Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə134/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Oilada er va xotinning teng huquqligi. Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga egadirlar.

  • Er va xotinning familiya tanlash huquqi. Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlashi yoki ularning har biri nikohgacha bo‘lgan o‘z familiyasini saqlab qolishi mumkin. Er va xotindan birining o‘z familiyasi- ni o‘zgartirishi boshqasining ham familiyasi o‘zgarishiga olib kelmaydi. Er va xotin familiya tanlashda shaxsiy huquqlardan teng foydalanadilar.

  • Er-xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal qilishi. Er-xotin oilada bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa shaxsiy masalalarini birgalikda hal qiladilar. Er-xotin oilada vujudga kelgan har qanday oilaviy masalalarni o‘zaro kelishuv asosida hal etadi- lar. Aks holda oilaviy muammolarni hal qilishda tenglik prinsipiga amal qilmasalar, er va xotin o‘rtasida nizo kelib chiqishi mumkin. Vujudga kelgan er-xotin o‘rtasidagi nizolar xarakteriga qarab sud tartibida yoki vakolatli davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.




    1 Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси. – Т., 2016.

    1. Er-xotinning mashg‘ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari. Er va xotinning har biri, kasb va yashash joyini tanlashda erkindir. Amal- dagi qonunchilikda er-xotin o‘zaro kelishuvi asosida oilada mashg‘ulot turini tanlashda teng huquqqa ega ekanligini bildiradi. Er-xotindan har biri o‘z qiziqishi, hislati, ijobiy qobiliyati, jismoniy rivojlanishiga qarab, o‘ziga mos keladigan faoliyat turini tanlaydi. Er-xotinning erkin kasb va yashash joiyni tanlash huquqi qonun bilan mustahkamlangan. Binobarin, mamlakatimizda insonparvar, demokratik huquqiy davlatni qurishga o‘tish davrida nikoh munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan huquqiy normalarning ahamiyati tobora oshib borayotgani barchamizga ma’lum.

    Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, er-xotin nikohdan o‘tganlaridan keyin ular o‘rtasida vujudga keladigan shaxsiy va mulkiy huquqlarini alohida bo‘lib o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Er-xotinning shaxsiy huquqlariga, nikoh tufayli yuzaga keladigan huquqlari kabi, nikohga o‘tgunga qadar ham ularga tegishli bo‘ladi. Masalan, familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila turmush masala- larini hal qilish, mashg‘ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari.
    Bunday holatlarda ularning mehnat va fuqarolik huquqi muomala layoqati unsuri bo‘lib, oila huquq sohasiga kirmaydi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab, shaxsiy huquqlar er va xotindan har birining subyektiv oila huquqini tashkil etib, faqat oilaviy huquqiy munosabatda namoyon bo‘ladi. Er-xotinning har biriga tegishli bo‘lgan shaxsiy huquq va majburiyatlar faqat oila huquqi bilangina emas, balki Fuqarolik kodeksi hamda huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Masalan: fuqaroning sha’ni va qadr qimmati O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 20-moddasiga asosan, «Ism yoki shaxsiy sha’n egasi bo‘l- magan, lekin oilaviy mavqeiga ko‘ra bundan manfaatdor bo‘lgan shaxs o‘z ismi bilan yashash huquqiga e’tiroz bildirilayotgan yoki ismidan qonunsiz foydalanilayotganligi munosabati bilan manfaatlari buzilayot- gan shaxs manfaatlarini buzuvchidan bunday harakatlarga chek qo‘yishni va raddiya talab qilish huquqiga ega. Agar manfaatlar qasdan buzilayot- gan bo‘lsa, buning natijasida zarar ko‘rgan shaxs qo‘shimcha tarzda zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Manfaat qasddan buzilganida esa ma’naviy ziyonning qoplanishini ham talab qilish huquqiga ega». Ushbu moddaga oid munosabatlar oila a’zolari o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarga ham tegishli.
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi oilaga bag‘ish- langan. Ushbu bobga tegishli bo‘lgan 63-moddasining mazmunida «Oila
    jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tamonlarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi» bayon etilgan1. Konstitutsiyaning 46-moddasi- da esa xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlarga ega ekanligi kafolat- langan.
    Mamlakatimizda nikoh va oila masalalari ana shu tamoyil asosida to‘la amalga oshirilmoqda. Amaldagi qonunchilik yigit bilan qizni yoki erkak bilan ayolni oila qurishga bo‘lgan huquqlarini, ularni bir-birlariga bo‘ysundirib, qaram qilib qo‘yishga ham yo‘l qo‘ymaydi. Amaldagi oila qonunchiligi bo‘yicha er va xotin har qanday huquqiy munosabatda mustaqil huquq subyekti sifatida ularga teng huquqlarni berish bilan birga ularning zimmasiga ma’lum majburiyatlarni ham yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasida er va xotin rasmiy jihatdangina teng huquqli hisoblan- masdan, ular qonuniy asosda teng huquqlidirlar.
    Oila qonunchiligiga asosan er-xotin umumiy xo‘jalik ishlarini birga- likda o‘zaro rozilik, hamjihatlik va teng huquqlik asosida olib boradilar. Ayollar ijtimoiy hayotda, mehnat jarayonida, oilada erkaklar bilan teng huquqdan foydalanadilar.
    Er-xotin bab-baravar majburiyatlarga ega bo‘lib, bir-birlariga ma’na- viy yordam berib, ko‘makdosh bo‘lib yashaydilar. O‘z navbatida shaxsiy huquqlarini amalga oshirishni suiiste’mol qilish, oila manfaatlariga qarshi qaratilgan harakatlar salbiy huquqiy oqibatlarga, ayrim hollarda nikohdan ajralishga olib kelishi mumkin.
    Familiya tanlash masalasi nikohdan o‘tuvchi shaxslarning shaxsiy huquqidir. Bunday masalani hech kanday davlat organlari yoki jamoat tashkilotlari muhokama qilish yoki hal qilish huquqiga ega emas.
    O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 20-moddasiga binoan nikoh tuzish vaqtida er-xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinning familiyasini umumiy familiya qilib tanlashi yoki ularning har biri nikohgacha bo‘lgan o‘z familiyasini saqlab qolishi mumkin.
    Agar nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida nikohlanuvchilar o‘zlari- ning nikohga qadar bo‘lgan familiyalarida qolgan bo‘lsalar, keyinchalik esa ular eri yoki xotinining familiyasiga o‘tishni xohlasalar, bu masala qonunda begilangan tartibda fuqarolarning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirish tartibda hal qilinadi.





