IchkiishlarvaziriP.BOBOJONOV MoliyavaziriD.KUCHKAROV Toshkent sh., Toshkent sh.,
2018-yil 4-yanvar, 2018-yil 4-yanvar,
son 1-son
Xususiylashtirilgankorxonalargako‘maklashish varaqobatnirivojlantirishdavlatqo‘mitasiraisiR.GULYAMOV Toshkent sh., 2018-yil 4-yanvar, 01/15-1-10/01-son
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 4-yanvardagi 1, 1, 01/15-1-10/01-son qaroriga
ILOVA
Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish bo‘yicha NAMUNAVIY SHARTNOMA
(lavozimi F.I.O ) (keyingi o‘rinlarda «Buyurtmachi» deb yuritiladi) ikkinchi tomondan, birgalikda «Tomonlar» deb yuritiladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
1-bob.Shartnomapredmeti Ijrochi ichki ishlar organi, harbiylashtirilgan va soqchilik qo‘riqlashi ko‘rinishida texnik qo‘riqlash punktidan (keyingi o‘rinlarda TQP deb yuritiladi) foydalangan holda Buyurtmachining mulkini qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish majburiyatini, Buyurtmachi esa mazkur Shartnoma shartlariga asosan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini oladi.
(keyingi o‘rinlarda obyekt deb yuritiladi) Ijrochiga topshiradi, Ijrochiqabul qiladi.
Obyektning qo‘riqlash chegaralari (imoratlari, qurilmalari), postlarining (yo‘nalishlari) joylashuvi chizma-rejada ko‘rsatiladi va mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Obyektdagi kirish-chiqish, ichki obyekt rejimi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadigan kirish-chiqish va ichki obyekt rejimini tashkil etish yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi hamda mazkur Shartnomaga ilova qilinib uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Obyektni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va ta’mirlash Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi, texnik qo‘riqlash vositalari Ijrochining aybi bilan ishdan chiqqan hollar bundan mustasno. Obyektni yong‘indan qo‘riqlash va xavf-xatar signalizatsiyasi bilan jihozlash chizmasi mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Obyektni qo‘riqlashda Buyurtmachi bilan kelishilgan holda soqchi itlardan foydalanish mumkin.
Mazkur Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab, obyektda ish kuni ichida ichki ishlar organi qo‘riqlash turi yo‘lga qo‘yiladi.
Obyektda soqchilik qo‘riqlash turi va harbiylashtirilgan qo‘riqlash obyektga
ish kuni ichida yo‘lga qo‘yiladi.
Buyurtmachi ko‘zdan kechirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganda Ijrochi qo‘yilmaydi, qo‘yilgan Ijrochi esa chaqirib olinadi.