasayib borishi asos bo‘ladi. Ammo bunday shaxsning mehnat layoqati to‘liq yo‘qotil- maydi. Voyaga yetgan bolalar 3-guruh nogironi bo‘lsalar, sud bu holat bo‘yicha aniq vaziyatni o‘rganib chiqib aliment olish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasida «Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdir» deb ko‘rsatilgan. Ushbu masala Oila kodeksining 109-moddasida ham o‘z ifodasini top gan. Ushbu moddaga asosan, voya- ga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bo‘lgan o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Qonun bilan mustahkamlangan, mehnatga layoqatli voyaga yetgan bolalarning o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish majburiyati, birinchi navbatda, bolalarning farzandlik burchi va vazifasi hisoblanadi.
Ota-onaning mehnatga layoqatsizligi, shuningdek, oiladagi boshqa a’zoning mehnatga layoqatsizligi mehnat qonunchiligi bo‘yicha ularning pensiya (ayollar 55-yosh, erkaklar 60-yosh) yoshiga to‘lganligi yoki oilada 1 va 2-guruh nogironlari mavjudligini anglatadi. Ota-onaning 3-guruh nogironi bo‘lganligi TMEK (tibbiy-mehnat komissiyasi)ning tegishli xulosasida tavsiya etilgan ishni topa olmaganlari taqdirda, ularga o‘z bolalaridan ta’minot olish huquqini beradi. Ota-onaning bolalar yordami- ga muhtojligi ularning mablag‘lari (ish haqi, pensiya va shu kabilar) o‘zlarining moddiy sharoitlarini tirikchilik minimumi darajasida saq- lashlari uchun yetmagan vaqtda yuzaga keladi.
Yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz ota-onaga aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv ota yoki onaning har biri bilan alohida-alohida yoki har ikkalasi bilan birga tuzilishi mumkin. Mehnatga layoqatsiz ota
(ona) muomala layoqatiga ega bo‘lmasa, tegishli kelishuvni uning nomi- dan qonuniy vakili tuzadi. Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramog‘ida ekanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota- ona haqida g‘amxo‘rlik qilish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish majburiyatidan ozod qilmaydi. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bola- lar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasalar, ta’minot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi.
Ota-ona aliment undirish haqidagi talabni o‘z bolalarinig biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qo‘yganligidan qat’i nazar, aliment miqdorini belgilashda sud voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning barcha- sini hisobga olishi lozim. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-kesil hal bo‘lgunga qadar sudya shu nizo bo‘yicha vaqtincha to‘lab turilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatib, ajrim chiqarishi mumkin.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining uchdan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.
Oila kodeksining 111-moddasiga binoan, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar ota-onasining kasalligi va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra qilinadigan qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishlari shart. Har bir voyaga yetgan bolaning zimmasiga yuklatiladigan qo‘shimcha xarajatlar- ni qoplash summasini belgilashda ularning moddiy sharoitlari hisobga olinadi. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar tomonidan qo‘shim- cha xarajatlar ixtiyoriy ravishda to‘lanmasa, talab qilinayotgan summa sud tartibida undirilishi mumkin.
Bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasida ota (ona) deb yozilgan shaxsdan aliment undirish to‘g‘risidagi nizo uzil-kesil hal etil- gunga qadar sudya shu nizo bo‘yicha undan Oila kodeksida belgilangan miqdorda vaqtincha aliment undirish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
Agar sud ota-onaning ota-onalik majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlaganligini aniqlasa, bolalarni mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishi mumkin. Aliment undirish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori u bo‘yicha berilgan ijro varaqasi bo‘yicha ijro bosqichida majburiy ijro byurosining davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda ijro etiladi.
Boshqa-boshqa ota-onadan tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalari uchun sudning bir necha hal qiluv qarorlariga asosan, bir ota (ona)dan
undirilayotgan alimentning umumiy miqdori Oila kodeksining 99-mod- dasida nazarda tutilgan miqdordan oshib ketsa, aliment to‘lovchi ota (ona) aliment to‘lash haqidagi sud qarori kimning foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning har biriga nisbatan alimentning miqdorini tegishincha kamaytirish to‘g‘risida sudga da’vo taqdim etishi mumkin. Aliment miqdorini kamaytirishga asos bo‘lgan holatlar tugagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalari uchun aliment oluvchi shaxs Oila kodeksining 99-moddasida ko‘rsatilgan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordam- ga muhtoj bolalarga aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslar, Oila kodeksining 79-moddasi asosida ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ota-onasiga moddiy yordam berish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorlarini bajarmaslik, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi- ning 122-moddasiga binoan, jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz ota-onaga aliment to‘lash to‘g‘ri- sidagi da’vo oiladagi barcha mehnatga layoqatli voyaga yetgan bolalarga nisbatan sudga da’vo taqdim etilishi mumkin.
