sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olganligi OKning 169-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha (ya’ni, o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan bo‘lsalar; ota-onalik huquqini suiiste’mol qilayotgan bo‘lsalar; farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lsalar; muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsalar) bekor qilinganlar;
qonun bilan zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganliklari yoki o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganliklari uchun vasiylik yoki homiylik vazifalaridan chetlatilganlar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar.
Vasiy yoki homiy tayinlanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga vasiy va homiy tayinlash masalasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘ta dolzarb masalalar- dan biri hisoblanadi. Shuning uchun har bir ichki ishlar organlari xodimi bu masala yuzasidan vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlik qilishda e’tibor bilan yondashish lozimligini esdan chiqarmasligi lozim.
Xulosa qilib aytganda, vasiylik va homiylik baxtsiz tasodif yoki tuban axloqsizlik tufayli yetim bo‘lib qolgan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalashda, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Zero, respublikamizda hozirda mavjud 42 ta bolalar uylari- da besh mingdan ortiq bola tarbiyalanayotganligi ham buning yaqqol misolidir.
Vasiy va homiyning huquq va majburiyatlari oila huquqidan ko‘ra, fuqarolik huquqi institutlariga yaqindir. Chunki, vasiy va homiy nafaqat oila huquqidan kelib chiqadigan, balki fuqarolik huquqidan kelib chiqa- digan huquqlarga ham ega bo‘ladi va fuqarolik huquqiy majburiyatlarni bajaradi.
Vasiylar o‘z qaramog‘idagi shaxslarning qonuniy vakillari hisobla- nadilar va ular nomidan hamda ularning manfaatlarini ko‘zlab barcha zarur bitimlarni tuzadilar.
Homiylar o‘z qaramog‘idagi shaxslarga ular huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishda ko‘maklashadilar, shuningdek, ularning huquqlari uchinchi shaxslar tomonidan suiiste’mol etilishidan himoya qiladilar.