    1 Ўзбекистон Республикасининг Конститутцияси. – Т., 2017. – Б.16.
    Nikohdan utuvchilarning har biriga familiya tanlash huquqiga ega ekanliklarini tushuntirib berish nikohni qayd qiluvchi FHDYO organi mansabdor shaxsning majburiyati hisoblanadi.
    Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibiga kirgan davlatlarning oila qonunchiligi tajribasida er-xotinning ikkita familiyada, ya’ni er va xotinning qo‘shma familiyasida bo‘lish hollari ham uchraydi. Biroq qo‘sh familiya uncha tushunarli bo‘lmaganligi va noqulayligi, bunday familiyani, ayniqsa, tug‘ilish, nikoh, o‘limni qayd etish vaqtida yozish qiyinligi, buning ustiga qo‘sh familiya ommalashmaganligini hisobga olib, bu tajribadan foydalanish maqsadga muvofiq emas, degan fikrlar ham yo‘q emas. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida ham er-xotinning qo‘sh familiya bilan atash huquqi berilmagan.
    Fuqarolarga nikohga o‘tish vaqtida familiyani erkin tanlash huquqi beriladi. Er-xotindan bittasining familiyasini o‘zgartirish ikkinchi tomon uchun ham familiya o‘zgartirish huquqini vujudga keltirmaydi.
    Bu masalani er-xotin shaxsiy manfaatlarini, umuman, oila mafaat- larini ko‘zlab mustaqil ravishda hal qiladilar.
    Nikohdan ajralish vaktida er yoki xotin nikohni ruyxatga oluvchi organdan nikohga qadar bo‘lgan o‘z familiyasiga qaytarishni iltimos qilishi mumkin. Bu masala ikkinchi tamonning xohishidan qat’i nazar hal qilinadi. «Nikoh haqiqiy emas» deb topilganda bunday shaxslarga ularning oldingi familiyasi qaytariladi. Ammo nikohga o‘tish vaqtida unga monelik qiladigan holatlarni bilmagan er va xotin nikohga o‘tish vaqtida tanlagan familiyasida qoldirishni talab qilish huquqiga ega.
    Oilada er-xotinning birga yashashi bolalarni birga tarbiyalashi, bir- birlariga nisbatan mehribon bo‘lishlari, g‘amxo‘rlik qilishlari, hurmat va e’tiborda bo‘lishlari nafaqat oilani mustahkamligidan, farzandlarning komil inson qilib yetishi va ularni ijtimoiy jihatdan shakllanishida ham muhim ahamiyatga ega. Qonun har bir er-xotinga qayerda yashashni erkin hal qilish huquqini berib qo‘yish bilan cheklanmasdan, ularni bir yo‘la rag‘batlantirishni ham nazarda tutadi. Qonunchilikda bunday maqsadlarga ko‘maklashib, ulardan birortasi asosiy ish joyidan ko‘cha- digan bo‘lsa, unga yo‘l puli, ko‘chish puli to‘lash, o‘quv yurtini tamom- lagan mutaxassislarni ishga taqsimlashda ularni yashab turgan joyida ishda qoldirish va boshqa masalalarni hal etish tartibini belgilaydi.
    Er-xotinning turar joyiga qarab, ularning voyaga yetmagan farzand- larining turar joylari belgilanadi. Amaldagi Oila kodeksining 22-modda-
    sida er-xotinning har biri mashg‘ulot, kasb tanlashda erkin ekanligi bel- gilangan. Bu esa ularning birgalikdagi oilaviy masalalarini hal qilishdagi huquqini ta’minlashga qaratilgan. Oilada mashg‘ulot kasb tanlash masalalari kelishilgan holda hal qilinadi. Biroq, bu masalalarni uzil-kesil hal qilish huquqi er-xotinning har biriga tegishli bo‘ladi.