Amaldagi oila qonunchiligida ota-onalar voyaga yetmagan, mehnat- ga layoqatsiz bolalariga, hamda voyaga yetgan farzandlar mehnatga layoqatsiz, mehnat faoliyatini vaqtincha yo‘qotgan va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onalariga modiiy yordam berish bilan birga, er-xotin ham bir-biriga moddiy yordam berishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan. Er- xotin bir-birlariga moddiy yordam berishdan bosh tortgan taqdirda, yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin, shuningdek, xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan boshlab uch yil davomida, o‘rtadagi nogiron bola o‘n sakkiz yoshga to‘lguncha yoki bolalikdan I guruh nogironi bo‘lgan o‘rtadagi bolaga qaragan yordamga muhtoj er (xotin) yordam berishga qodir bo‘lgan xotin (er)dan ta’minot ixtiyoriy o‘zlarining kelishuvlari asosida berilmasa muhtoj taraf ta’minot (aliment)ni sud tartibida olish huquqiga ega.
Amaldagi oila qonunchiligi bo‘yicha sobiq er-xotinlar voyaga yetma- gan, mehnatga layoqatsiz va nogiron bolalari uchun aliment to‘lashda teng huquq va majburiyatlariga ega ekanligi e’tirof etilgan. Nikohdan ajralgandan keyin sobiq er yoki xotinga to‘lanadigan aliment miqdori va uni to‘lash tartibi sobiq er-xotin o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanadi.
Er-xotin (sobiq er-xotin) o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lmagan hollarda er yoki xotinga (sobiq er yoki xotinga) sud tartibida undirib beriladigan aliment miqdori sud tomonidan er yoki xotinning (sobiq er yoki xotinning) moddiy va oilaviy ahvolini hamda taraflarning e’tiborga loyiq boshqa manfaatlarini e’tiborga olib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’i summada belgilanadi, biroq bu summa qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining uchdan bir qismdan kam bo‘lmasligi lozim.
Sobiq er-xotin quyidagi hollarda alimentolishhuquqigaegabo‘ladilar:
sobiq xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan boshlab uch yil davomida;
o‘rtadagi nogiron bola o‘n sakkiz yoshga to‘lguncha yoki bolalikdan I guruh nogironi bo‘lgan bolaga qaragan yordamga muhtoj sobiq xotin (er);
nikohdan ajralgunga qadar yoki nikohdan ajralgan paytdan boshlab bir yil davomida mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan yordamga muhtoj sobiq xotin (er);
nikohdan ajralgan paydan boshlab besh yil mobaynida pensiya yoshiga yetgan yordamga muhtoj xotin (er), agar er-xotin uzoq vaqt nikohda turishgan bo‘lsa, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga ega.
Sud quyidagi hollarda er va xotinni bir-birlariga ta’minotberishmajburiyatidanozodqiladi:
agar er-xotin nikohda qisqa vaqt bo‘lgan bo‘lsa;
agar o‘z ta’minoti uchun mablag‘ to‘lashni talab qilayotgan er yoki xotinning noloyiq hulq-atvori tufayli nikohdan ajratilgan bo‘lsa;
agar yordamga muhtoj er yoki xotinning mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolishi uning spirtli ichimliklarni, giyohvandlik vositalarni, psixatrop moddalarni suiiste’mol qilishi yoki qasddan jinoyat sodir etishi oqibatida yuz bergan bo‘lsa, sud er (xotin)ni yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz xotin (er)ga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilinishi yoxud bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklab qo‘yishi mumkin.
Er-xotinning bir-biridan ta’minot olish huquqi Oila kodeksining 117 va 118-moddalariga muvofiq ta’minot olish uchun asos bo‘lgan shartlar tugagan taqdirda, shuningdek, nikohdan ajralgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin yangi nikohga kirganda tugaydi. Bunday hollarda, agar ta’minot uchun mablag‘ sudning hal qiluv qarori- ga binoan undirilayotgan bo‘lsa, uni to‘lashi shart bo‘lgan er (xotin) bundan buyon aliment to‘lashdan ozod etish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Qonunda aliment to‘lash majburiyatini tugatish asoslari ko‘rsatilgan.
Sud quyidagi tartiblarda alimentto‘lashnitugutadi: 1) bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lganda;
2.) foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganida;
sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj bo‘lmay qolgan deb topsa;
mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda;
aliment oluvchi yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs vafot etganda.