3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
bob.To‘lovlarniamalgaoshirish
Mazkur Shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi belgilangan tariflarga mos holda quyidagicha hisoblanadi:
post-soat hisobida qo‘riqlash xizmati oyigaso‘m, 12 oyga
so‘m;
Ijrochi balansida turgan soqchi itni saqlash uchun oyigaso‘m, 12 oyga
so‘m.
Ijrochi xizmatlari uchun to‘lovlarga o‘zgartirishlar kiritish qonun hujjatlariga muvofiq ushbu xizmatlar turiga yangi tariflar tasdiqlangan hollarda qayta ko‘rib chiqiladi.
Buyurtmachi mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab, kun ichida mazkur Shartnoma bahosining 15 foizi miqdorida avans to‘lovini amalga oshiradi.
Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga bajarilgan ishlar to‘g‘risida dalolatnoma taqdim qilingandan so‘ng Buyurtmachi besh kun ichida avans to‘lovini chiqarib tashlagan holda oylik to‘lovni amalga oshiradi.
Buyurtmachi budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchi bo‘lsa, oylik to‘lovning 100 foizi miqdorida avans to‘lovini keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin amalga oshiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblangan Buyurtmachi mazkur Shartnoma- ning 11-bandida ko‘rsatilgan oylik to‘lovni (avans to‘lovini) o‘z vaqtida to‘lamasa, Ijrochi Buyurtmachiga akseptsiz to‘lov talabnomasini taqdim qilishga haqlidir.
Mazkur Shartnoma bekor qilingan hollarda Ijrochi Buyurtmachi bilan to‘lan- gan to‘lovlar bo‘yicha qayta hisob-kitobni amalga oshirishi zarur.
bob.Tomonlarninghuquqvamajburiyatlari
Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Ijrochidan belgilangan qo‘riqlash tartibiga rioya etishini talab qilish;
xizmat ko‘rsatish jarayonida Ijrochining xodimlari tomonidan intizomni buzish holatlarini to‘xtatish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha kerakli choralar ko‘rilishini Ijrochidan talab qilish;
Ijrochining xizmatni tashkil qilishi va amalga oshirishini, qo‘riqlash turlariga mos bo‘lgan kiyim-bosh, kiyim-bosh anjomlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini nazorat qilish;
Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma shartlari buzilishining har bir holati bo‘yicha Ijrochining vakili ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ijrochining aybi bilan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlangan taqdirda Ijrochidan ularni bartaraf etishni talab qilish;
Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish.
Buyurtmachining majburiyatlari:
mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 20_-yil «»
dagi ko‘zdan kechirish dalolatnomasiga asosan qo‘riqlashga topshiri- ladigan obyektni, alohida xonalarni texnik mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarni bajarish, o‘z hisobidan texnik qo‘riqlash vositalari (obyektning turiga qarab post qurilmalari va uni isitish uskunalari, postlararo aloqa, ichki va shahar telefonlari, yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi, obyekt perimetri bo‘ylab kerakli yoritish vositalari, qulflar, turniket, kuzatish maydonchasi, shaxsiy tekshirish xonalari, ishchi va xizmatchilarning shaxsiy buyumlarini saqlash xonalari, yong‘in o‘chi- ruvchi vositalar va boshqalar) bilan jihozlash va zarur hollarda ularni ta’mirlash;
har qanday moddiy qimmatliklarni obyekt hududining devor to‘sig‘idan
metr uzoqlikda (obyekt joylashuvini hisobga olgan holda) joylashtirish;
Ijrochi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnik mustahkamligini, qo‘riqlashning texnik vositalari bilan ta’minlanganini, shu jumla- dan yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi holatini tekshirish ko‘rigini o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari, Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini ko‘rsatgan holda Tomonlarning vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzish;
belgilangan qo‘riqlash rejimi talablarini bajarish va texnik qo‘riqlash vosita- larining tegishli holatini ta’minlash;
binoda rejalashtirilayotgan kapital ta’mirlash ishlari, obyektlarni qayta jihozlash, ish rejimini va ishlar profilini o‘zgartirish, moddiy qimmatliklarni saqlash joyini o‘zgartirish yoki yangilarini ochish, obyekt yoki uning bir qismini boshqa shaxslarga ijaraga berish yoki mulk huquqini o‘tkazish, qo‘riqlash turini, postlar dislokatsiyasini o‘zgartirish yoki qo‘shimcha qo‘riqlash signalizatsiyasi vositalarini o‘rnatish bo‘yicha tadbirlarning o‘tkazilishi haqida Ijrochini bunday ishlarning boshlanishidan kamidakun oldin ogohlantirish;
obyektda ish kuni yakunida qo‘riqlash signalizatsiyasini yoqish, uning nosozligi holatida bu haqda Ijrochini ogohlantirish va nosozlik bartaraf etilma- gunga qadar obyektni tashlab ketmaslik va belgilangan tartibda qo‘riqlashga topshi- rish. Obyektni qo‘riqlashga topshirganlik haqida TQPni xabardor qilib, 5 daqiqadan so‘ng obyektning qo‘riqlashga qabul qilinganligi haqida ishonch hosil qilish;
obyektni, yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan har bir alohida xonani kundalik qo‘riqlashga topshirish, eshiklar qulfi, derazalar, darchalar, lyuklar, ventilatsiya teshiklari yopilganligini hamda avtonom qo‘riqlash signaliza- tsiyasini va hududning yoritilish holatini tekshirish, qo‘riqlanadigan binolarda elektr jihozlarining, boshqa yong‘in manbalarining yoqilgan holda qolib ketishining oldini olish va begona shaxslarning obyektda qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
qo‘riqlanayotgan hududda binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatlik- larning miqdori, assortimenti, o‘ralgan yoki qadoqlangan holatda qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda hamda Ijrochi va Buyurtmachi vakillari tomonidan imzolangan holda qo‘riqlashga topshirish;
maxsus jurnalda o‘z vakili tomonidan imzo qo‘yish yo‘li bilan obyektlarni, alohida xonalarni qo‘riqlashga topshirish, qo‘riqlash tugagandan so‘ng qo‘riqlash- dan chiqarish;
qo‘riqlanadigan xonalarning butunligi buzilganligi haqida yoki obyektga begona shaxslarning kirishi natijasida zarar yetkazilganligi alomatlari mavjud bo‘lganda zudlik bilan Ijrochini xabardor qilish va obyektga Ijrochi vakili yetib kelguniga qadar ko‘rsatilgan joylarning daxlsizligini ta’minlash;
begona shaxslarga qo‘riqlash va signalizatsiya tamoyillari va tizimini, shuningdek, berilgan pult raqamlarini oshkor qilmaslik; Ijrochi vakillarini obyekt- dagi ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalari bilan ularning o‘z vazifalarini bajarishiga oid qismi bilan tanishtirish;
Ijrochining huquqlari:
Buyurtmachidan obyektda o‘rnatilgan kirish-chiqish va ichki tartibga rioya qilinishini talab qilish;
mazkur shartnomani tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
ko‘zdan kechirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan qo‘riqlash-texnika vositalarini joriy qilish bo‘yicha Buyurtmachiga tavsiyalar berish.
Ijrochining majburiyatlari:
obyektda postlar dislokatsiyasiga (patrul yo‘nalishiga) muvofiq qo‘riqlash naryadini joriy etish;
mazkur Shartnomada va uning ilovalariga muvofiq obyektni hamda qo‘riq- lashga topshirilgan moddiy qimmatliklarni qo‘riqlashni tashkil etish va ta’minlash;
qo‘riqlanayotgan hududdagi, lekin binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, o‘ralgan yoki qadoqlangan holatini tekshirib, qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda hamda Ijrochi va Buyurtmachi vakillari tomonidan imzolangan holda qabul qilib olish;
obyektda kirish-chiqish va obyekt ichki tartibiga rioya etish, obyekt hududiga belgilangan tartibda moddiy qimmatliklar olib kirilishi va chiqilishini nazorat qilish;
propusk rejimi mavjud bo‘lgan obyektlarda kun davomida nazoratdan o‘tkazish punktidan bir martalik kirish ruxsatnomasi bilan obyektga kiritilgan tashrif buyuruvchilarning chiqib ketishini ta’minlash;
obyektni qo‘riqlash vaqtida joydagi yong‘in xavfsizligi qoidalarining bajari- lishini ta’minlash;
obyektda yong‘in chiqishi yoki yong‘indan qo‘riqlash signalizasiyasining ishlab ketishi holatida zudlik bilan yong‘in bo‘limiga yoki Buyurtmachiga xabar berish;
obyektga begona shaxslarning kirib ketganligi aniqlanganda zudlik bilan Buyurtmachining vakilini chaqirish va obyektning daxlsizligini ta’minlash;
yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasi ishlab ketgan holatlarda signalizatsiya- ning ishlab ketish sabablarini aniqlash va obyektni qayta topshirish uchun Buyurtmachi vakilini chaqirtirish, tekshirish natijalari va obyektni qayta topshirish bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ijrochining xodimlari tomonidan xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish, qo‘riqlash turlariga mos bo‘lgan kiyim-bosh, kiyim-bosh anjomlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini ta’minlash;
obyektni qo‘riqlashga qabul qilganda va topshirganda obyektdagi texnik mustahkamlik bo‘yicha va qo‘riqlashning texnik vositalari bilan bog‘liq aniqlangan barcha kamchiliklar haqida Buyurtmachini xabardor qilish;
Buyurtmachi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnikaviy jihatdan mustahkamligini, qo‘riqlashning texnik vositalari bilan ta’min- lanishini, jumladan, yong‘indan qo‘riqlash signalizatsiyasini tekshirish ko‘rigini o‘tkazish, Buyurtmachi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish mud- datlari hamda Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini ko‘rsatgan holda tomonlarning vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablarining har bir buzilishi bo‘yicha Ijrochi va Buyurtmachining vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish va bir nusxasini Ijrochining rahbariga tegishli choralar ko‘rish uchun berish;
qo‘riqlanayotgan xonalar buzilganligi yoki mulkka yetkazilgan zarar to‘g‘ri- sida ichki ishlar organining navbatchi qismiga va Buyurtmachiga zudlik bilan xabar berish, ichki ishlar organi vakili yetib kelgunga qadar hodisa yuz bergan joyning daxlsizligini ta’minlash.