    Er-xotindan har biri o‘z qiziqishi, xislati, ijodiy qobiliyati, jismoniy rivojlanishiga qarab, o‘ziga mos keladigan faoliyat turini tanlaydi. Er va xotinning tanlagan kasbi uni qanoatlantirib, oila ta’minoti uchun mablag‘ topishga xizmat qilishi lozim. Er-xotindan birining boqimandalik bilan kun kechirishi, oilaning moddiy ta’minotida o‘z mehnati bilan ishtirok etmasligi oilani moddiy jihatdan qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Bu holat ham nikohdan ajralish uchun sabab bo‘lishi mumkin.
    Er-xotinning shaxsiy huquqlaridan yana biri bu erkin kasb tanlash huquqidir. Bu huquq qonun bilan mustahkamlangan. Bu er (xotin)ning o‘z kasbi masalalarini (o‘quv yurtida va kurslarda o‘qishi, to‘garaklarda ishtirok etishi va boshqalar) mustaqil ravishda hal qilinishini anglatadi. Bu masalalar voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini hisobga olib hal qilinadi.
    Homilador ayol hamda kasal er yoki xotinning mafaatlarini qo‘riq- lash va ta’minlashga alohida e’tibor beriladi.
    Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmush masalalaridagi nizolarni hal qilish yuzasidan, er-xotindan har biri yoki ularning ikkalasi birgalikda vujudga kelgan nizoni hal qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat etish huquqiga ega. Vujudga kelgan nizoning xarakteriga qarab qonunda belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, hakamlik sudi, vasiylik, homiylik organlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshidagi yarashtirish komissiyalari ko‘rib chiqish vakolatiga ega.
    Er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy huquqiy munosabatlar (familiya, turar joy, mashg‘ulot, kasb tanlash)dan kelib chiqadigan nizolar yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari boshqa davlat organlari yoki jamoat tashkilot- lari tamonidan hal qilinmaydi. Er-xotin o‘rtasida bolalar tarbiyasiga oid nizolar, bolalarga familiya yoki ism berish masalasidagi kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi tomonidan hal qilinadi. Fuqarolik ishlarini ko‘rib hal qilish vakolatiga ega bo‘lgan sudlar ota-onalar o‘rtasidagi bolalar tarbiyasiga doir nizolarni hal qilish uchun amaldagi oila qonunlaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrda chiqargan «Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni
    hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»- gi qaroriga ham asoslanishlari lozim. Bu hujjat bolalarning tarbiyasi bilan bog‘liq nizolarning sudlar tomonidan to‘g‘ri hal etilishini, ota- onalarni o‘z bolalari tarbiyasi bo‘yicha mas’uliyatlarining oshirilishini ta’minlashga imkoniyat tug‘diradi, ota-onalarning o‘z bolalari manfaat- lariga zid kelishi mumkin bo‘lgan hatti-harakatlardan foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaydi, ularga barham beradi va voyaga yetmaganlarning qonunbuzarlik qilishlarining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish va ularni amalga oshirishda yordam beradi.



      1. Yüklə 5,47 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   154




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin